Lavsha

Lavsha (scorbutus), singa, skorbut, Barlou kasalligi — ovqat tarkibida S vitamin (askorbin kislota) yetishmasligidan yoki uni organizm yetarli oʻzlashtirmasligidan kelib chiqadigan kasallik.

L.da, asosan, markaziy nerv sistemasi faoliyati buziladi: bemor boʻshashadi, tez toliqadi, uyquchan boʻlib qoladi. Boshi aylanadi, keyinroq borib quloq, burun, lab, barmoqlar hamda tirnoklar koʻkaradi; milk shishadi va qonaydi, ogʻizdan badboʻy hid keladi, tishlar liqillab tusha boshlaydi. Boldir, son va dumbada qizgʻish qoramtir toshmalar paydo boʻladi, keyinroq teri osti va muskul oralariga (kiyim tegib turadigan joylarda) qon quyiladi. Bulardan tashqari, aʼzolar, boʻgʻimlar va tana boʻshliqlari (plevra boʻshligʻi)ga qon quyiladi, meʼda-ichak, yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi, qon bosimi pasayadi, anemiya kuzatiladi. L.ning oldini olish uchun tarkibida S vitamin moʻl mahsulotlar, xususan sabzavot (sabzi, kartoshka, karam) va mevalar (qora smorodina, naʼmatak, qulupnay) yeb turiladi.

Davosi: askorbin kislota, S va R vitamin preparatlari buyuriladi.

Manbalar




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

ProteinlarRossiyaBuxoro viloyatiToʻlepbergen QayipbergenovHajmMuqimiyRegiston maydoniOrtopediyaMerkuriyFonetik oʻzgarishlarYorugʻlikning qutblanishiFan-texnika taraqqiyotiOʻzbekiston bayrogʻiXalqaro tashkilotDunyoning ishlariBosh SahifaVikipediyaIqtisodiy oʻsishAhmad YassaviySuvchechakSoʻz turkumlariAtmosferaLazerPolimerlarIchki sekretsiya bezlariIssiqlikSuverenitetGerontopsixologiyaQoraxoniylar davlatiGʻafur GʻulomOʻzbek qiziIslom mazhabchiligiGalaktikaVodorodEritmalarQoraqalpoqlarDoʻstlik ordeniUglerodRuhlar isyoniVoleybolTransformatorFutbol tarixiQalqonsimon bezUfq (trilogiya)KoʻmakchiKompozitsiyaAllohning 99 nomiGoʻdakUglevodlarMangʻitlar sulolasiHaroratRomanAmir TemurYupiterAdabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari roʻyxatiBankShum bolaOʻzbekiston siyosiy partiyalariYarimoʻtkazgichDominoShavkat MirziyoyevEkologiyaMenejmentForobiyEmlashRauf ParfiAbdulla OripovOʻzMERivojlanishTasviriy sanʼatSon (tilshunoslik)DavlatIqbol MirzoSaida ZunnunovaGormonlarSodda gapSuv havzasi🡆 More