Oʻzbekiston Bayrogʻi: Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzi

Oʻzbekiston bayrogʻi (rasmiy atalishi: Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi) — Oʻzbekiston gerbi va Oʻzbekiston madhiyasi kabi Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi.

1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng 1991-yilning 18-noyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan.

Oʻzbekiston bayrogʻi
Oʻzbekiston Bayrogʻi: Taʼrifi, Oʻzbekiston hududlarining bayroqlari, Oʻzbekistonning tarixiy bayroqlari
Mamlakat Oʻzbekiston
Mutanosibligi 1:2
Qabul qilindi 18-noyabr, 1991-yil (32 yil avval) (1991-11-18)
Dizayn Gorizontal yorqin moviy, oq va yorqin yashil boʻlaklar orasini ikkita qizil rangli chiziqlar ajratib turadi. Yarimoy va oʻn ikkita besh yulduz koʻk boʻlakning chap tomonida joylashgan.
Bayroq mualliflari Farhod Yoʻldashev

Taʼrifi

Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi matoda aks etgan boʻlib, uchta asosiy gorizontal rangdor boʻlaklarga boʻlingan. Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu boʻlaklar orasini ikkita qizil rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi.

Oʻzbekiston bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud boʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi anʼanalarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqning milliy va madaniy oʻzligini ham aks ettiradi.

Bayroqdagi havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga bu rangni tanlagan.

Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.

Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.

Yashil rang — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.

Yarimoy — Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi. Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir.

Rang

Oʻzbekiston Bayrogʻi: Taʼrifi, Oʻzbekiston hududlarining bayroqlari, Oʻzbekistonning tarixiy bayroqlari 
Ranglar sxemasi
Koʻk Qizil Yashil Oq
CMYK 100-15-0-29 0-96-84-19 87-0-70-29 0-0-0-0
HEX #009AB6 #CF0921 #18B637 #FFFFFF
RGB 0-154-182 207-9-33 24-182-55 255-255-255

Tuzilishi

Oʻzbekiston Bayrogʻi: Taʼrifi, Oʻzbekiston hududlarining bayroqlari, Oʻzbekistonning tarixiy bayroqlari 

Oʻzbekiston hududlarining bayroqlari

Oʻzbekistonning tarixiy bayroqlari

Buxoro

Buxoro xonligi, keyinroq Buxoro amirligi, keyin Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi.

Xiva

Xorazm, keyinchalik Xiva xonligi, keyin Xorazm Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi.

Turkiston muxtoriyati (Qoʻqon muxtoriyati)

Sobiq Qoʻqon xonligining hududi 1917-yil Mustafo Choʻqay boshchiligidagi jadidlar, erksevarlar tomonidan mustaqil Turkiston muxtoriyatiti eʼlon qiladilar. Turkiston muxtoriyatining bayrogʻi Turkiya bayrogʻidan andoza olingan holda loyihalashtirilgan.

Oʻzbekiston Bayrogʻi: Taʼrifi, Oʻzbekiston hududlarining bayroqlari, Oʻzbekistonning tarixiy bayroqlari 
Turkiston (Qoʻqon) muxtoriyatining bayrogʻi 1917-yil 27-noyabrdan 1918-yil 22-fevralgacha

Turkiston

Turkiston general-gubernatorligi, keyinroq Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi.

Oʻzbekiston

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi.

Oʻxshash bayroqlar

Yana qarang

Manbalar

Havolalar


Tags:

Oʻzbekiston Bayrogʻi TaʼrifiOʻzbekiston Bayrogʻi Oʻzbekiston hududlarining bayroqlariOʻzbekiston Bayrogʻi Oʻzbekistonning tarixiy bayroqlariOʻzbekiston Bayrogʻi Oʻxshash bayroqlarOʻzbekiston Bayrogʻi Yana qarangOʻzbekiston Bayrogʻi ManbalarOʻzbekiston Bayrogʻi HavolalarOʻzbekiston BayrogʻiDavlat bayrogʻiOʻzbekiston RespublikasiOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiOʻzbekiston gerbi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

TemuriylarMagnit induksiyaSaid AhmadXarakter (obraz)DavlatXiva xonligiOʻtkir HoshimovXurshid DavronDorivor oʻsimliklarQoʻqon xonligiQirgʻizistonUmurtqa pogʻonasiDispanserIjro etuvchi hokimiyatAFC U-23 Osiyo kubogi 2024TBC Bank (Oʻzbekiston)ZulfiyaZotiljamPul-kredit siyosatiOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiBaqara surasiLitosferaBogʻlovchiFan-texnika taraqqiyotiNobel mukofotiVijdon erkinligiNafasIslom tarixiJinsiy hayotToʻgʻri toʻrtburchakSanitariyaMisSaturnMakroiqtisodiyotBirlashgan Millatlar TashkilotiQozogʻistonAhmad YassaviyOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiOybekZaharlanishUran (sayyora)AvtomobilYurak-qon tomir kasalliklariSodda gapTurkiyaMehnat tarbiyasiHujayraYarimoʻtkazgichViruslarMerkuriySaudiya ArabistoniOsiyo davlatlari roʻyxatiFunksiya (matematika)SkeletPsixologiyaAbdulla AvloniySinonimlarOʻpkaQidiruv tizimiQoraqalpogʻiston bayrogʻiJigarBayerische Motoren Werke AGXitoyKoordinatsion birikmalarOʻzbekiston bayrogʻiInfeksiyaKoʻmakchiKompyuter grafikasiKesimEgaEksperimental psixologiyaJizzax viloyatiMetrologiyaAseptikaTushunchaTurkiston general-gubernatorligiKuchSifatHTML🡆 More