Hindistoniy

Hindistoniy, hindaviy -oʻrta asrlarda Dehli, Agra, Marathi hududlarida mavjud boʻlgan khari boʻli (sof, toza sheva) lahjalari asosida shakllangan xalq-soʻzlashuv tili.

Butun Shimoliy va qisman Markaziy va Janubiy Hindistonda millatlararo aloqa tili sifatida rivojlangan. H.da soʻzlashuvchilar 250 mln. kishiga yaqin (oʻtgan asrning oxiri). Janubiy Hindistonda bu til "dakhiniy" yoki "jan. H." deb ataladi. H., oʻzi adabiy til sifatida shakllanmagan boʻlsa-da, 2 yozma adabiy tilga — urdu va hindiy (adabiy hind)ga asos boʻlgan.

H.ning fonetik va grammatik qurilishi urdu va hindiy tillariniki bilan oʻxshash; lugʻat tarkibi urdudan eroniy va arabiy oʻzlashmalarning kamligi, hindiydan esa sanskritcha oʻzlashmalarning yoʻqligi bilan farqlanib, asl hindiycha soʻzlar (yoki "tadb-hava"), shuningdek, ilk eroniy oʻzlashmalardan tashkil topgan.

Adabiyot

  • Zograf G.A., Xindustani na rubeje XUP1-X1X vv., M., 1961; Shamatov A.N., Klassicheskiy dakxini (Yujnny xin-dustani XVIII v.), M., 1974.




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

TuzlarBirlashgan Millatlar TashkilotiPolisaxaridlarQoraqalpoqlarMaktabImmunitetOʻzbekistondagi muzeylarMediasavodxonlikGenlarning oʻzaro taʼsiriSamarqand viloyatiChingiz AytmatovQandli diabetModdalar almashinuviAzot oksidlariHadisFargʻona viloyatiHujjatBiznes rejaInsoniylikVirusli kasalliklarMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliHijriy yil hisobiAvtomobilShaxmatBakteriyalarTilshunoslikTib qonunlariTurkiyaHanafiylikGektarBezgakElektrolizInson skeletiDoʻstlik ordeniGenetikaHello world pythonJinsiy aloqaEstetikaPedagogikaBadiiy asar pafosiYalligʻlanishAndijon viloyatiQutb yogʻdusiDemokratiyaMonetarizmBayerische Motoren Werke AGDavlat hokimiyati vakillik organlariSut emizuvchilarGormonlarStressOʻlchash asboblariDaun sindromiFuqarolik jamiyatiDialektikaInfeksion kasalliklarMetallarRivojlanishLoyihalashYozBronxitGʻafur GʻulomAnafilaktik shokKoordinatsion birikmalarQoʻshma gapAntonimlarQayta tiklanadigan energiyaBoborahim MashrabHaroratTafakkurLolaHavoning ifloslanishiPoʻlatYogʻBorliqOltinKimyoviy elementlar davriy sistemasiSinfdan tashqari ishlarOlmosh🡆 More