Gujarot

Gujarot — Hindiston shtati, mamlakatning gʻarbida, Arabiston dengizi sohilida.

1960-yilda Bombay shtatidan aholisining aksariyatini gujarotlar tashkil etgan viloyatlarni ajratib tashkil etilgan. Mayd. 196 ming km2. Aholisi 50,6 mln. kishi (2001), 90% xindular, 8,4% musulmonlar. Maʼmuriy markazi — Gandinagar sh. Yirik shaharlari: Axmadobod, Baroda, Surat, Rojkut, Bhavnagar, Jamnagar, Kandla.

Gujarot yer yuzasining koʻp qismi allyuvialdengiz qumli gillardan tuzilgan yassi payettekislik. Iqlimi subekvatorial, yogʻinlar barqaror emas. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 16—23°, iyulniki 28°. G.ning katta qismida oʻrtacha yillik yogin 500–1000 mm. Oʻsimliklari shtatning gʻarbida tropik savannalardan, sharqida tropik quruq oʻrmon va tikanli butazorlardan iborat. Yirik daryolari — Tapti, Narbada, Maxi. G. kuchli seysmik zonada joylashgan (qarang Gujarot zilzilasi).

Qadimda va oʻrta ayerlarda G. hududida bir necha davlat mavjud boʻlgan. 1297—1396-yillarda G. yerlari Dexli sultonligiga karam edi. 1406-yil Dexli sultonligining G.dagi noibi Muzaffarxon G.ni mustaqil sultonlik, Ahmadobodni uning poytaxti deb eʼlon qildi. Mahmud I Begara davrida (1459—1511) G. ancha rivojlandi, savdo-sotiq kuchaydi. 16-asr boshlarida portugallarning G. portlarini qamal qilishi natijasida sultonlik iqtisodiy tushkunlikka uchradi. 1572-yilda Akbar G.ni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. 18-asr oʻrtalarida G. hududi marath peshvolari qoʻliga oʻtdi. 19-asr boshlarida esa inglizlar uni Bombay (Mumbay) viloyatiga qoʻshib yubordi. Hindiston mustaqillikka erishgach (1947), G. aloqida shtatga aylantirildi (1960).

G. Hindistonning muhim paxtachilik rayoni va sanoati rivojlangan shtatlaridan. Butun Hindistondagi paxta maydonining 1/5 qismi va hosilining 1/4 qismidan koʻprogʻi, yer yongʻoqning 1/3 qismidan koʻprogʻi G. hissasiga toʻgʻri keladi. Oziq-ovqat uchun sholi, ichki viloyatlarda va shim.da jovar (tariqning bir turi), makkajoʻxori, bugʻdoy, shtatning hamma joyida dukkaqli ekinlar eqiladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki boqiladi. Kach qoʻltigʻidan tuz olinadi. Shuningdek, marganes, ohaktosh, boksit, neft ham qazib chiqariladi. Yetakchi sanoat tarmogʻi—toʻqimachilik. Umumiy va elektrotexnika mashinasozligi, kimyo, sement i. ch. sanoatlari ham rivojlangan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Tags:

Arabiston dengiziHindiston

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Buyuk Britaniyaning taʼlim tizimiSport inshootlariOʻzbekiston yoʻl belgilariKimyoFotosintezChorvachilikMehnat tarbiyasiAbdulla QodiriyXurshid DavronOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiDifferensial tenglamaSohibqiron (sheʼriy drama)Oʻzbekistondagi muzeylarIzotermik jarayonMilliy tilXorazm viloyatiHujayraParonimlarBirlashgan QirollikOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiQon kasalliklariToʻlepbergen QayipbergenovMalayziyaTenglamaMDHMilliy dinlarMorfemaKino sanʼatiOʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)Qadimgi MisrXiva xonligiFizikaSiyosiy huquq va erkinliklarTexnologiyaLoyihaBola huquqlari toʻgʻrisida konvensiyaVitaminlarFizioterapiyaQoʻqon xonligiElektr tokiOscar WildeYandexMuloqotOʻzMEAseptikaMarketingMusiqaMusiqa cholgʻu asboblariJaloliddin ManguberdiSaljuqiylar imperiyasiXudoyberdi ToʻxtaboyevDisaharidlarOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiSuyak sinishiOʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiYalpi ichki mahsulotRivojlanishArablarning O‘rta Osiyo istilosiInterpolSifatLitosferaMuhammad Ali AhmedovMisMehrobdan chayonOshqozon-ichak kasalligiIslomHayzKoʻchirma gapOʻzbekistonda taʼlimUNESCOModal soʻzlarXivaBiotsenozSut emizuvchilarBiologiyaOt (hayvon)Muomala madaniyatiOt (soʻz turkumi)🡆 More