Gujarot Tili

Gujarot tili yoki gujarotiy — hind-yevropa tillari oilasining hind guruhiga mansub til.

Hindistonning Gujarot shtatining rasmiy tili, Maharashtra shtatiga tutash hududlarda ham tarqalgan. Unda 47 mln. dan ziyod kishi soʻzlashadi (1990-yillar oʻrtalari). 3 asosiy dialektga ajraladi: shim. (yoki ahmadobod); gʻarbiy (yoki katxiyavar); jan. (yoki surat). Soʻz yasalishi suffiks, prefiks va soʻzlar qoʻshilishi asosida yuz beradi. G.t. fonetikasida old qator unlilarda va sonantlar (u) palatallashuvi uchramaydi. G.t.da 6 ta oʻziga xos kelishik mavjud (vositasiz, egalik, obʼyektli, vositali, ayiruvchi, oʻrin). Bundan tashqari, 2 ta son (birlik, koʻplik) bor. Feʼl shaxs, son, jins, zamon, mayl (aniqlik, buyruq, gumon, istak) kategoriyalariga, shuningdek, bulardan tashqari (oʻtimli va oʻtimsiz feʼllarda yuzaga chiqadigan) majhullik, aniqlik nisbatlariga ega. Ega gapning boshida, kesim esa oxirida keladi. G.t. lugʻat tarkibida sanskrit, fors, arab tillaridan oʻzlashgan soʻzlar anchagina. Keyingi vaqtda ingliz tilidan baʼzi soʻzlarning oʻzlashishi ham kuzatilmoqda. Gujarot alifbosi devanagari yozuviga juda yaqin.

Gujarot tili
Gujarot Tili
Milliy nomi ગુજરાતી ભાષા va ગુજરાત‎
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 56 400 000
Alifbosi Gujarati
Til kodlari
ISO 639-1 gu
ISO 639-2 guj
ISO 639-3 guj

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Tags:

GujarotHind-yevropa tillariHindiston

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

TemuriylarJizzax viloyatiIqbol MirzoAnton ChexovXotiraDielektriklarNobel mukofotiKoʻzBirlashgan Millatlar TashkilotiXavfsizlik texnikasiSinfdan tashqari ishlarOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariTishJamiyatOʻzbek lotin alifbosiPunktuatsiyaAQSHda taʼlimYalligʻlanishImom al-BuxoriyOmmaviy madaniyatMuhammad XorazmshohIssiqlik oʻtkazuvchanlikAxborotOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiYozQushlarBaliqlarTovarOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiSuyuqlikTasviriy sanʼatFuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariSanoatYandexGenetikaMicrosoft ExcelSirdaryoSuvchechakYurak-tomir sistemasi kasalliklariAdabiy tilMilliy dinlarMultimediaShishaVirusli kasalliklarEkosistemaAfrikaOʻzbekiston siyosiy partiyalariYevropa davlatlari roʻyxatiQon bosimini tushiruvchi moddalarAntiseptikaKimyoviy elementlar davriy sistemasiOgahiyKompetensiyaKoinotUnli tovushlarHindistonDezoksiribonuklein kislotaMuskullarTaqvimUch fazali elektr tarmoqRaqobatXorazm Maʼmun akademiyasiXalq pedagogikasiYerAnal jinsiy aloqaRibonuklein kislotalarPsixologiya tarixiSurxondaryo viloyatiToshkent viloyatiDidaktikaMerkuriyXamsaNobel mukofoti sohiblari roʻyxatiAxloqYevropaOrol dengiziMercedes-BenzRegiston maydoniArastu🡆 More