Maxatma Gandi: Hindistonning siyosiy va diniy rahbari

Mohandas Karamchand Gandi (1869-yil 2-oktabr, Gujarot — 1948-yil 30-yanvar, Dehli) — Hindiston milliy-ozodlik harakati rahbarlaridan biri, taniqli mutafakkir.

U 1869-yil Gujarot viloyati Porbandar shahrida tugʻilgan. Hind xalqi uni „Mahatma“ („Buyuk qalb“) deb ataydi. Uning nomi bilan bogʻliq boʻlgan gandizm taʼlimoti Hindistondagi asosiy hukmron partiya — Hindiston Milliy Kongressining rasmiy mafkurasi hisoblanadi. 1887—1891-yillarda Angliyada huquqshunoslik boʻyicha maʼlumot oladi. 1891-yildan advokatlik vazifasida, 1893—1914-yillarda Janubiy Afrikadagi (Angliya mustamlakasi) gujarot savdo firmasida huquqshunosmaslahatchi. Nataldagi olmos, koʻmir, oltin konlarida, shakarqamish plantatsiyalarida yollanib ishlayotgan hind dehqonlarining insoniy huquqlarini himoya qilib 22 yil kurash olib bordi. Gandi „satyagraxa“ („kuch ishlatmasdan kurashish“) taktikasini ishlab chiqdi. U 1915-yildan Milliy kongress ishlarida faol qatnasha boshladi. Gandi ingliz mustamlakachilariga qarshi tinch namoyishlar oʻtkazish, chet el tovarlarini boykot qilish, rasmiy mansab va unvonlardan voz kechish, soliq toʻlashdan bosh tortish kabi kurash usullari orqali mehnatkash ommani kurashga jalb etdi. Gandi bir necha marta qamalgan (1922-1924, 1930-1931, 1942-1944). Gandi hindular bilan musulmonlarning oʻzaro doʻstligini mustahkamlashga intildi. Kastachilikka qarshi kurashdi. Gandining hinduizmiya eʼtiqodi chuqur boʻlgan; boshqa dinlarga hurmat bilan qaragan. Gandi butun faoliyatida din bilan siyosatni bir-biriga bogʻlashga harakat qilgan. Gandining barcha dinlar hamkorligi va doʻstligi haqidagi gʻoyalari Hindistondagi reaksion unsurlarning gʻazabini keltirgan. Hindularning reakiion shovinistik tashkiloti aʼzosi tomonidan otib oʻldirilgan.

Mahatma Gandi
Maxatma Gandi: Hindistonning siyosiy va diniy rahbari
Gandi 1931-yilda
Tavalludi
Mohandas Karamchand Gandi

2-oktyabr 1869-yil
Gujarot viloyati Porbandar shahri
Vafoti 30-yanvar 1948-yil(1948-01-30)
(78 yoshda)
Fuqaroligi Hindiston
Faoliyat yillari 1893—1948
Millati hind
Turmush oʻrtogʻi
Kasturba Gandi
(turm. 1883; vaf. 1944)
Bolalari
  • Harilal
  • Manilal
  • Ramdas
  • Devdas
Otasi Karamchand Gandi
Onasi Putlibai Gandi
Mukofotlari „Yil kishisi“ (1930)
Imzosi
Maxatma Gandi: Hindistonning siyosiy va diniy rahbari

U umri davomida koʻrgan-kechirgan voqealarini "Mening hayotim" nomli kitobda bayon etdi. Gandi XX asrning Albert Eynshteyndan keyingi 2-raqamli insoni deya rasman tan olingan.

Manbalar

Manbalar


Tags:

AdvokatAngliyaBoykotDehliGujarotHindistonHinduizmHuquqshunoslikJanubiy AfrikaKasta (guruh)KoʻmirMansabOlmosOltinPlantatsiyaSatyagraxaShakarqamishSoliqTaktikaUnvon

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

ShaxsTerrorizmBachadonOʻzMEBirlashgan QirollikOqsaroy (Shahrisabz)LolaVodorodIshlab chiqarishni tashkil etishDinshunoslikOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiMetrologiyaBasketbolYengil atletikaYevrosiyoMuhammad FuzuliyAfgʻonistonAnimatsiyaSimmetriyaUndosh tovushlarEkologik omillarAQSHda taʼlimXristianlikGulHijriy yil hisobiOʻsmalarBirlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibiOliy nerv faoliyatiPiramida (matematika)Xavfsizlik texnikasiTovushAnʼanaEvakuatsiyaQonunXromosomalarOʻzbekistonning oʻsimlik dunyosiSoʻroq belgisiKoʻp nuqtaDinning funksiyalariOlmaYusuf Xos HojibKanadaTexnologiyaGalaktikaSovunBankBakteriyalarXamsa (Navoiy)Veb-saytWolfgang Amadeus MozartTrombotsitlarHaroratMikroorganizmlarNATOOgahiyOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi SenatiManchester City F.C.NavroʻzQoʻqon xonligiBuxoro viloyatiLenta.ruMadaniyatQon gruppalariErkak jinsiy aʼzosiHarakatAxborot texnologiyalariElon MuskOʻtkan kunlarQuyosh tizimiSoʻzAngliyaKonfutsiylikNavoiy viloyatiSakrashHuqnaQashqadaryo viloyatiLinzaOybek🡆 More