Daraxt Eman

Eman, dub, bolut (Оиегсик.) — qoraqayindoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt, baʼzan butalar turkumi.

Shimoliy yarim sharning moʻʼtadil, subtropik va tropik mintaqalarida 450 (Shimoliy va Markaziy Amerikada 200)dan ortiq turi bor. Rossiya, Kavkaz va Gʻarb. Yevropada tarqalgan bargi bandli oddiy yoki yozgi E. (0. гоиг), qoyali yoki qishki E.ni, gruziya E.i, mongol E.i va boshqalar emanzor oʻrmonlar hosil qiladi. Oʻzbekistonda E.ning qizil E. turi ekiladi. Ildizi oʻqildiz (5 m chuqurlikka kirib boradi). Daraxtining balandligi 20–25 m, shoxshabbasi keng. Barglari teskari tuxumsimon, oʻyma, novdalari qizgishqoʻngʻir rangda, tuksiz. Toʻpguli kuchala yoki boshcha. Aprel oyida gullab (15—60 yoshidan gullay boshlaydi), sentabrda urugʻi pishadi. Mevasi yongoqcha (choʻchqayongʻoq). E. yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka chidamli daraxt. 400—1000 yilgacha yashaydi. Yogʻochi aviatsiya va kemasozlikda, qurilishda, mebel sanoatida, bochkasozlikda qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Poʻstlogʻidan teri oshlashda foydalaniladi. Shahar koʻchalari va xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. E. ixrta oʻrmonlari tashkil qilishda 1-oʻrinni egallaydi, atrof muhitga sogʻlomlashtiruvchi taʼsiri boʻyicha boshqa oʻsimliklardan ustun turadi. E. toʻnkasidan oʻsib chiqadi va yongʻoqchasidan (kuzda ekib) koʻpaytiriladi. Koʻchatlari birikki yildan keyin (bahorda) koʻchirib oʻtqaziladi.

Daraxt Eman
Gustave Courbet (1843)
Daraxt Eman
Eman daraxtining pastdan koʻrinishi



Tags:

AprelAviatsiyaBahorBargButaChidamlilikDaraxtEkinlarni ekishGʻarbIldiz (oʻsimlik)KavkazKemaKoʻchatKuchalaKuzManzarali oʻsimliklarMarkaziy AmerikaMebel sanoatiMoʻtadil mintaqaNovdaOila (biologiya)Oy (vaqt birligi)OʻrmonOʻzbekistonPoʻstloqQurgʻoqchilikQurilishRangRossiyaSentabrShaharShimolShimoliy AmerikaSubtropik mintaqalarTeri oshlashToʻpgulTropik mintaqalarTur (biologiya)TurkumUrugʻ (oʻsimliklar)XiyobonXom ashyoYevropaYilYogʻochYorugʻsevar oʻsimliklar

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Elektromagnit toʻlqinlarBiotsenozForobiyMicrosoft OfficeQoraqalpoqlarPopulyatsiyaUrgʻuChingiz AytmatovPeshob ajralishining buzilishiMenejmentToshkentIzotermik jarayonDeputatBankMagnitOʻzbekiston Ekologik partiyasiAnatomiyaTermodinamikaning birinchi qonuniXalqaro birliklar tizimiFonetikaSon (tilshunoslik)FermentlarKoʻz kasalliklariOilaArab xalifaligiReal Madrid CFAngliyaTub sonlar roʻyxatiMotivatsiyaSharq falsafasiDavlatlar pul birliklari roʻyxatiBosh SahifaSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiMisOngBipolyar tranzistorKlinik qon tahliliMiokard infarktiTishSut emizuvchilarSport inshootlariDielektriklarNogironlikAhmad YassaviyAvestoMasturbatsiyaKompozitsiyaShum bola (film)YozuvMetodologiyaAvstraliyaInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunXavfsizlik texnikasiGidrolizQadimgi MisrDavlat byudjetiSuv havzasiSohibqiron (sheʼriy drama)EkstremizmGʻafur GʻulomGermaniyaQon kasalliklariSiyosiy huquq va erkinliklarSaudiya ArabistoniQashqadaryo viloyatiKino sanʼatiIchan qalʼaDisaharidlarElektr qarshilikJamiyat falsafasiOʻrta OsiyoJanubiy Afrika RespublikasiQoʻshma gapTerrorizmToʻldiruvchiXristianlikDunyoning ishlariTahajjud namoziSifat🡆 More