Nyu-York: AQShdagi yirik shahar

Nyu-York (inglizcha: New York City) – AQShning eng katta sanoat, moliya, savdo-transport hamda siyosiy va madaniy markazi, dunyodagi eng yirik shaharlardan biri.

Atlantika okeani sohilida, Gudzon daryosining quyilish joyida. Shaharning markaziy qismi Manhattan orolida joylashgan. Iqlimi moʻtadil, sernam iqlim. Yillik yogʻin – 1000 mm. Maydoni (shaharning munitsipal chegarasi doirasida, suv havzalarisiz) – 953 km2. Aholisi – 8 804 190 kishi (2020). Nyu-Yorkning amalda qoʻshilib ketgan shaharlar va shahar atrofi bilan birga maydoni 27 ming km2, aholisi 19 million kishi. Shahar aholisining koʻpchiligi asli yevropalik, osiyolik va afrikaliklar, xususan, 15% qoratanlilar, 14% kelib chiqishiga koʻra italyanlar, 12% puertorikanlar va boshqalardan iborat.

Nyu-York
Shahar
Skyline of Nyu-York
Nyu-York
Bayroq
Nyu-York
Gerb
40°39′0″N 74°3′0″W / 40.65000°N 74.05000°W / 40.65000; -74.05000 G O 74°3′0″W / 40.65000°N 74.05000°W / 40.65000; -74.05000 G O
Mamlakat AQSh
Shtat Nyu-York
Hukumat
 • [[Mer]] Eric Adams
Maydon 1,223.59 km2 (472.43 mi²)
Markazi balandligi 10 m
Aholisi
 (2020)
8 804 190
Zichligi 11313.68 kishi/km2
Etnoxoronim nyu-yorklik
Vaqt mintaqasi UTC-5, yozda UTC-4
Telefon kodi 212, 332, 347, 646, 718, 917, 929
Pochta indeks(lar)i 100xx-104xx, 11004-05, 111xx-114xx, 116xx
Avtomobil kodi NY
Nyu-York xaritada
Nyu-York
Nyu-York

Ilk bor Manhattan oroliga 1613-yilda gollandlar kelib oʻrnashgan. Shaharga 1625-yilda asos solingan. 1626-yildan Yangi Amsterdam (niderlandcha: Nieuw Amsterdam) deb atalgan. 1664-yilda Yangi Amsterdamni inglizlar bosib olib, York gersogi sharafiga Nyu-York deb ataganlar. 1785–1790-yillarda Nyu-York Amerika Qoʻshma Shtatlarining muvaqqat poytaxti. Shaharda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning shtab-kvartirasi joylashgan.

Nyu-York – Amerika Qoʻshma Shtatlarida eng katta, dunyoda eng yirik dengiz portlaridan. Chetdan keltiriladigan yuklar (neft, tropik oʻsimliklar mahsuloti, xom ashyo, sanoat buyumlari) chetga chiqariladigan yuklar (sanoat buyumlari, oziq-ovqat)dan uch marta koʻp. Mamlakat tashki savdo aylanmasining 1/4 qismi Nyu-York orqali oʻtadi. Shaharda fond birjasi, bank, sugʻurta jamiyatlari, sanoat va boshqa korporatsiyalarining boshqarmalari joylashgan. 3 ta katta xalqaro aeroport mavjud. Tikuvchilik va poligrafiya sanoatlari salmoqli oʻrin tutadi. Mashinasozlik va metallsozlik (jumladan, elektrotexnika, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, aviaraketasozlik, optika-mexanika), kimyo hamda galantereya va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shaharning ayrim qismlarini 60 dan ortiq koʻprik, bir nechta avtomobil tunneli (umumiy uzunligi 370 km) va yoʻlovchilar tashish paromlari birlashtirib turadi. 1868-yildan metropoliten ishlab turibdi.

Nyu-York universitetlarning soni boʻyicha AQShda Kaliforniyadan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Nyu-Yorkda 40 dan ortiq kollej, Fanlar akademiyasi va boshqa akademiyalar, institutlar, yirik kutubxonalar, muzeylar, 70 dan ortiq teatr binolari, Filarmoniya zali, konservatoriya, konsert zallari va boshqa bor.

Nyu-Yorkda italyanlar, yahudiy, xitoy va boshqa millatga mansub aholining koʻcha va kvartallari mavjud. Shahar 19-asr boshidan toʻgʻri burchakli reja asosida shakllana boshladi. 19-asr oʻrtalariga kelib, ulkan shaharga aylandi. Eng katta koʻchalardan biri – Brodvey (uzunligi 29 km). 19–20-asrlarda koʻp qavatli baland binolar qurila boshlandi. 20-asr oʻrtalariga kelib Nyu-York uzunligi 200 km keladigan va birbiri bilan tutashib ketgan ulkan shaharlar toʻdasiga aylandi. 17–18-asrlarda qurilgan binolardan ratusha (1803–1812), Triniti-Chyorch cherkovi (1839–1846), katta muhandislik inshootlaridan Bruklin koʻprigi (1869–1883) va boshqa saqlangan. Koʻp qavatli binolardan Empire State Building (102 qavat, 1930–1931), BMT shtab-kvartirasi binosi (1947–1952), Xalqaro savdo markazi (2 ta 110 qavatli minora, balandligi 412 m; 1971–1973; 2001-yil 11-sentabrda terrorchilar tomonidan portlatilgan) va boshqa yirik koʻpriklari: George Washington va Verratsano-Norrous. Muhim yodgorliklari: Ozodlik haykali va Vashington arki.

Tarixi

Qadim zamonlarda hozirgi Nyu-York shahri hududida algonkinlar istiqomat qilishgan.

Nyu-York limaniga tashrif buyurgan ilk yevropalik Giovanni da Verrazzano boʻlgan. Verrazzano Florensiyada tugʻilgan boʻlib, tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritgan. U Nyu-York limaniga 1524-yilda tashrif buyurgan hamda u yerni Fransiyaga tegishli hudud, deb daʼvo qiib, hududni Nouvelle Angoulême (Yangi Angoulême), deb nomlagan. Undan keyin, portugaliyalik kapitan Estêvão Gomes rahbarligidagi ispan ekspeditsiyasi 1525-yilning yanvarida Nyu-York limaniga yetib kelgan. Gomes Gudzon daryosini Río de San Antonio (San Antonio daryosi), deb nomlagan hamda uning xaritasini ishlagan. 1527-yili Shimoliy Amerikaning sharqiy qirgʻogʻini koʻrsatuvchi ilk ilmiy xarita – Padrón Real Gomes ekspeditsiyasi materiallari asosida ishlangan. AQShning shimoliy-sharqiy qismi Gomes sharafiga Tierra de Esteban Gómez, deb nomlangan.

Geografiyasi

Iqlimi

Nyu-York shahri
Klimatogramma
Y
F
M
A
M
I
I
A
S
O
N
D
 
 
3.6
 
 
40
28
 
 
3.2
 
 
42
30
 
 
4.3
 
 
50
36
 
 
4.1
 
 
62
46
 
 
4
 
 
71
55
 
 
4.5
 
 
80
64
 
 
4.6
 
 
85
70
 
 
4.6
 
 
83
69
 
 
4.3
 
 
76
62
 
 
4.4
 
 
65
51
 
 
3.6
 
 
54
42
 
 
4.4
 
 
44
34
Oʻrtacha maksimal va minimal harorat (°F)
Yogʻin miqdori (dyuym)
Nyu-York shahri iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 15,8 15,9 21,3 28,3 31,4 33,4 35,4 34,1 31,7 26,5 21,5 17,2 36,1
Oʻrtacha maksimal, °C 4,2 5,7 9,9 16,6 21,9 26,5 29,4 28,5 24,6 18,1 12,2 6,8 17,0
Oʻrtacha harorat, °C 0,9 2,2 6,0 12,1 17,3 22,2 25,3 24,5 20,7 14,4 8,9 3,9 13,2
Oʻrtacha minimal, °C −2,3 −1,4 2,1 7,5 12,8 18,0 21,2 20,5 16,8 10,8 5,6 1,0 9,4
Mutlaq minimal, °C 9,8 −10,7 −6,8 0,4 6,6 11,5 16,6 15,7 10,1 3,6 −2,4 −7,8 −13,5
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 92 81 109 104 101 115 117 116 109 111 91 111 1 258
Manba:

Demografiyasi

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
16984 937—    
17125 840+18.3%
17237 248+24.1%
173710 664+47.1%
174611 717+9.9%
175613 046+11.3%
177121 863+67.6%
179033 131+51.5%
180060 515+82.7%
181096 373+59.3%
1820123 706+28.4%
1830202 589+63.8%
1840312 710+54.4%
1850515 547+64.9%
1860813 669+57.8%
1870942 292+15.8%
18801 206 299+28.0%
18901 515 301+25.6%
19003 437 202+126.8%
19104 766 883+38.7%
19205 620 048+17.9%
19306 930 446+23.3%
19407 454 995+7.6%
19507 891 957+5.9%
19607 781 984−1.4%
19707 894 862+1.5%
19807 071 639−10.4%
19907 322 564+3.5%
20008 008 288+9.4%
20108 175 133+2.1%
20208 804 190+7.7%
2021 (tax.)8 467 513−3.8%
Manbalar: 1698–1771, 1790–1990, 2000–2010, 2020, 2021
Demografiya 2020 2010 1990 1970 1940
Oq tanlilar 30.9 % 33.3 % 43.4 % 64.0 % 92.1 %
Latinoamerikaliklar 28.3 % 28.6 % 23.7 % 15.2 % 1.6 %
Afroamerikaliklar 20.2 % 22.8 % 28.8 % 21.1 % 6.1 %
Osiyoliklar 15.6 % 12.6 % 7.0 % 1.2 % 0.2 %
Mahalliy amerikaliklar 0.2 % 0.2 % 0.4 % 0.1 %
Koʻp irqli amerikaliklar 3.4 % 1.8 %

Nyu-York shahri aholi soni boʻyicha AQShdagi eng yirik shahardir. 2010-yilgi maʼlumotlarga koʻra, shaharda 8 175 133 nafar kishi istiqomat qiladi. AQShning aholi soni boʻyicha 2-eng yirik shahri boʻlmish Los-Anjelesda Nyu-York shahri bilan solishtirilganda ikki barobar kam kishi istiqomat qiladi. Nyu-York shahri aholisi soni 2010–2020-yillar oraligʻida sezilarli darajada oʻsgan (taxminan 629 000 nafar kishi). Solishtirish uchun, AQShning aholi soni boʻyicha Nyu-Yorkdan keyingi eng yirik toʻrt shahri – Los-Anjeles, Chicago, Houston va Phoenixning ayni oʻnyillikda oʻsgan aholi sonini qoʻshganda ham Nyu-Yorkda oʻsgan aholi sonidan ozdir. Nyu-York shahri aholisi Nyu-York shtati aholisining taxminan 44 foizini, Nyu-York aglomeratsiyasi aholisining esa taxminan 39 foizini tashkil etadi. Ushbu shaharda istiqomat qiluvchi aholining aksariyati (5 141 538 yoki 58.4 foizi) Long Island, Bruklin yoki Queensda yashashadi.

Irqiy va etnik guruhlar

2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Nyu-York shahridagi irqiy va etnik guruhlarning tarkibi quyidagicha: 30.9% oq tanlilar, 28.7% latinoamerikaliklar, 20.2% qora tanlilar yoki afroamerikaliklar, 15.6% osiyoliklar va 0.2% mahalliy amerikaliklar. Latinoamerikalik boʻlmagan aholining 3.4 foizi birdan ortiq irqqa mansub hisoblanadi. 1892–1924-yillar oraligʻida Ellis oroliga 12 milliondan ziyod yevropalik immigrantlar koʻchib kelgan. 1900-yilga kelib, olmonlar immigrantlarning eng yirik guruhini tashkil qilgan. Ulardan keyin irlandlar, yahudiylar va italyanlar immigrantlarning katta guruhini tashkil etishgan. 1940-yilda oq tanlilar shahar aholisining 92 foizini egallagan.

Jinsiy orientatsiya

Nyu-York aglomeratsiyasida taxminan 570 000 nafar gey va biseksual kishilar istiqomat qiladi. Shaharda bir jinslar orasidagi nikoh 2011-yilning 24-iyunida legallashtirilgan.

Dini

Diniy mansublik (2014)
Xristian
  
59%
Katolik
  
33%
Protestant
  
23%
Boshqa xristianlik oqimlari
  
3%
  
24%
Yahudiy
  
8%
Hindu
  
3%
Musulmon
  
3%
Buddist
  
1%
Boshqa
  
1%

Xristianlik

Nyu-York shahrida yashovchi dindorlarning aksariyati xristianlar hisoblanadi. Soni jihatdan eng katta xristianlik denominatsiyasi tarafdorlari rim katolik cherkoviga toʻgʻri keladi (33%). Ikkinchi eng katta xristianlik denominatsiyasi protestantizm tarafdorlariga (23%) toʻgʻri keladi.

Yahudiylik

Shaharda taxminan 1.1 million nafar kishi yahudiylik diniga eʼtiqod qiladi. Ularning yarmidan koʻpi Bruklinda istiqomat qiladi. Yahudiylik New York shahridagi ikkinchi eng koʻp tarafdorlarga ega din hisoblanadi.

Islom

Islom dini Nyu-York shahrida xristianlik va yahudiylikdan keyingi uchinchi eng koʻp tarafdorlarga ega dindir. Musulmon aholining soni taxminan 600 000 va 1 000 000 orasida. Amerikalik musulmonlarning 22.3 foizi Nyu-York shahrida istiqomat qilishadi.

Hinduizm va boshqa diniy mansubliklar

Nyu-York shahrida yuqoridagi uch dindan boshqa hinduizm, buddizm, sikhizm, zardushtiylik va boshqa dinlar, shuningdek, ateizm tarafdorlari bor. 2014-yilgi maʼlumotlarga koʻra, new yorkliklarning 3 foizdan oshigʻi ateist sanaladi.

Hukumati

Nyu-York: Tarixi, Geografiyasi, Demografiyasi 
Eric Adams Nyu-York shahrining amaldagi va 101-meridir.

Nyu-York shahrini mer, munitsipal kengash va hisoblar boshqarmasi idora qiladi. Mer aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi.

Shaharning amaldagi meri – Eric Adams. 2021-yilda unga saylovchilarning 67 foizi ovoz bergan. Merlik lavozimiga 2022-yilning 1-yanvaridan kirishgan.

2016-yil aprel holatiga koʻra, shaharda roʻyxatga olingan saylovchilarning 69 foizi demokratlar, 10 foizi esa respublikachilar hisoblanadi.

Manbalar

    Adabiyotlar

Oʻqish uchun

Havolalar

Oldingisi AQSh poytaxti
1785–1791
Keyingisi

Tags:

Nyu-York TarixiNyu-York GeografiyasiNyu-York DemografiyasiNyu-York HukumatiNyu-York ManbalarNyu-York Oʻqish uchunNyu-York HavolalarNyu-YorkAQShAfrikaAtlantika okeaniGudzon daryosiIngliz tiliItalyanlarMadaniyatManhattanMoliyaOsiyoPuertorikanlarQoratanlilarSanoatSavdoSiyosatTransportYevropa

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

PiyelonefritInson yuragiParonimlarOltinYozuvOscar WildeZilzilaAtmosferaGarov (hikoya)Registon maydoniReabilitatsiyaRim imperiyasiMuhammad FuzuliyEkologik omillarAdabiy tilOgahiyLirikaFutbol tarixiAntropogen omillarXulosa chiqarishSuyak sinishiAntonimlarIrodaMotivatsiyaBiznes rejaVikipediyaHaroratYouTubeGipertoniya kasalligiNavroʻzBuyrakBoborahim MashrabElektromagnit toʻlqinlarHomilaAbdullajon (film)Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiGrammatikaKosmonavtikaQon ketishiAntibiotiklarArablarning O‘rta Osiyo istilosiZamburugʻlarAvstraliyaGimnastikaKamoliddin BehzodYIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiSon (tilshunoslik)MustaqillikTarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasiOʻzbekiston bayrogʻiOdamAxloqFrilanserOʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)Oqsaroy (Shahrisabz)KapitalStenokardiyaQunut duosiMetrologiyaGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqSilQashqadaryo viloyatiTelegramBuxoroInnovatsiyaKombinatorikaIssiqlik oʻtkazuvchanlikMikroskopMagnit induksiyaYalpi milliy mahsulotHavoning ifloslanishiYengil atletikaKoʻkyoʻtalMorfologiyaSaid AhmadShohizindaModal soʻzlarOgʻirlik oʻlchov birliklariAQSh iqtisodiyoti🡆 More