Kampala — Uganda poytaxti.
Markaziy provinsiyaning maʼmuriy markazi. Viktoriya koʻlining shim. sohillari yaqinida 1300 m gacha boʻlgan balandlikda joylashgan. Aholisi 902,9 ming kishi (2000). Iklimi ekvatorial mussonli iklim, yanvarning oʻr-tacha tempaturasi 22°, iyulniki 20°. Yiliga oʻrtacha 1500 mm yogʻin tushadi.
Kampala — mamlakatning muhim siyosiy, madaniy, moliya, savdo-sanoat markazi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Temir yoʻl orqali Hind okeani sohilidagi Mombasa (Keniya) porti bilan bogʻlangan. Shahardan 35 km janubida xalqaro aeroport joylashgan. Oziq-ovqat, kimyo, farmatsevtika, koʻn poyabzal sanoati rivojlangan. Metallsozlik, yogʻochsozlik, toʻqimachilik sanoati korxonalari, avtomobil remonti ustaxonalari bor. Shaharga 1890-yilda inglizlar tomonidan qalʼa sifatida asos solingan. Kampala Bugandaning savdo markazi sifatida rivojlandi. 1962-yildan mustaqil Uganda poytaxti. Shahar tepaliklarda joylashganligi sababli yagona reja asosida qurilmagan.
Kampalada Makerere universiteti (1922; 1970-yildan Uganda milliy universiteti), nafis sanʼat maktabi, tibbiyot bilim yurti, ped. va texnika kollejlari, Uganda ilmiy jamiyati, Uganda muzeyi, badiiy galereya bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Kampala, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.