Whatsapp: Meta Platformsga tegishli mobil lahzali messenjer va ijtimoiy media xizmati

WhatsApp Messenger (talaffuzi: Uotsapp messenjer; inglizchadan Whatʼs up? — „Nima gaplar?“ va app — ilova) smartfonlar uchun propriyetar, kross-platforma darhol xabarlashuv obuna xizmatdir.

Matn xabarlashuvdan tashqari foydalanuvchilar bir-birlariga tasvir, video va audio xabarlar yuborishlari mumkin. Mijoz dastur Google Android, Windows, BlackBerry OS, Apple iOS, Nokia Series 40, Symbian, Nokia Asha platform va Microsoft Windows Phone uchun mavjud. WhatsApp Inc. 2009-yilda amerikaliklar, sobiq Yahoo! xodimlari Brian Acton va Jan Koum tomonidan ochilib, Mountain View, Kaliforniyada joylashgan.

WhatsApp
Whatsapp: Meta Platformsga tegishli mobil lahzali messenjer va ijtimoiy media xizmati
Ishlab chiqaruvchiWhatsApp Inc.
Facebook Inc.
Chiqish sanasi2009-yil
Til(lar)koʻptilli
JanrDarhol xabarlashuv
LitsenziyaPropriyetar
Vebsayt:whatsapp.com

Osiyolik xabarlashuv xizmatlari (LINE, KakaoTalk, WeChat kabi) bilan raqobatda boʻlgan WhatsApp 2012-yil avgustida kuniga oʻn milliard xabar oʻtkazdi. 2013-yil 13-iyunida WhatsApp Twitter hisobida kuniga 27 milliard xabar oʻtkazib, rekord oʻrnatganini eʼlon qildi. Financial Times gazetasiga binoan, „Skype xalqaro telefonlashuvga nima qilgan boʻlsa, WhatsApp SMSga xuddi shunday qildi.“

2013-yil noyabriga kelib WhatsApp oylik foydalanuvchilari soni 190 millionga, ulashilgan fotolar soni 400 millionga yetdi. 2013-yil dekabrida WhatsApp blogi oylik faol foydalanuvchilar soni 400 millionga yetgani haqida iddao qildi.

2014-yil 19-fevralida Facebook WhatsAppʼni $19 milliardga sotib olishini bildirdi. Facebook shundan $4 milliardni naqd, $12 milliardni Facebook hissalarida, $3 milliardni keyingi toʻrt yil davomida faqat WhatsApp asoschilari va xodimlari tomonidan olinadigan xizmat uchun ajratiluvchi aksiyalarda berishini va WhatsApp messendjerining asoschilaridan biri boʻlmish Yan Kum (Jan Koum) direktorlar kengashi aʼzosi etib tayinlanishini eʼlon qildi.

Qiziq faktlar

WhatsAppning Server dasturiy taʼminoti Erlang tilida yozilgan; 2012-yilning yanvar oyida WhatsApp serverlari FreeBSD OTidan foydalanishgan, ularda 96 Gb operativ xotira oʻrnatilgan boʻlib, ularning har biri 1 dan 2,8 milliongacha bogʻlanishni amalga oshira olgan. Bir kunda WhatsApp 10 mlrd.ga yaqin maʼlumotlarni yetkazib bera olgan (2012-yil avgust). 2013-yil iyun oyida kompaniyaning xabar berishicha, rekord oʻrnatilgan kuni ular 10 mlrd.dan ortiq xabarni qabul qilgan va 17 mlrd xabarni yetkazib bera olgan.

„WhatsApp“ga atalgan oʻzbek film ishlashdi bosh rollarda: Mirza Azizov, Shahzoda Muhammedova, Adis Rajabov va boshqalar.

Manbalar

Havolalar


Tags:

AbonementIOSIlovaInglizchaJan KoumMountain View (California)SmartfonWindowsYahoo!

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

InsoniylikDarsAsalariIqtisodiyotAlpinizmOliy nerv faoliyatiIchki sekretsiyaDavlat byudjeti daromadlariQadimgi MisrJanubiy Afrika RespublikasiXrom (kimyoviy element)Elektr qarshilikQoʻshilgan qiymat soligʻiJahon tillariOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiJaloliddin ManguberdiOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiQandli diabetLipidlarTalab va taklifQoʻshma gapTurizmOʻzbek lotin alifbosiAtmosferaOsiyoRentabellikLugʻatAxborot xavfsizligiKislota va asoslarElon MuskElektromagnit induksiyaOt (soʻz turkumi)OntologiyaAmper qonuniToshkent viloyatiBiznes rejaUchburchakGoogleYaxshilik va yomonlikUlugʻbek rasadxonasiNeftMantiqBotir ZokirovQuyon (hayvon)Oʻtkir HoshimovSuyuqlikOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiBoborahim MashrabOlmaJahon savdo tashkilotiMinetInformatikaOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi SenatiReal Madrid CFRavishNuqtali vergulXorazm Maʼmun akademiyasiSanitariyaOrol dengiziJangi loyQazo namoziToʻlqinlarQitʼaBirlashgan millatlar tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkilotiOgʻirlik oʻlchov birliklariEkologiyaOʻzbekiston Mustaqilligi kuniXulosa chiqarishWilliam ShakespeareAholi daromadlariElektromagnit toʻlqinlarImom al-BuxoriyFotosintezHindistonTurkiyaIjro etuvchi hokimiyatAlzheimer kasalligiTasviriy sanʼatAbulfayzxon🡆 More