Matematika Toʻplam

Toʻplam  – matematikaning boshlangʻich tushunchasidir.

Bu tushuncha matematika faniga toʻplamlar nazariyasining asoschilari boʻlgan Chexiya matematigi B. Boltano va nemis matematigi Jorje Kontor (1845-1918) tomonlaridan 1870 – yil kiritilgan. Masalan butun sonlar toʻplami; sinfdagi oʻquvchilar toʻplami vahokazo. Toʻplamni tashkil etgan obyektlar uning elementlari deyiladi. Hayotda uchraydigan soʻzlar toʻplam maʼnosida ishlatiladi. Masalan „yigʻilish“, „poda“ va hokazolar. Toʻplam fikrda bir butun deb qaraluvchi koʻplikdir.

Toʻplam
SetComplement
A toʻplam
Asoschi: Chexiya matematigi B. Boltano va nemis matematigi Jorje Kontor (1845-1918)
Ko'rinishi : A = {a, b, c …}
Belgilar :; ∉; ∅; ⊄; ∩; ∪

Asosiy tushunchalar

Toʻplam elementlari vergul bilan ajratilgan roʻyxati yoki uning elementlarini tavsiflovchi xususiyati bilan { } qavslar ichida tasvirlanadi. Toʻplamlar obyektlar boʻlganligi sababli, aʼzolik munosabati toʻplamlarga ham tegishli boʻlishi mumkin. Toʻplam odatda qulaylik uchun lotin alifbosining bosh harflari, masalan, A, B, C, … , uning elementlari esa kichik lotin alifbosida belgilanadi, masalan, a, b, c, … . Elementlari a, b, c … boʻlgan A toʻplam qavslar yordamida A = {a, b, c …} koʻrinishda yoziladi. {6, 12}, {12, 6}, {6, 12, 12, 6} yozuvlar bitta toʻplamni anglatadi.

  • x ning A toʻplamning elementi ekan xA kabi, elementi esa xA kabi yoziladi va birinchi holda " x element A ga tegishli ", ikkinchi holda „x element A ga tegishli emas“ deb oʻqiladi.
  • Agar toʻplamni tashkil qilgan elementlar chekli sonda boʻlsa, bunday toʻplam chekli toʻplam, aks holda cheksiz toʻplam deyildi.
  • n(A) deb A toʻplamning barcha elementlar sonini belgilasak A = {2, 3, 5, 8, 13, 21} toʻplamning barcha elementlari soni soni 6 ga teng boʻlgani uchun, n(A) = 6 boʻladi.
  • Birorta ham elementga ega boʻlmagan toʻplam boʻsh toʻplam deyiladi va ∅ kabi belgilanadi.

∅ toʻplam ham chekli hisoblanadi va uning n(∅)= 0. Cheksiz A toʻplam uchun n(A) = ∞ belgilash qabul qilingan.

  • Agar A toʻplamning hamma elementlari B toʻplamga tegishli boʻlsa, A toʻplam B toʻplamning qisim toʻplami deyiladi AB kabi yoziladi.

Bu holatda „A toʻplam B da yotadi“ yoki „A toʻplam B ning qismi“ ham deb yuritiladi.

{ a } toʻplam ∅ va { a }, yaʼni ikkita qismdan iborat.

{ a, b} toʻlam esa toʻrtta: ∅, { a }, { b } va {a, b} qisim toʻplamlarga ega.

  • A toʻplamning B toʻplamga tegishli boʻlmagan elementlari mavjud boʻlsa, A toʻplamning Bning qism toʻplami boʻla olmaydi va bu holat AB kabi yoziladi.

Toʻplamlarning birlashmasi va kesishmasi

1) Matematika Toʻplam 

A, B toʻplamlarning birlashmasi deb bu toʻplamlardan kamida bittasining elementi boʻlgan elementi boʻlgan elementlardan tashkil topgan toʻplamga aytiladi.

A, B toʻplamga toʻplamning birlashmasi AB kabi belgilanadi.

2) Matematika Toʻplam 

A, B toʻplamlarning kesish deb bu toʻplamlarning umumiy elementlaridan tashkil topgan toʻplamga aytiladi. A, B toʻplamlarning kesishmasi AB bilan belgilanadi.

Yana qarang

Manbalar

Tags:

Matematika Toʻplam Asosiy tushunchalarMatematika Toʻplam Toʻplamlarning birlashmasi va kesishmasiMatematika Toʻplam Yana qarangMatematika Toʻplam ManbalarMatematika Toʻplam

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

MDHDavlat byudjeti daromadlariMoliyaQuvvatBadiiy asar pafosiFoydali qazilmalarTasavvufHamza Hakimzoda NiyoziyKitobYandexTexnologiyaToʻplam (matematika)Nobel mukofoti sohiblari roʻyxatiLotin tiliXurshid DavronSterilizatsiya (mikrobiologiya)Axborot texnologiyalariYosin surasiQashqadaryo viloyatiFalsafaIshlab chiqarish harajatlariGeografik axborot tizimiTermodinamikaJamiyat falsafasiPayvandlashSaida ZunnunovaMercedes-BenzQon bosimiAdabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari roʻyxatiAntiseptikaYorugʻlikning qutblanishiFunksiya (matematika)EmotsiyaFan-texnika taraqqiyotiBugʻdoyRibonuklein kislotalarKamoliddin BehzodSimfoniyaAfgʻonistonDielektriklarOmonimlarDoʻstlik ordeniRadioaktiv parchalanishJanubiy Koreyada taʼlimMehnat tarbiyasiInsoniylikXivaJanubiy AmerikaIshlab chiqarishni tashkil etishBuxoro arkiDavlat hokimiyati vakillik organlariTadbirkorlikMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliBotir ZokirovSuv resurslariKuchMetodologiyaAmper qonuniTasviriy sanʼatSon (tilshunoslik)PedagogikaDominoEstetikaGerontopsixologiyaXristianlikTabiiy fanlarOʻzbeklarYengil atletikaMuhammadXorazm Maʼmun akademiyasiMiokard infarktiDifferensial tenglamaMilliy dinlarRauf ParfiAvestoTinish belgilariSuyuqlikInson skeleti🡆 More