Pasport — bu inson shaxsini tasdqilashi uchun hukumat tomonidan joriy qilingan rasmiy sayohat hujjati.
Bu pasport egasiga xorijga sayohat qilish va chet eldalik paytida konsullik yordamidan foydalanish imkonini beradi. Hujjat uning egasining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlaydi. Standart pasportlarda to‘liq ismi-sharifi, fotosurati, tug‘ilgan joyi va sanasi, imzosi, pasportning amal qilish muddati kabi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻladi. Pasportlar odatda milliy hukumatlar tomonidan beriladigan boʻlsa-da, ayrim submilliy hukumatlar oʻz chegaralarida yashovchi boshqa davlat fuqarolariga pasport berishga vakolatli.
Koʻpgina davlatlarda pasportlar mikrochipni oʻz ichiga olgan biometrik pasportlardan foydalanganlar (yoki berishni rejalashtirmoqda), bu ularni mashinada oʻqish mumkin va qalbakilashtirishni qiyinlashtiradi. -, 2019-yil holatiga koʻra , 150 dan ortiq yurisdiksiyada elektron pasportlar berilgan. Avvalroq chiqarilgan biometrik boʻlmagan mashina oʻqiy oladigan pasportlar esa tegishli amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.
Dunyo boʻylab hukumatlar turli maqsadlar uchun turli xil pasportlar chiqaradilar. Eng keng tarqalgan nav — bu individual fuqarolarga beriladigan oddiy pasportlar. Ilgari ayrim davlatlarda jamoaviy pasportlar yoki oilaviy pasportlardan ham foydalanishgan. Bugungi kunga kelib pasportlar guruhlarga emas, balki individual yaʼni yakka sayohatchilarga beriladi. Fuqarolarga milliy hukumatlar tomonidan beriladigan odatiy pasportlardan tashqari, muayyan sharoitlarda hukumatlar tomonidan boshqa turdagi turli-xil pasportlar ham mavjud.
Jismoniy shaxslarga odatda faqat bitta pasportga ega boʻlish ruxsat berilgan boʻlsa-da, ayrim hukumatlar fuqarolarga bir nechta oddiy pasportga ega boʻlishga ruxsat beradi. Jismoniy shaxslar bir vaqtning oʻzida oddiy pasport va rasmiy yoki diplomatik pasportga ega boʻlishlari mumkin.
Favqulodda vaziyat pasportlari — (shuningdek, vaqtinchalik pasportlar deb ataladi) pasportlari yoʻqolgan, oʻgʻirlangan yoki umuman yoʻq boʻlgan va almashtirish uchun vaqtlari boʻlmagan, masalan, chet elga chiqqan va bir necha kun ichida vataniga uchib ketishi kerak boʻlgan shaxslarga beriladi. Ushbu pasportlar juda qisqa muddatga moʻljallangan, masalan, vatanga qaytish uchun bir tomonlama boʻlib, ularning amal qilish muddati oddiy pasportlarga qaraganda ancha qisqaroq boʻladi. Shu maqsadda Laissez-passer ham ishlatiladi. Buning oʻziga xos jihati shundaki, Birlashgan Qirollik Hamdoʻstlikka aʼzo boʻlmagan mamlakatlarda pasportini yoʻqotgan ayrim Hamdoʻstlik davlatlarining fuqarolariga favqulodda pasportlar beradi, ularning davlati diplomatik yoki konsullik vakolatxonasiga ega boʻlmagan holatda ham.
Pasport soʻzining maʼnosi
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Pasportlar, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.