Kepler Iogann

KEPLER (Kepler) Iogann (1571.27.12, Vaylder_Shtadt, Vyurgemberg 1630.15.11, Regensburg, Bavariya) — nemis astronomi va matematigi.

Tyubingen akademiyasida tahsil olgan; oʻsha vaqtlari N. Kopernik asarlari bilan tanishib chiqqan. 1594-yildan Avstriyaning Grats shahrida mat. va astronomiya uqituvchisi. 1600-yildan Praga rasadxo-nasida T. Brage rahbarligida ishladi. K. Pragada optik asboblarning astro-nomiyaga tatbiqi va Quyosh tojiga ba-gʻishlangan "Viteloga qoʻshimchalar" (1604), oʻzi ixtiro qilgan teleskop haqidagi "Dioptrika" (1611) va boshqa asarlarini chop ettirdi. "Yangi astronomiya" asarida sayyoralar harakatiga oid dastlabki ikki qonunni ifodalab berdi. "Olam garmoniyasi" asarida (1619) esa 3-qonunni ham tavsiflab berdi (qarang Kepler qonunlari). "Kopernik astronomiyasini qisqartirish" asarida (1618-22) oʻzining 3 qonunini barcha sayyoralar harakati uchun, ayrimlari esa Oy va Yupiter yoʻldoshlari uchun ham oʻrinli degan toʻxtamga kelgan. K. 1627-yili "Rudolf jadvallari" asaridagi hisoblashlariga tayangan holda 1631-yilda Venera sayyorasi Quyosh diskidan oʻtishini aytib berdi. Mat. sohasida K.ning "Vino bochkalarining yangi stereometriyasi" asari mashhur boʻlib, unda integral hisob haqida boshlangʻich maʼlumotlarga duch kelinadi. K.ning logarifmlar nazariyasi va hisoblash usullariga oid bir qator ishlari maʼlum.

Kepler Iogann
Epitome astronomiae copernicanae, 1618

K.ning kashfiyotlari nazariy astronomiya taraqqiyotiga asos boʻldi.

Adabiyot

  • Yeremeyeva A.N., Vidayushiyesya astronomi mira, M., 1966.

Manbalar




Tags:

Kepler qonunlari

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Termodinamikaning birinchi qonuniBank va bank tizimining tarixi va rivojlanishiShimoliy AmerikaXudoyberdi ToʻxtaboyevXivaTarbiyaKompyuterInformatikaVirusli gepatitMuhammadFundamentalizm69 (jinsiy poza)VodorodRomanHisobotGandbolDavlat hokimiyati vakillik organlariAzotFotiha surasiHayzEfirlarBahorYorugʻlikning qutblanishiOrfoepiyaSomoniylar davlatiYorugʻlik difraksiyasiRavishDasturlashIvan PavlovTishPopulyatsiyaOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiXufton namoziFotoeffektZulfiyaMovarounnahrKonfutsiylikKislota va asoslarAksiyaLionel MessiMirzo UlugʻbekDramaIngliz tiliSaudiya ArabistoniRossiyadagi ta'limOʻzbeklarOʻzMESezgiInnovatsiyaSaid AhmadKoʻchirma gapToshkent tarixiBoburnomaRauf ParfiJismoniy mashqlarQadimgi MisrAntiseptikaIqtisodiy oʻsishMicrosoft PowerPointKalla suyagiIchki yonuv dvigateliTurkiston general-gubernatorligiQozogʻistonInfeksion kasalliklarYalligʻlanishUglerodXorazmModdalar almashinuviBozor iqtisodiyotiga oʻtishGazlarShaharGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqKoʻzKoʻp nuqtaTub sonlar roʻyxatiNuklein kislotalarRuhlar isyoniVirusli kasalliklarYarimoʻtkazgich🡆 More