Chivinlar

Chivinlar, uzun moʻylovli ikki qanotlilar (Nematocera) — ikki qanotli hasharotlar kenja turkumi.

20 mingdan ortiq turi, 35 oilasi bor. Yer yuzida juda keng tarqalgan. Koʻpchilik chivinlarning tanasi va oyoqlari ingichka, juda uzun. Asosan, lichinkalik davrida oziqlanadi. Lichinkasining ogʻiz apparati kemiruvchi tipda. Chivinlar suvda, nam tuproqda, oʻsimliklar toʻqimasida va chirindilar orasida yashaydi. Voyaga yetgan chivinlar havoda hayot kechiradi, kamdan-kam turi (masalan, yapon dengiz chivini)ning barcha rivojlanish fazasi suvda oʻtadi. Chivinlarga gʻurra yasarlar, zamburugʻ chivinlari, uzunoyoq chivinlar, jarangdor chivinlar, qon soʻrar chivinlar, zahkashlar, iskaptoparlar, bukri pashshalar va boshqa oilalar kiradi. Chivinlar oʻsimlik toʻqimasi, odam va hayvon qoni bilan (bunda yuqumli kasalliklarni tarqatadi) oziqlanib zarar keltiradi. Qon soʻradigan chivinlar turli yuqumli kasalliklarni (masalan, bezgak, leyshmanioz) tarqatadi. Chivinlar hasharotxoʻr hayvonlar (qushlar, koʻrshapalaklar)ning, ularning suvdagi lichinkasi esa suv hayvonlari, ayniqsa, yosh baliqlarning asosiy ozigʻi sifatida katta ahamiyatga ega. Oʻzbekiston faunasida haqiqiy chivinlar (25 ga yaqin tur), bukri chivinlar (51 tur), zahkashlar (60 tur), iskabtoparlar (17 tur) keng tarqalgan.

Chivinlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Chivinlar
Sariq bezgak chivini Aedes aegypti vakillari, chapda erkak, markaz va oʻngda urgʻochilari.



Tags:

BezgakHasharotlarIkki qanotliLeyshmaniozLichinka

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Moddalar almashinuviQonun (huquq)AksiyaHomiladorlikOʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiYurak-tomir sistemasi kasalliklariRibonuklein kislotalarGʻaznaviylar davlatiXivaMahmudxoʻja BehbudiyYunon-Baqtriya podsholigiIkki eshik orasiInson yuragiZarbulmasalGap boʻlaklariYugurishAmudaryoKoʻzQadimgi MisrBankOt (soʻz turkumi)QarilikPublitsistikaTemir yoʻl transportiAbdulla AvloniyIdrokSanoatNigeriyaSkeletFotiha surasiKecha va kunduzElektr maydonAxloqMis69 (jinsiy poza)InformatikaMercedes-BenzFalsafiy antropologiyaUndalmaMediasavodxonlikOʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiOʻqituvchiPayvandlashBirlashgan Millatlar TashkilotiIshlab chiqarishni tashkil etishYozShayboniylar davlatiYuriy GagarinXronologiyaTeatrOkeanArablarning O‘rta Osiyo istilosiAlisher NavoiyAnal jinsiy aloqaAllohning 99 nomiMurakkab efirlarFoydali qazilmalarXavfsizlik texnikasiIspaniyaToʻplam (matematika)PaleolitSoliqMusiqa cholgʻu asboblariNobel mukofotiGandbolHisobotAzot oksidlariQuyosh tizimiTranzistorBilimSaudiya ArabistoniYevropaInson tanasiKoʻkyoʻtalYurak-qon tomir kasalliklariAl-XorazmiyOvqat hazm qilish tizimiKubik metr🡆 More