Albert Camus

Albert Camus (talaffuzi: Alber Kamyu) (7-noyabr, 1913 — 4-yanvar, 1960) fransuz adibi va faylasufi boʻlgan.

Ekzistensializmga oid deb qaralsa-da, Kamyu biror maktab yoki gʻoyaga tegishli boʻlgandan koʻra mustaqil mutafakkir boʻlishni afzal koʻrgan. U shaxsni gʻoyadan ustun qoʻygan. 1945-yilda bergan intervyusida Kamyu shunday degan: „Yoʻq, men ekzistensialist emasman. Sartre va men ismlarimizni yonma-yon koʻrishdan doimo taajjubda boʻlamiz….“ (Les Nouvelles litteraires, 15 noyabr, 1945). Ikkinchi jahon urushi yillaridagi Qarshilik harakati qatnashchisi boʻlgan. Ijodiy faoliyati 1937-yildan boshlangan. „Begona“ (1942) qissasi, „Sizif haqida asotir“ (1942) falsafiy ocherki, „Anglashilmovchilik“ (1944) va „Kaligula“ (1945) dramalari — inson hayotining maʼnosi toʻgʻrisidagi oʻylardan iborat. „Vabo“ (1947) roman-ramziy hikoyasi Qarshilik harakati haqida. Asarlari adabiyot va falsafani yana ham bir — biriga yaqinlashtirgan. Kamyu „Isyonkor odam“ (1951) falsafiy ocherki, „Tubanlashuv“ (1956) qissasi, „Saltanat va surgun“ (1957), „Shved nutqi“ (1958) kabi hikoyalar toʻplami muallifi. Nobel mukofoti laureati (1957). „Begona“ qissasi va „Vabo“ romani Ahmad Aʼzam tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1995).

Alber Kamyu
Albert Camus
Tavalludi 7-noyabr 1913-yil
Mondovi, Jazoir
Vafoti 4-yanvar 1960-yil(1960-01-04)
(46 yoshda)
Villeblevin, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Koʻrsatgan taʼsirlari Fyodor Dostoyevski, Franz Kafka, Søren Kierkegaard, Herman Melville, Friedrich Nietzsche, Jan-Pol Sartr, Simone Weil
Olgan taʼsirlari Michael Novak, Thomas Merton, Jacques Monod, Jan-Pol Sartr

Manbalar

Albert Camus 
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Albert Camus haqida sahifa mavjud.

Tags:

191319604-yanvar7-noyabrAdabiyotAdibEkzistensializmFalsafaFransiyaNobel mukofotiOcherkOʻzbek tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Venera (sayyora)GipofizKonsepsiyaLotin tiliInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunGenlarning oʻzaro taʼsiriFiqhAksiyaMazhabHomilaOyat al-KursiTaqvimMantiqiy amallarIslom tarixiTermodinamikaning birinchi qonuniLeksikologiyaQalqonsimon bezOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiSimmetriyaAxborot texnologiyalariYaxlitlashFizikaKonusMuqimiyXavfsizlik texnikasiAleksandr PushkinToʻplam (matematika)SifatElektr tokiOʻzbekiston bayrogʻiQutb yogʻdusiInnovatsion faoliyatErkak jinsiy aʼzosiFrazeologiyaProkuraturaShayboniylar davlatiMetrologiyaQadimgi YunonistonIshlab chiqarish harajatlariBipolyar tranzistorTalab va taklifSuyakOvqat hazm qilish tizimiMaʼnaviyatAngliyaJaloliddin ManguberdiSinonimlarTibbiyot deontologiyasiOqsaroy (Shahrisabz)Suv havzasiYurak-qon tomir kasalliklariVikipediyaYozuvDasturlashZaharlanishEpistemologiyaSirdaryo (viloyat)Uch fazali elektr tarmoqKompozitsiyaTovush (tilshunoslik)Mehnat muhofazasiChingizxonSohibqiron (sheʼriy drama)ItaliyaHavoning ifloslanishiOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiFrilanserBiznes rejaInson yuragiTasavvufQonFransiyada ta'limYevropaOʻzbekiston siyosiy partiyalariMuhammad ShayboniySezgiTemuriylar tarixi davlat muzeyiOksidlanish-qaytarilish reaksiyalariGʻoʻza🡆 More