Ekzistensializm

Ekzistensializm (lot.

Ekzistensializm (lot. — yashash, mavjudlik), mavjudlik falsafasi — falsafadagi yoʻnalish. 20-asr boshida Rossiyada, Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyada, Ikkinchi jahon urushi davrida Fransiyada, urushdan keyin boshqa mamlakatlarda paydo boʻlgan. S.Kyerkegor (1813—55) taʼlimoti, hayot falsafasi, fenomenologiya E.ning gʻoyaviy manbai hisoblanadi. Diniy E. (K. Yaspers, G. Marsel, N.A. Berdyayev, L. Shestov, M. Bubur) va ateistik E. (M. Haydegger, J. P. Sartr, A. Kamyu) bir-biridan farqlanadi. Markaziy tushunchasi — ekzistensiya (inson mavjudligi). Inson mavjudligi asosan gʻamxoʻrlik, qoʻrqish, qatʼiylik, vijdon kabilarda namoyon boʻladi. Dahshat, qoʻrquv, oʻlim inson yashashining asosini tashkil etadi. Inson oʻzini ekzistensiya sifatida anglagandan keyin erkinlikka erishadi, bu erkinlik oʻz-oʻzini, oʻzining mohiyatini tanlashdan iborat boʻlib, insonga olamda yuz berayotgan barcha narsa uchun masʼuliyat yuklaydi. E. borliqning fojialiligini, uning mantiqqa xilofligini, inson ixtiyorida emasligini targʻib qiladi. E. oqim sifatida tugaganligiga qaramay, hozirgi kunda uning asosiy tamoyillari Yevropa xalqlari mentalitetiga singib ketgan. U gʻarb adabiyoti va sanʼatiga katta taʼsir koʻrsatgan.
Ekzistensializm
Ekzistensializm
Faylasuflar Søren Kierkegaard va Friedrich Nietzsche, "ekzistensializm" atamasini ishlatmagan boʻlishsa-da, shu oqimga asos solganlar, deb bilinadi.

Ekzistensializm mavjudlik maʼnosi olamshumuldir deb uqtiruvchi metafizik prinsiplarni rad etadi. Oqimga 19-asrda Kierkegaard hamda Nietzsche ishlari asos solgan, deb hisoblanadi. 1940-50 yillarda fransuz faylasuflari, jumladan Jean-Paul Sartre va Simone de Beauvoir ekzistensializm bilan bogʻliq ilmiy hamda taxayyuliy asarlar yozishgan, ularda "dahshat, zerikish, begonalashish, absurd, ozodlik, vafo, [va] boʻshliq" mavzulari yoritilgan.

Shuningdek

Adabiyotlar



Tags:

FalsafaLotin tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Navoiy viloyatiAminokislotalarIntellektXudoyberdi ToʻxtaboyevGazlarJizzax qoʻzgʻoloniMuloqotOʻzbekistonEtikaAllohning 99 nomiZotiljamBambirAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiFaoliyatOrttirilgan immun tanqisligi sindromiChigʻatoy ulusiChingiz AytmatovDavlat byudjetiWilliam ShakespeareShokNafasEritmalarIchki sekretsiyaGrammatikaIchan qalʼaFan-texnika taraqqiyotiLionel MessiBuxoro amirligiNATOYalpi ichki mahsulotIchki sekretsiya bezlariQattiq jismDaun sindromiAnal jinsiy aloqaOsiyo davlatlari roʻyxatiSuyuqlikCristiano RonaldoTezisVodorodTishManipulyatsiyaFargʻona viloyatiSifatZarbulmasalQayta tiklanadigan energiyaTurkiyaKubIrsiy kasalliklarDinning funksiyalariMenejmentXalqaro terrorizmBozor iqtisodiyotiga oʻtishUyushiq boʻlaklarGandbolPedagogik psixologiyaOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariIslom KarimovNeftSamarqand viloyatiInson huquqlariOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiEtnopsixologiyaErkin VohidovOʻzgarmas tokPulMushukTojikistonYurak-qon tomir kasalliklariMuzlik davriYasama soʻzOʻtkan kunlarBirlashgan Millatlar TashkilotiFurqatPoʻlatIjtimoiy psixologiyaCOVID-19 koronavirus infeksiyasiOt (hayvon)Saida Zunnunova🡆 More