Akkra: Gana davlati poytaxti

Akkra — Gana Respublikasi poytaxti (1957-yildan), Gvineya qoʻltigʻi sohilidagi pasttekislikda.

Katta Akkra poytaxt okrugi sifatida ajratilgan. Akkra mamlakatning eng yirik shahri. Aholisi 1,2 mln kishi (1997). Akkra Gananing muhim savdo, sanoat va madaniy markazi. Transport yoʻllari tuguni, port va xalqaro aeroport mavjud. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik korxonalari, elektr uskunalari zavodi bor. Kustar usulda oltin va kumushdan zargarlik bu-yumlari yasaladi. Universitet, Fanlar akademiyasi (1961), yirik milliy muzey, musiqa va drama maktabi, doimiy dramatik studiya, kinofilm ishlab chiqaruvchi korporatsiya va boshqa madaniy-maorif muassasalari bor. Akkra serdaraxt koʻrkam shahar. Akkra oʻrnida dastlab ga elatiga mansub qabilalardan birining qishlogʻi boʻlgan. Shaharga 16-asrda asos solingan. 1876-1957-yillarda Oltin Qirgʻoq mustamlakachi maʼmurlarining qarorgohi. Oʻrta asrda qurilgan fort (qal’a)lar saqlangan.

Akkra: Gana davlati poytaxti
Akkra

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Tags:

Gana

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

TaqvimKasrMehnatEritrotsitlarBiotsenozInvestitsiyaTelegramGoʻri AmirGrammatikaOʻtkan kunlarXalqaro terrorizmGenlarning oʻzaro taʼsiriFonetikaKarbon kislotalarTransportHadisTIMSSViruslarMaʼlumotlar bazasiShaxsLipidlarOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiTilshunoslikDeputatIslom mazhabchiligiMicrosoft PowerPointFizikaImmunitetChatqol biosfera qoʻriqxonasiQattiq jismQidiruv tizimiProteinlarJinsiy aloqaBosimBaliqlarTeatrUNICEFAntropogen omillarOscar WildeNafas olish tizimiPsixikaQoʻshilgan qiymat soligʻiJigarIjtimoiy himoyaBambirMahalliy davlat hokimiyati organlariMetodMetrologiyaOt (soʻz turkumi)Piramida (matematika)Avtomobil yoʻli24-aprelGlukozaQadimgi MisrOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariIchki sekretsiya bezlariTinish belgilariElektrolizMatnAksiyadorlar jamiyatiMineralJinoyatDunyoning ishlariAl-XorazmiyMendel qonunlariFalsafaOgahiyYerGormonlarObligatsiyaFalsafiy antropologiyaBudjetParonimlarKriptovalyutaIshlab chiqarishDifferensial tenglamaYosin surasiYordamchi soʻzlarTranzistor🡆 More