Vinegret Ziravori

Vinegret ziravori, fransuzcha ziravor, vinegret sousi (fransuzcha: vinaigrette, sauce vinaigrette, fransuzcha: vinaigre — „sirka“) — asosiy tarkibiy qismlari sirka va oʻsimlik moyi boʻlgan salat ziravori.

Ularning klassik nisbati 1:3 ni tashkil qiladi. Retseptga qarab, qoʻshimcha ingredientlar, masalan, koʻkatlar qoʻshiladi. Vinegret ziravori koʻpincha boshli salat barglari, qaynatilgan va qovurilgan baliq bilan tortiladi. Sirka va oʻsimlik moyi aralashmasidan ziravor, hatto qadimgi misrliklar orasida mashxur boʻlgan deb hisoblanadi.

Vinegret Ziravori
Fransuzcha ziravorlangan salat

XIX-asrda „fransuzcha ziravor“ „vinegret ziravori“ bilan sinonim edi, ammo XX-asrning boshidan boshlab, Amerika retseptlariga koʻra, „Fransuzcha ziravor“ga Vustershir sousi, piyoz suvi, ketchup, shakar va tabasko sousi qoʻshila boshladi.

Fransuzcha ziravorni tayyorlash uchun shisha idishda tuz va qalampir sharob sirkasi bilan (ixtiyoriy ravishda limon yoki laym sharbati) eritiladi, soʻngra oʻsimlik moyining uch qismi qoʻshiladi va emulsiya hosil boʻlmaguncha koʻpirtiriladi. Kuchli xushboʻy hidli moydan foydalanganda, shunday kuchli hidli sirka ishlatmaslik kerak. Soʻngida koʻkatlardan maydanoz, yashil piyoz, chervil, sherolgʻin yoki arpabodiyon, shuningdek kapers, mayda toʻgʻralgan boshpiyoz yoki shalot piyoz va shakar qoʻshiladi. Emulsiya xantal yoki qattiq qaynatilgan tuxum sarigʻi qoʻshilishi bilan stabillashadi. Sous yarim soat davomida dam yediriladi. Tayyor boʻlgan sousni muddatli saqlash mumkin emas.

Manbalar


Adabiyotlar

  • Poxlyobkin V. V. Zapravka // Kulinarniy slovar. — M.: Izdatelstvo „E“, 2015. — S. 120. — 456 s. — 4000 ekz. — ISBN 978-5-699-75127-3.
  • „Винегретная заправка“,Справочник шеф-повара / Кулинарный институт Америки, 2-е, перераб. и доп., М.: ЗАО «ББПГ» (Издательство BBPG), 2010 — 938 bet. ISBN 978-5-93679-116-1. 
  • Усов В. В. „Соус винегрет“,. Основы кулинарного мастерства: искусство приготовления закусок и основных блюд, Кулинарное искусство. От профессионалов. М.: Эксмо, 2017 — 69—70 bet. ISBN 978-5-699-80934-9. 
  • Наталья Шинкарёва, Надежда Бондаренко „Винегрет“,. Кулинарная энциклопедия. Litres, 2017. 

Tags:

Fransuz tiliQadimgi MisrSirka

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

AntiseptikaHTMLOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiInsonparvarlikDizenteriyaAvstraliyaOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiEronShomahmudovlar oilasiOʻzbekistonda taʼlimFutbolAbbosbek FayzullayevOʻzbekiston Mustaqilligi kuniPokistonItaliyaQurʼonDaryoMehrobdan chayonJahon otin UvaysiyHarbiy unvonlarBronxial astmaBiznes rejaTarixBaqara surasiTutash idishlarOʻtkir HoshimovXiva xonligiMaqolaYosin surasiTebranishlarXristianlikTasavvufBakteriyalarPISA - Xalqaro o'quvchilarni baholash dasturiChatGPTMeningitAntropologiyaAsinxron elektr dvigatelMikrobiologiyaMicrosoft WordDinOntologiyaEkologik muvozanatCole CasselsSon (tilshunoslik)Elektromagnit toʻlqinlarSarniFonetikaDidaktikaMikroskopKesimTojikistonAbdulla AvloniyQizil kitobWilliam ShakespeareLionel MessiElektr kuchlanishSumalakGipertoniya kasalligiXalqaro birliklar tizimiSomoniylar davlatiGoogleYupiterAtirgulTovush (tilshunoslik)SahhofDunyoning yetti moʻjizasiErkin VohidovImom al-BuxoriyQonun (huquq)Orqa miyaKoʻmakchiSifatJamiyatFourcignyAnemiyaHukmSinonimlarIshlab chiqarishni tashkil etish🡆 More