Teri qanotlilar, ayri quyruqlilar, quloq qazarlar (Dermaptera) — hasharotlar turkumi.
Gavdasining uzunligi 3,5–50 mm, yelkadan qorin tomonga yassilashgan. Qorin boʻlimi uchki qismida qisqichsimon oʻsimtalari ximoya vazifasini bajaradi. Oldingi qanotlari kalta va qattiq, orqa qanotlari pardasimon yoki boʻlmaydi. Xalqorasida Teri qanotlilar quloqqa kirib olib, qisqichlari yordamida quloqni teshadi, degan tushuncha bor (ikkinchi nomi shundan). Lekin bu haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Toʻliqsiz oʻzgarish orqali rivojlanadi. Tuxumlarini tuproqpagi inlariga toʻp qilib qoʻyadi. Urgʻochisi tuxumlarni va lichinkalarni qoʻriklaydi. Har xil oziq bilan oziqlanadi. Yashirin, tunda hayot kechiradi. Issiq va nam yerlarda uchraydi. 1300 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 10 turi uchraydi. Oʻrta Osiyo hududida Osiyo Teri qanotlilar keng tarqalgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Teri qanotlilar, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.