Gepatit C

Gepatit C — gepatit C virusi sabab jigarning yallig’lanishidir.

Gepatit so’zi yunoncha «hepar» — jigar va «itis» — yallig’lanish so’zlaridan olingan. Dori, toksinlar, zahar, spirtli ichimliklar, allergik reaktsiyalar, autoimmun kasalliklar faqat gepatitning o’ziga sabab bo’lishi mumkin, lekin virusli gepatitlar quyidagi viruslar tomonidan qo’zg’atiladi:

Bulardan boshqa gepatit viruslari ham mavjud, lekin asosan bu uchta turi uchraydi. Bundan tashqari, boshqa, gepatitga oid bo’lmagan viruslar ham gepatitning rivojlanishiga hissa qo’shishi mumkin. Masalan OIV, sitomegalovirus, EB virusi.

O'tkir gepatit C belgilari va alomatlari

O’tkir bosqichda 65% insonlarda aniq belgilar kuzatilmaydi. Kasallik rivojlanib borishi bilan belgilar ham yaqqolroq namoyon bo’la boshlaydi (2-26 haftadan so’ng) va 2-12 hafta davom etadi. Ular:

  • Qorinning yuqori qismidagi og’riq, ayniqsa o’ng tarafda;
  • Siydik rangining to’q bo’lishi;
  • Rangsiz axlat (oqimtir);
  • Sariqlik (teri va ko’z sarg’ayishi);
  • Ko’ngil aynishi va ichak faoliyatining buzilishi;
  • Charchoq;
  • Biroz isitma va titroq;
  • Mushaklardagi og’riq;
  • Ishtaha yo’qolishi;
  • Kayfiyatning tezda o’zgarishi;
  • Bo’g’imlardagi og’riq.

Surunkali gepatit C belgilari va alomatlari

Surunkali bosqichida bemorlar odatda, aniq belgilarsiz holda yillar davomida yashaydilar. Bu ba’zan «faoliyatsiz» yoki «yashirin» gepatit C deb ataladi. Natijada yallig’lanish va chandiq (jigar sirrozi) bilan birga faol surunkali gepatit rivojlanadi. Kasallik davolanmasa, jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi va jigar saratoni (gepatosellyulyar saraton) va hatto o’limgacha olib borishi mumkin. Surunkali gepatit C belgilari:

  • Zaiflik va charchoq;
  • Ko’ngil aynishi;
  • Ishtaha yo’qolishi;
  • Mushak va bo’g’imlardagi og’riq;
  • Vazn yo’qotish.

Surunkali gepatit C jigar yetishmovchiligiga (jigar dekompensatsiyasi) olib kelgani bois qo’shimcha alomatlar kuzatiladi:

  • Siydik rangining to’q bo’lishi;
  • Sariqlik (teri va ko’z sarg’ayishi);
  • Qichish;
  • Suyuqlik to’planishidan kelib chiqadigan qorindagi shishlar;
  • Suyuqlik to’planishi tufayli oyoq shishishi;
  • Qon qayt qilish;
  • Umumiy qorin og’rig’i.

Jigar zararlanganda u o’z funktsiyalarini bajara olmaydi. Jigar funktsiyalari qondagi zaharli birikmalarni parchalash, infektsiyalar bilan kurash, dori vositalarini parchalash, ba’zi muhim oqsillarni sintez qilish, qon ivish omilini ishlab chiqish va vitamin, mineral, yog’ va uglevodlarni depo qilib saqlashdir.

Kasallikni yuqushi

Gepatit C virus bilan kasallangan shaxsdan boshqa shaxsga yuqadi. Virus hayvonlar yoki hasharotlardan yuqmaydi.

Gepatit C virusi asosan qonda va zararlangan kishining o’ziga xos boshqa tana suyuqliklarida oz miqdorda mavjud. Virus hozirda eng ko’p inyektsiya uchun ishlatilgan igna almashinuvi sabab yuqadi. 1990 yilga qadar virus, odatda, qon quyish orqali yuqgan. Hozirda qon quyish orqali yuqishi xavfi deyarli yo’q, donorlik qoni avvalo tahlil qilinadi.

Gepatit C ning yuqishi ba’zan infektsiya nazorat qilish protokollariga rioya qilinmangan kasalxona va klinikalarda, sog’liqni saqlash muassasalarida sodir bo’ladi. Bunday vaqtda tibbiyot hodimlari nosteril asbob qo’llashi yoki igna orqali sog’lom insonga virusni yuqtirishi mumkin.

Virus yuqishining yana bir yo’li bu zaralanib bo’lgan donor a’zosini boshqa insonga ko’chirib o’tkazilishidir. Hozirgi paytda zararlangan organlarni ko’chirib o’tkazish eng so’nggi va boshqa umid qolmaganda chora sifatida qaraladi.

Virusli gepatit C qon bilan yuquvchi kasalliklar guruhiga kiruvchi kasallik bo‘lib, 80% hollarda parenteral yo‘l bilan yuqadi. Jinsiy, maishiy aloqa, vertikal yuqish hollari ancha kam uchraydi. Jinsiy yo‘l bilan yuqish mumkinligi virusning nafaqat qonda, balki boshqa biologik suyuqliklarda (sperma, bachadon shillig‘i) ham topilishi bilan izohlanadi. Vertikal yuqishda virus onadan homilaga homiladorlik paytida (tug‘ma, intranatal) yoki tug‘ilish paytida (perinatal) o‘tishi mumkin. Kasallanish xavfi qon preparatlariga (qon, plazma, eritrotsitar, trombotsitar massa) va gemodializga muxtoj bemorlarda yuqori bo‘ladi. Shuning uchun kasallikning yuqishi qon va buyrak kasalligi bor bemorlarda tez-tez uchrab turadi. Aniqlanishicha, virus qon va qon preparatlari quyilganda 10% hollarda, venaga narkotik qabul qiluvchilarda 65% hollarda va boshqa yo‘llar bilan 25% hollarda yuqar ekan. Kasallik ko‘proq 15-30 yoshgacha bo‘lgan bemorlarda ko‘proq uchraydi. O‘zbekiston hududida o‘tkir gepatitlar bilan kasallanganlarning 5-6 %ida aynan gepatit C uchraydi.

Virus jinsiy aloqa yo’li bilan yuqishi mumkin, lekin bu kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Og’izda jarohatlar yoki yaralar bo’lganda o’pish orqali yuqishi mumkin, lekin bu ilmiy isbotlanmagan. So’lakda virus uchramaydi, albatta agar so’lakda qon bo’lmasa. Shaxsiy gigiena vositalari, masalan tish cho’tkasi va ustaralar umumiy ishlatilganda virus yuqishi mumkin.

Virus bilan yangi tug’ilgan chaqaloq onasi orqali zararlanishi mumkin. Istisnolar, ona qonida virus uchramasa. Ona suti orqali gepatit C uzatilishi qayd qilinmagan.

Tatuirovka urish orqali ham virus uzatilishi qayd qilingan, zero ko’pchilik salonlarda sterilizatsiyaga amal qilinmaydi. Gepatit C oziq-ovqat, suv orqali yuqmaydi.

Oldini olish

Kasallikka qarshi hech qanday vaktsina kashf etilmagan. Zararlanishni oldini olish uchun:

  • Jinsiy aloqa vaqtida himoyalanish;
  • Boshqa insonning shaxsiy gigiena asboblaridan foydalanmaslik;
  • Go’zallik salonlari va tatu salonlarda e’tiborli bo’lish, ularning asboblarida har xil viruslar, jumladan OIV yoki gepatit C virusi uchrashi mumkin;

Tashxislash

Gepatit C bemorni so’roq qilish, puxta jismoniy ko’rik va laborotoriya tahlillari yordamida aniqlanadi. Shifokor kasallik belgilari qancha vaqt davom etayotganini aniqlashtiradi. Shuningdek xavf omillari tarixi haqida so’rashi mumkin, ularga:

  • Qon quyish;
  • Sayohat;
  • Gemodializ;
  • Pirsing va tatuirovkalar;
  • Gepatit C bilan kasallangan inson bilan aloqa kiradi.

Laboratoriya va qon taxlili

Laboratoriya qon tahlili kasal qonidagi turli moddalarni, fermentlar sonini aniqlash, jigar funktsiyasini baholash va gepatit C ga qarshi antitanalarni topish uchun amalga oshiriladi. Agar tahlillar virus borligini aniqlasa, bemor qonidagi virusning genetik materiali miqdori aniqlanadi. So’ngi tahlil natijasi davolash tartibini belgilashda muhim hisoblanadi va jarayonni nazorat qilishga yordam beradi.

Boshqa taxlillar

Kasallikka tashxis qo’yilgandan keyin bemorda jigar fibrozi yoki sirrozi alomatlari bor-yo’qligini tekshiruvchi tahlillar o’tkazilishi mumkin. Bu jigar to’qimasi biopsiyasi yordamida amalga oshiriladi va mikroskop ostida jigar hujayrasi tekshirib ko’riladi. Jigar biopsiyasi bugungi kunda kamdan-kam hollarda  amalga oshiriladi, chunki noinvaziv testlar ko’proq samarali, oson va arzonroqdir.

Jigar fibrozini ultratovush tekshiruvi va MRT yordamida aniqlash mumkin. Bundan tashqari, turli xil qon tahlillari yordamida yallig’lanish darajasi va fibroz mavjudligini oldindan aniqlash mumkin. Asosan qon tahlili virus genotipini aniqlash uchun keng foydalaniladi. Shuningdek, bemorda OIV, gepatit A va B bor yoki yo’qligini aniqlash lozim, chunki ular kasallikni davolashda qiyinchilik tug’dirishi mumkin.

Davosi

So’nggi yillarda gepatit C kasalligini davolash keskin o’zgardi. 2016 yil yanvar oyida FDA bir martalik Elbasvir va Grazoprevir birlashmasidan iborat Zepatier nomli preparatni tasdiqladi. Bu preparat kasallikni deyarli 100% davolashga qodir ekanini namoyish etdi. Bundan oldin eng kuchli preparatlar bu 8-12 haftadan so’ng eng odamlarda kasallik belgilarini yo’qotadigan «Harvoni» deb nomlangan, «Sofosbuvir» va «Ledipasvir» dan iborat preparat edi. U preparat bemorlarda charchoq va bosh og’rig’iga sabab bo’lar edi.

Davolashning asosi – parhez va kun tartibiga rioya qilishdir. Surunkali C virusli gepatitda jigar kasalliklarida qo‘llaniladigan 5-parhez taomlar tayinlanadi. Iste’mol qilinadigan ovqat oson hazm bo‘lishi zarur. Go‘sht yog‘siz, qiyma va qaynatib pishirilgan holda tavsiya qilinadi. Bemor qiymali mastava, sutli va boshqa suyuq ovqatlar yeyishi mumkin. Quyuq ovqatlardan ezilgan kartoshka, guruchli qiyma, shirguruch, qaynatib pishirilgan tovuq go‘shti yoki baliq, bug‘da pishirilgan qovoq kabi taomlar tavsiya etiladi. Xasta kishiga ko‘k choy, meva sharbatlari, gazi chiqarib yuborilgan mineral suvlar, qatiq ichish ruxsat etiladi.

Jismoniy va ruhiy toliqish bemorga to‘g‘ri kelmaydi. Dardmand odam qiyin hazm bo‘ladigan, seryog‘ ovqatlar, sho‘r va achchiq, qovurilgan, dudlangan, konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilmasligi zarur. Spirtli ichimliklarni ichish mumkin emas. Parhez saqlash jigar faoliyatini tez tiklaydi, uning himoya kuchini oshiradi.

Virusga qarshi dori vositalarini qo‘llash spetsifik (maxsus) davolash deyiladi. Bugungi kunda organizm uchun zararsiz bo‘lgan C gepatit virusiga qarshi samarali dori vositalari yaratildi. Bunday dori vositalarini qo‘llash orqali organizm virusdan xalos bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari bu dorilar jigarda fibroz to‘qima shakllanishi jarayonini to‘xtatadi va jigar hujayralarining qayta tiklanishi ta’minlaydi.

Zamonaviy davolash

Yaqinda kashf qilingan dorilar :

  • Ombitasvir-Paritaprevir-Dasabuvir-Ritonavir (Viekira Pak);
  • Ombitasvir-Paritaprevir-Ritonavir (Technivie);
  • Daklastavir (Daklinza).

Bu preparatlar interferon talab qilmaydi va kam vaqt ichida ko’p odamlarni davolaydi. Dastlabki ikki dorilar faqat  kasallik rivojlanishining erta bosqichlarida tavsiya etiladi, chunki ular jigarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bu dorilar juda qimmat turadi.

Buning o’rniga shifokor Botseprevir (Victrelis), Simeprevir (Ossio), Sofosvivir (Sovaldi) yoki Telaprevir (Incivek) kombinatsiyasi bilan Interferon birlashmasini tavsiya qilishi mumkin.

Interferon va Ribavirin gepatit C ni davolash asosiy vosita edi. Ular charchoq, shamollash belgilari, kamqonlik, teridagi toshmalar, ruhiy tushkunlik, ko’ngil aynishi va diareya kabi nojo’ya ta’sir chaqirishi mumkin.

Davolash virus genotipiga qarab o’zgaradi. Eng keng tarqalgan turi 1 genotip gepatit C virusidir, undan keyin 2 va 3 genotip, ularning ortidan 4, 5 va 6 uchraydi.

Dorilarning nojoyi ta'sisri

Dorilarning eng keng tarqalgan nojo’ya ta’siri quyidagilardir:

  • Grippdagi kabi alomatlar;
  • Charchoq;
  • Soch to’kilishi;
  • Kamqonlik;
  • Fikrlash bilan bog’liq muammolar;
  • Asabiylashish;
  • Depressiya.

Bugungi kunda mavjud bo’lgan va keng foydalaniladigan virusga qarshi dorilarga:

  • Simeprevir (Ossio);
  • Paritaprevir / ritonavir (har doim birga);
  • Ledipasvir;
  • Ombitasvir;
  • Daklatasvir (Daklinza);
  • Sofosbuvir (Sovaldi);
  • Dasabuvir kiradi.

Ulardan ba’zilari (qavs ichida nomi yo’q dorilar) kombinatsiyalangan holda uchraydi, masalan:

  • Ombitasvir, Paritaprevir / Ritonavir (Technivie);
  • Ombitasvir, Paritaprevir / Ritonavir va Dasabuvir (Viekira Pak);
  • Ledipasvir, Sofosbuvir (Harvoni).

Kasallikni hayotga ta'siri

Ko’p odamlar bu kasallik bilan yashashadi. Agar sizda kasallik mavjud bo’lsa, o’zingizga va boshqalarga yordam berish uchun bir necha muhim narsalarga amal qilishingiz lozim :

  • Parhezga amal qiling va ko’proq dam oling;
  • Spirtli ichimliklar qabul qilmang;
  • Jigarni zararlovchi dorilarni qabul qilmang (shifokor tomonidan aniqlanishi mumkin);
  • Agar olmagan bo’lsangiz gepatit A va B ga qarshi vaktsina oling.

Boshqa birovga infektsiya yuqtirmaslik uchun quyidagi chora-tadbirlarga amal qiling:

  • Boshqalar bilan tish cho’tkasi yoki ustarani baham ko’rmang;
  • Boshqalarga sizning qoningiz bilan aloqa qilishga yo’l qo’ymang;
  • Jinsiy aloqa paytida himoyalaning;
  • Go’zallik salonlarida sizni qoningiz o’tishi mumkin bo’lgan amallarni qildirmang (manikyur, tatuaj);
  • Sizning kasalligingiz haqida yaqinlaringiz bilishi kerak, zero ular ehtiyot choralariga amal qilishadi.

Homiladorlikdagi kasallik

Gepatit C homiladorlik davrida va tug’ruq davomida onadan bolaga yuqishi mumkin. Kasallikka qarshi antitanalari bo’lgan onalardan faqat 2% hollarda farzandiga yuqishi kuzatiladi. Qonida gepatit C virusi uchragan hollarda esa 5%. Ona OIV bilan zararlangan bo’lsa, uzatish xavfi deyarli 20% ni tashkil etadi.

Siz davolanishingiz kerak-kerakmasligini shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak. Gepatit C kasalligini davolash faqat mutaxassis tomonidan to’g’ri olib borilishi mumkin.

O'limga sabab bo'la oladimi?

Kasallik ikki holatda fojiali yakun yasashi mumkin:

  1. Gepatit C rivojlanaversa va kasallik davolanmasa jigar yetishmovchiligiga, u esa oz navbatida o’limga olib keladi;
  2. Agar gepatit C sababli jigar saratoni (gepatosellulyar saraton) rivojlansa.

Lekin so’nggi tadqiqotlar va kashfiyotlar sababli yildan-yilga gepatit C sabali yuzaga keladigan o’lim hollari kamayib bormoqda.

Manbalar

Havolalar

https://avatars.mds.yandex.net/get-vthumb/1735247/c44313475bb8c0512fde095a88df0db0/564x318_1 (Wayback Machine saytida 2022-08-05 sanasida arxivlangan)

https://yandex.ru/video/preview/?filmId=4011529300450198988&from=tabbar&parent-reqid=1659702636022537-11709983300637975862-vla1-0477-vla-l7-balancer-8080-BAL-5958&text=gepatit+c+haqida+malumot

https://yandex.ru/video/preview/?filmId=1362886242273895094&from=tabbar&parent-reqid=1659702636022537-11709983300637975862-vla1-0477-vla-l7-balancer-8080-BAL-5958&text=gepatit+c+haqida+malumot

Tags:

Gepatit C Otkir gepatit C belgilari va alomatlariGepatit C Surunkali gepatit C belgilari va alomatlariGepatit C Kasallikni yuqushiGepatit C Oldini olishGepatit C TashxislashGepatit C DavosiGepatit C Kasallikni hayotga tasiriGepatit C Homiladorlikdagi kasallikGepatit C Olimga sabab bola oladimi?Gepatit C ManbalarGepatit C HavolalarGepatit CJigarToksinlarViruslar

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

TuzlarKuydirgiKecha va kunduzAmudaryoMetodologiyaDemokratiyaMehnatQushlarDavlatlar pul birliklari roʻyxatiGipertoniya kasalligiFermentlarUsmonlilar imperiyasiOsiyoTransformatorRassomlik sanʼatiDidaktikaIdrokSoliqGimnastikaKoʻchirma gapKoʻmakchiXitoyMarkaziy OsiyoLudwig van BeethovenDeduksiyaQadimgi MisrEksperimental psixologiyaFarruh ZokirovMuhammad YusufMuhammadAvestoSoʻmZilzilaPsixologiyaFonetikaFoydali qazilmalarDramaTranzistorGeyErkin AʼzamSaida MirziyoyevaPsoriazRovochAz-ZamaxshariyXulosa chiqarishElon MuskVoyaga yetmaganlar javobgarligiOt (soʻz turkumi)Lorents kuchiBrauzerTarbiyaBronxial astmaElektromagnit toʻlqinlarTexnologiyaKistaGeografiyaOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiManipulyatsiyaFuqarolarning huquq va burchlariQashqadaryo viloyatiIjtimoiy tarmoqTemur tuzuklariTeri kasalliklariKommunikatsiyaAnal jinsiy aloqaKubik metrBuddizm tarixiRadioaktiv parchalanishAK-74TeriKalsiyMuzeyTibbiyotUlugʻbek rasadxonasiMoliyaSuvchechakOqsaroy (Shahrisabz)Abdulhamid ChoʻlponReabilitatsiya🡆 More