Tank

Tank (inglizcha: tank — sisterna, bak) — zanjirli (gusenitsali) zirhlangan jangovar mashina.

Turli nishonlarni yoʻq qilish, ekipajni ishonchli himoyalash, turli xil toʻsiqlardan bemalol oʻtish xususiyatiga ega. Inglizlar 1916-yilda "Marka 1" tanklarini ishlab chiqib, shu yili ularni birinchi marta Somma daryosi boʻyidagi jangda qoʻlladi. Hozir juda takomillashgan turli rusumdagi tanklar ishlab chiqariladi.

Tank
Germaniyadagi Leopard 2A7 tanki
Tank
Jangda qatnashgan birinchi tank, Britaniya Mark I tanki (1916 yildagi rasm)
Tank
Rossiya askarlari T-72 jangovar tankida
Tank
Amerika askarlari M1 Abrams jangovar tankida, Iroq.

Tankning tuzilismasi

Tank 
Tankning sxematik diagrammasi
Tank 

Tankning asosiy qismlari: zirxli korpus, minora, qurolyarogʻ kompleksi (asosiy va yordamchi qurollar, oʻqdori), kuzatish asboblari, moʻljalga olish va boshqa moslamalar, kuch (motor) qurilmasi, kuch uzatkichi (transmissiya), yurish qismi, elektr jihozlar, aloqa tizimi, yongʻinga qarshi jihozlar, ommaviy qirgʻin qurollarining shikastlovchi omillarga qarshi himoya tizimlari va boshqa Korpus va minora Tankning barcha tarkibiy qismlarini birlashtiradi hamda ekipaj, agregatlar va yenilgʻini shikastlanish va zararlanishdan saqlaydi. Minora qoʻlda, elektr yoki elektrgidravlik yuritmalar yordamida aylantiriladi. Tankning korpusi va minorasi legirlangan zirh poʻlati listlarini bir-biriga payvandlab yasaladi, baʼzan, yaxlit quyma korpusli Tank ham uchraydi. Minora, odatda, quyma holda boʻladi (baʼzi hollarda payvandlab) yasaladi. Tanklar snaryadga qarshi (faqat yengil Tanklar — oʻqqa qarshi) zirhlanadi. Hozirgi Tanklar korpusining ichki qismi boshqaruv boʻlmasi (unga mexanikhaydovchi joylashadi), jangovar boʻlma (unga T. komandiri, toʻp otuvchi, oʻklovchi joylashadi, agar oʻqlovchiavtomat mavjud boʻlsa, oʻqlovchi boʻlmaydi), shuningdek motortransmissiya boʻlmasiga ajraladi. Yonilgʻi, odatda, hamma boʻlmalarga oʻrnatilgan baklarda, baʼzan korpusdan tashqaridagi baklarda saqlanadi.

Quroli

Tankning asosiy quroli maxsus toʻp, yordamchi quroli pulemyot va zenit pulemyota hisoblanadi. Asosan, T.ga oʻyiq yoki silliq stvolli toʻplar oʻrnatiladi. Oʻqdorilar komplektiga zirh teshar, kumulyativ (nishonga yoʻnaltirilgan), odsiy snaryadlar va plastik portlovchi moddali snaryadlar (inshootlarni buzish va jonli kuchlarga shikayet yetkazish uchun) kiradi. Aniq oʻq (snaryad) otish kurol stabilizatorlari, ballistik hisoblagichlar, otish uchun maʼlumotlarni avtomatik suratda taiyerlaydigan kurilmalar, tunda otish asboblari yordamida amalga oshiriladi. Tank ichidagi havo filtrventilyatsiya qurilmasi bilan tozalab turiladi. Tamkning kichik, yengil, oʻrtacha va ogʻir turlari boʻladi. Ular joyiga va maqsadiga karab ishlatiladi.

Dvigateli

Tanklarga 4 yoki 2 taktli, porshenli; suyuklik yoki havo bilan sovitiladigan maxsus dvigatel oʻrnatiladi. Burish mexanizmlari sifatida katta tezlikda ketayotgan Takning burilishni osonlashtiradigan koʻp radiusli mexanizmlardan, transmissiya apparatlarini boshqarish moslamalari sifatida — servoyuritma (ayniqsa gidroyuritma)lardan foydalaniladi. tank yuqori tezlikda ham bir maromda ketishi uchun kuchli gidravlik dempfer (amortizator)lar oʻrnatilgan. Tank germetiklanganligi uchun 2 m gacha chuqurlikdagi kechuvlardan oʻta oladi (agar Tank suv tagida yurish uchun moʻljallangan maxsus moslamalar bilan jihozlansa, 4–5 m chuqurlikdagi suvlardan oʻta oladi). Tankda elektronhisoblash yoʻl koʻrsatuvchi va avtomatik yoʻl topuvchi apparatlardan iborat navigatsiya tizimidan foydalaniladi.

Zirhi

Tank raketa, toʻp qurollarini qoʻllash, boshqariladigan snaryad (raketa) lardan foydalanishni hisobga olgan holda ishlab chiqariladi: zirh detallari qalinlashtiriladi, snaryad tegish ehtimoliga qarab korpusning tegishli joylariga qalin zirxlar oʻrnatiladi; harakat tezligi oshiriladi, quvvati kuchaytiriladi va yonilgʻini birmuncha tejab sarflashni taʼminlaydigan dizel dvigatellaridan foydalaniladi. Tankning ekipaji —3 —4 kishi, tezligi —40 –70 km/soat, massasi 3555 t (2004).

Tank dushman texnikasini katta kalibrli toʻplardan oʻqqa tutuvchi, harakatlanuvchi, zanjirli va zirhli harbiy texnikadir. Piyoda askarlarga qarshi qoʻshimcha pulemyotlar bilan qurollangan boʻlishi ham mumkin.

Bibliografiya

Havolalar


Tags:

Tank ning tuzilismasiTank QuroliTank DvigateliTank ZirhiTank BibliografiyaTank HavolalarTank1916-yilIngliz tiliMashina

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Yevropa davlatlari va qaram hududlari ro'yxatiDizaynHamletTeatrIchan qalʼaAzotKorrupsiyaFutbol tarixiYogʻYalpi ichki mahsulotAvestoProteinlarXivaSheʼr tuzilishiBrutsellyozBronxial astmaAqliy tarbiyaAtirgulOvqat hazm qilishUtah JazzKitobat sanʼatiYevgeniy OneginTarbiyaFotiha surasiHadisQobiliyatGepatit ATransportXorazmshohlar davlatiMafkuraYorugʻlikAsteroidIkkinchi Jahon urushiAntonimlarImom al-BuxoriyFutbolShaxmat tarixiShah Rukh KhanPsixosomatik tibbiyotOʻzbeklarBoʻlinish alomatlariSuvchechakYulduz UsmonovaDilber AyBirinchi jahon urushiMetodVikipediyaTransformatorBankDavlat poytaxtlari roʻyxatiVladimir PutinSodda gapAsosiy fondlarKanadaOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiBuyuk Ipak yoʻli (Buxoro)NonSayohatnomaInstagramIjtimoiy psixologiyaLGBTTurk xoqonligiGloballashuvGidrostatikaFonetikaShizofreniyaOʻlchash asboblariTinish belgilariSezgiKitobVegetativ nerv sistemasiBiosferaBuyuk geografik kashfiyotlarDavlatlarning telefon kodlariKasbXudoyberdi ToʻxtaboyevMonopoliyaQuturishMuhammad Yusuf🡆 More