Instagram

Instagram — Kevin Systrom va Mike Krieger tomonidan yaratilgan hamda rasm va videolarni ulashish uchun moʻljallangan ijtimoiy tarmoq.

Shuningdek, boshqa ijtimoiy tarmoq platformalari orqali ularni yuklash imkonini beradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar rasmlar va videolar uchun raqamli filtrlar qoʻllash imkoniga egadir. Instagramda videolar uchun maksimal davomiylik 60 soniyadir. Instagram App Store va Play Market orqali bepul tarqatiladi.

Instagram
Instagram
Instagram
Muallif
Ishlab chiqaruvchiMeta Platforms
Chiqish sanasi6-oktyabr, 2010-yil (13 yil avval) (2010-10-06)
Operatsion sistema
Til(lar)xitoy, xorvat, chex, dan, niderland, ingliz, fin, fransuz, olmon, grek, hind, venger, indonez, italyan, yapon, koreys, malay, norveg, polyak, portugal, rumin, rus, slovak, ispan, shved, tagalog, tay, turk, ukrain, vyetnam, fors
Litsenziyaen:Proprietary software (Foydalanish shartlari bilan)
Vebsayt:instagram.com

Tarixi

Instagram 
Instagram ikonkasi (2016-yildan)

Instagram Kevin Systrom va Mike Krieger tomonidan yaratilgan hamda bepul mobil ilova sifatida 2010-yilning oktabr oyida ishga tushirilgan. Dastlab, bu ilova nomi „Burbn“ boʻlgan. Keyinchalik, Systrom va Krieger, „instant camera“ („tezkor kamera“) va „telegram“ soʻzlarini birlashtirib, ilovaning nomini „Instagram“ga oʻzgartirishdi.

Bu xizmat qisqa fursatda 2012-yilning aprel oyiga kelib, 100 million faol foydalanuvchilarga ega boʻlganligi ortidan mashhurlik qozondi. Keyinchalik shu yilning oʻzida kompaniyani Facebook, Inc. sotib oldi. Instagram uchun AQSh$1 milliard sarflandi. 2018-yilga kelib esa Instagramda foydalanuvchilar soni 1.1 milliardga yetdi. Mutaxasislarning taʼkidlashicha, Instagramdan tushadigan foyda naqd $2.8 milliardni tashkil etadi.

Hozirgi kunda Instagram Nokia aqlli telefonlari va BlackBerry 10 va boshqa planshetlar uchun ham mavjud. Instagram foydalanuvchilari uchun yangi funksiya paydo boʻldi. Unga koʻra, endilikda katta yoshli foydalanuvchilarning notanish oʻsmirlarga yozishi taqiqlanadi. Yangi funksiya kattalarga 18 yoshga toʻlmagan, ularning sahifasiga obuna boʻlmagan oʻsmirlarga yozish imkoniyatini bermaydi. Oʻsmirlar esa, oʻz navbatida, sahifasiga aʼzo boʻlish uchun soʻrov yuborgan foydalanuvchilarning shubhali xatti-harakatlari toʻgʻrisida ogohlantiriladi

Live Rooms

2021-yil 1-martdan boshlab Instagramda uch kishi bilan jonli efir qilish funksiyasi (Live Rooms) qoʻshildi.

13 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun versiya

Facebook ijtimoiy tarmogʻi Instagramʼning 13 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan maxsus versiyasini ishlab chiqadi. Maʼlum qilinishicha, Facebookʼning oʻzida hozirda shunday texnologiya mavjud boʻlib, u Messenger Kids deb nomlangan. Ammo undagi barcha funksiyalar hamda tarkibiy qism oʻsmirlar (14–18 yosh) uchun moslashtirilgan. Ishlab chiqiladigan yangi ilovaga esa ota-onalarga farzandining sahifalarini nazorat qilishga imkon beruvchi tizim kiritiladi.

„Biz bolalar uchun doʻstlar bilan aloqada boʻlishi, yangi sevimli mashgʻulotlari, qiziqishlari bilan bemalol shugʻullana olishlari uchun ota-onalar tomonidan boshqariladigan tizim kiritiladigan Instagram ishlab chiqishni rejalashtirmoqdamiz“, — deya taʼkidlagan kompaniya vakili Djo Osborne.

Manbalar

Havolalar


Tags:

Instagram TarixiInstagram Live RoomsInstagram 13 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun versiyaInstagram ManbalarInstagram HavolalarInstagramApp Store (iOS/iPadOS)Google PlayIjtimoiy tarmoqKevin SystromRasmVideo

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

PaleolitQonun ustuvorligiTermiziy Abu IsoQonunKriptovalyutaJismoniy tarbiyaPolimerlarTezisAleksandrIchki sekretsiyaAnton ChexovQunut duosiIrsiy kasalliklarUchburchakErkin VohidovFalsafaToʻlqinlarXrom (kimyoviy element)NanotexnologiyaHamid OlimjonUzAutoMotorsOʻzbek tiliStressOscarOngShartnomaFotosintezStatistikaKislorodZaharlanishMantiq falsafasiVitaminlarAFC U-23 Osiyo kubogi 2024TushunchaKosmonavtikaAlpinizmSaid OlimxonOntogenezVaboLeykotsitlarTBC Bank (Oʻzbekiston)Janubiy OsiyoBiotexnologiyaYengil atletikaZulfiyaArab xalifaligiJangi loyProteinlarXalqaro oʻquvchilarni baholash dasturiMisrGidroelektr stansiyaYosin surasiVijdon erkinligiShaxmatBoburQon kasalliklariSamarqandDavlat byudjetiInnovatsion faoliyatKoʻkyoʻtalKonfutsiylikQon guruhlariSWOT tahliliSherali JoʻrayevEtikaTovush (tilshunoslik)Oʻlchash asboblariOʻzbek milliy akademik drama teatriSharq falsafasiAntropogen omillarMuhammad Sodiq Muhammad YusufHavoning ifloslanishiItaliyaMaktabgacha taʼlimEstetikaFonetik oʻzgarishlar🡆 More