Kursk (ruscha: Курсќ) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Kursk viloyatining markazi, Kursk tumaning markazi.
Moskva shahridan 530 km janubda joylashgan. O'rta asrlarda Kursk knyazligi poytaxti bo'lgan. Seym daryosi boʻyida. Kursk tuguni. Moskva—Simferopol avtomagistralida. Aholisi 445,5 ming kishi (1998). Mashinasozlik ("Schyotmash", akkumulyator, elektroapparat zavodlari), kimyo (kimyoviy tola, texnik rezina buyumlari), kimyo-farmatsevtika, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, 4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik, Kursk jangi (1943) harbiy-tarixiy muzeylari, suratlar galereyasi bor. Kursk 1032 yildan Kiyev Rusi qalʼasi sifatida maʼlum. 14-asr dan Litva, 1508 yildan Rossiya tarkibida. K.da 17— 19-asrlar meʼmoriy yodgorliklari, Troitsa cherkovi saqlangan.
Kursk rus. Курск | |
---|---|
viloyat ahamiyatiga ega shahar | |
51°43′0″N 36°11′0″E / 51.71667°N 36.18333°E G O 36°11′0″E / 51.71667°N 36.18333°E G O | |
Mamlakat | Rossiya |
Hukumat | |
• Mer | V.N.Karamishev |
Asos solingan | 1032-yil 25-sentabr |
Ilk eslatilishi | 1095 |
Maydon | 2,082 km2 (804 mi²) |
Markazi balandligi | 250 m |
Rasmiy til(lar)i | ruscha |
Aholisi (2019) | 449 556 |
Zichligi | 2352,47 kishi/km2 |
Milliy tarkib | ruslar 98,06 % boshqa |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
Telefon kodi | +7 4712 |
Pochta indeks(lar)i | 305000 |
Avtomobil kodi | 46 |
|
Shahar aholisining yarmidan oshigʻini ruslar tashkil qiladi. Rasmiy bayonotga koʻra aholi soni 443 212 ming kishini tashkil qiladi.
Kurskda birinchi shahar ko'rinishlari 1032-yilda ko'zga tashlangan. Shaharga 1095-yilda asos solingan. XI-XIII asrlarda Kursk knyazligi hukm surgan. Birinchi Kursk knyazlari Izyaslav Vladimirovich, o'g'li Vladimir Monomaxlar bo'lgan.
Cherniy, Rossiya Novgorod-Volinskiy, Ukraina Donetsk, Ukraina Gomel, Belarusiya Postav, Belarusiya
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Kursk shahri, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.