Donetsk

Donetsk (1924-yilgacha Yuzovka, 1961-yilgacha Stalino) — Ukrainadagi shahar (1917-yildan).

Kalmius daryosi boʻyida. Donetsk viloyati markazi. Temir yoʻl tuguni. Aeroport bor. Aholisi 1075 ming kishi (1997). Yondosh shaharlar bilan birga sanoat tuguni va shahar aglomeratsiyasini tashkil etgan. Ogʻir sanoatning eng yirik markazlaridan. Donetsk toshkoʻmir havzasiaan koʻmir qazib olinadi. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik (kon, metallurgiya jihozlari va b., muzlatgich, kabel, velosiped va b. ishlab chiqariladi), kimyo (kimyoviy reaktiv, plastmassa zavodlari), qurilish materiallari, koks kimyosi, oziq-ovqat, yengil (shu jumladan ipgazlama) sanoat korxonalari bor. Ukraina FA ning ilmiy tadqiqot institutlari, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari (shu jumladan universitet), 3 teatr (shu jumladan opera va balet teatri), oʻlkashunoslik muzeyi va badiiy muzey mavjud. D.ga 1869-yil asos solingan.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

AvstraliyaUlugʻbek rasadxonasiGʻarb falsafasiQonun (huquq)Buxoro amirligiKonfessiyaNerv sistemasiDunyoning yetti moʻjizasiNatural sonMehnat muhofazasiDramaShanxay hamkorlik tashkilotiTemir yoʻl transportiKarbon kislotalarEnergiyaChoʻyanBozor iqtisodiyotiga oʻtishOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiMehnat tarbiyasiYerHujayraKombinatorikaOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiKistaFutbolMiokard infarktiKelishikHomiladorlikdan saqlanishAbulfayzxon (drama)SakrashVenera (sayyora)SingapurKino sanʼatiNasosIssiqlik elektr stansiyalariSuyak sinishiQarilikAnal jinsiy aloqaAqliy tarbiyaBirlashgan QirollikHamza Hakimzoda NiyoziyPedagogikaDemokratiyaInternetHuquq layoqatiRus tiliXrom (kimyoviy element)Issiqlik oʻtkazuvchanlikToʻlqinlarUygʻonish davriOvqat hazm qilishKutubxonaEmailDeformatsiyaBoshqaruv uslubiDavlatlar pul birliklari roʻyxatiBirlashgan Millatlar TashkilotiMutatsiyaAmudaryoSugʻurtaMusiqaMurakkab efirlarRim imperiyasiBiologiyaFuqarolik jamiyatiUrgʻuUsmon AzimMuhammad YusufMantiq falsafasiOksidlanish-qaytarilish reaksiyalariOmmaviy madaniyatOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariKreditNafas olish tizimiOʻtkir HoshimovEvolutsiyaModdalar almashinuviKoreya RespublikasiOʻzgaruvchan tok🡆 More