Geometriyada koʻpburchak — uchtadan kam boʻlmagan chekli sondagi kesmalardan iborat yopiq siniq chiziq.
Bunda chiziqning ketma-ket keluvchi har uchta uchi bir toʻgʻri chiziqda yotmasligi shart. Bir tekislikda yotuvchi koʻpburchakning tashkil qiluvchi kesmalari uning tomonlari deyiladi. Koʻpburchak tomonlari kesishmasa, u sodda koʻpburchak deyiladi. Har qanday sodda koʻpburchak tekislikni ikki sohaga ajratadi. Koʻpburchakning umumiy uchga ega boʻlgan tomonlari qoʻshni tomonlar deyiladi. Sodda koʻpburchak uchidan chiquvchi va ikkita qoʻshni tomonlarni oʻz ichiga oluvchi nurlar hosil qilgan burchak ichki soha bilan kesishsa, unga koʻpburchak burchagi deb ataladi. Sodda ta burchakli koʻpburchak burchaklari yigʻindisi 180°(—2) ga teng boʻladi. Agar koʻpburchak uning ixtiyoriy bitta tomonini oʻz ichiga oluvchi toʻgʻri chiziqning bir tomonida yotsa, u qavariq koʻpburchak deyiladi. Sodda koʻpburchakning hamma burchaklari oʻzaro kongruent va hamma tomonlari uzunliklari teng boʻlsa, u muntazam koʻpburchak deyiladi. Har qanday muntazam koʻpburchak uchun ichki va tashqi chizilgan aylanalari mavjud boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Koʻpburchak, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.