Sistit

Sistit (yun. — qovuq) — qovuqning yalligʻlanishi.

Qovuqqa turli infeksiyalar tushishi oqibatida roʻy beradi. Paydo boʻlishiga koʻra, birlamchi va ikkilamchi; kelib chiqishi boʻyicha spetsifik (soʻzak, sil sistiti) va nospetsifik S. farqlanadi. Kasallik oʻtkir va surunkali kechadi. Birlamchi S. boshqa aʼzolardagi infeksiya yuqori siydik yoʻllari yoki uretradan qon va limfa yoʻllari orqali qovuqqa oʻtishi natijasida paydo boʻladi. Bunga, shuningdek, sovuq qotish, spirtli ichimlik ichish, qabziyat, nerv-psixikaning buzilishi ham sabab boʻladi. Ayollarda S. aksari homiladorlik yoki tugʻruqdan keyingi davrda ku-zatiladi. Ikkilamchi S. (koʻpincha surunkali kechadi) qovukda tosh, yot jismlar, oʻsma boʻlganda, qovuq sili, prostata bezining oʻsmasi oqibatida yuzaga keladi. Shuningdek, baʼzi dorilar, zaharli moddalar ichilganda ham S. kuzatilishi mumkin.

S.da bemor tez-tez (har 10—15 minutda) siyadi, siyganda ogʻriq sezadi, ogʻriq ayniqsa, siygisi qistaganda va siygandan keyin zoʻrayadi, lovullash, achishish, baʼzan siydikda qon va yiryng paydo boʻladi. Yalligʻlanish qoʻshni aʼzolarga utganda (piyelonefrit, uretrit va boshqalar) gavda temperaturasi koʻtariladi. Oʻtkir S.ning oldi olinmasa surunkali tus oladi. Kasallikni aniqlashda siydik tahlili, sistoskopiya, sistografiya, ultratovush tekshiruvlari oʻtkaziladi. Davosi: bemorning umumiy ahvoli va kasallik belgilariga qarab olib boriladi (ogʻriq qoldiruvchi dorilar, antibiotiklar, koʻp suyuqlik ichish, vanna, fiziomuolajalar buyuriladi.

Manbalar




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Yaxshilik va yomonlikYusuf Xos Hojib69 (jinsiy poza)YouTubeDaryoRim imperiyasiMateriyaMetodAbdulla AvloniyToʻgʻri toʻrtburchakOʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiDunyoning yetti moʻjizasiDarsKuzatishLeykotsitlarSaida ZunnunovaBiotexnologiyaAksiologiyaGepatit B viruslariMehnat muhofazasiBozorKompyuter grafikasiSogʻlom turmush tarziTenglamaNerv sistemasiYorugʻlik interferensiyasiQadimgi YunonistonHindistonGektarHisobotAleksandrBuyuk Ipak yoʻliOyat al-KursiErkin AʼzamSudralib yuruvchilarBaliqlarRomanOzodbek NazarbekovQoraqalpogʻiston bayrogʻiHamza Hakimzoda NiyoziyDemokratiyaSinkveyinMaʼlumotlar bazasiMorfologiyaReklamaToʻqimaInternet tarixiUglerodQisqartma soʻzlarTerrorizmEstetikaIshlab chiqarish harajatlariOntologiyaChigʻatoy ulusiYevropa davlatlari roʻyxatiMatnQon aylanishiQoraxoniylar davlatiIchki yonuv dvigateliJinsiy aloqaBronxial astmaSimfoniyaZarbulmasalKasbBosh miyaRuhlar isyoniIbroyim YusupovGenetikaAbbosbek FayzullayevSaturnVaboOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiNitrat kislotasiXamsaQimmatli qogʻozlarOʻsimliklarElektromagnit induksiyaNutq🡆 More