Jahon Merosi

Umumjahon merosi — butun insoniyat mulkini tashkil etuvchi buyuk madaniy va tabiiy yodgorliklar (boyliklar).

1972-yili YUNESKO Umumjahon madaniy va tabiiy yodgorliklarini saqlash toʻgʻrisidagi konvensiyani qabul qilgan (1975-yildan kuchga kirgan). Konvensiyani ratifikatsiya qilishda (1992-yil boshlari) 123 mamlakat qatnashgan. Umumjahon merosi roʻyxatida 80 mamlakatning 358 qurilish maydoni (1992-yil boshlari): alohida meʼmoriy inshoot va ansambllar — Akropol, Amiens va Shartrdagi soborlar (Fransiya), Misr ehromlari, Toj Mahal, Borobudur qasri, Varshavaning tarixiy markazi, Moskva Kremli va Qizil maydoni (Rossiya) va boshqa; shaharlar — Braziliya, Venetsiya (qoʻltiklari bilan birga) va boshqa; arxeologik qoʻriqxonalar — Delfa va boshqa; milliy bogʻlari va boshqa Hududlarida Umumjahon merosi joylashgan davlat yodgorliklarni saqlashga javobgardir. Umumjahon merosi oʻz nishoni (emblema, 1978-yil tasdiqlangan) va jamgʻarmasiga ega. YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga dunyo boʻyicha 1054 ta madaniy va tabiiy yodgorliklar kiritilgan (2021). Bular ichida Oʻzbekistondan madaniy yodgorlik sifatida Xivadagi Ichan qalʼa (1990), Buxoro tarixiy markazi (1993), Shahrisabz tarixiy markazi (2000), Samarqand — Madaniyatlar chorraxasi (2001) hamda tabiat yodgorligi sifatida Gʻarbiy Tyan-Shyan (Ugom-Chotqol qoʻriqxonasi, Qirgʻiziston va Qozogʻiston birgalikdagi tranchegaraviy obyekt) kiritilgan.

Manbalar

Tags:

AkropolAmiensIchan qalʼaToj MahalUgom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

EkologiyaLoyihaSinkveyinNeftRavishToʻplam (matematika)ChorrahaFargʻona viloyatiSintaksisSakrashAxloqMinorai KalonFizikaBolalar adabiyotiAntiseptikaAfgʻonistonAlbert EinsteinQonun (huquq)Inson va fuqaroning huquq va erkinliklariAndijon viloyatiBahorChekishHikoyaToʻgʻri toʻrtburchakKreditTuproqXotira va qadrlash maydoniNavoiy viloyatiReklamaKimyoviy reaksiyaRadioaktiv parchalanishOʻzbekiston yoʻl belgilariAnafilaktik shokQizil suvoʻtlarChatqol biosfera qoʻriqxonasiQadimgi MisrDinshunoslikEkosistemaBozor iqtisodiyotiga oʻtishQandli diabetMultimediaNafas olish tizimiTarixOʻzbek tiliChigʻatoy ulusiFotiha surasiAxborot texnologiyalariJanubiy Afrika RespublikasiIshlab chiqarishInsonparvarlikAfrikaPlastik materiallarYevropa davlatlari roʻyxatiDemokratiyaOt (soʻz turkumi)Shavkat MirziyoyevElektrolizTurizmTurkiston general-gubernatorligiQon guruhlariMutatsiyaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiInsultFundamentalizmBoʻlinish alomatlariOʻzgarmas tokXarakter (obraz)Ichki sekretsiya bezlariGazlarKorrupsiyaNerv sistemasiEritmalarAtomBronxial astmaIndoneziyaGʻafur GʻulomQutadgʻu biligMazhab🡆 More