Brexit: Siyosiy tadbir

Brexit (/ˈbrɛksɪt, ˈbrɛɡzɪt/; inglizcha: British — Britaniya va inglizcha: Exit — chiqish; Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi) — Buyuk Britaniyadagi konservativ oppozitsiya va ayrim alohida guruhlar (millatchilar, yevrotanqidchilar) ning bosh maqsadi.

Brexit: Brexit masalasining tarixi, 2016-yilgi referendum, Ittifoqdagi soʻnggi kunlar
Yevropa Ittifoqi xaritasi:
Buyuk Britaniya hududi olovrang bilan ajratilgan

2016-yilgi referendum natijalariga koʻra mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishini yoqlab 51,9 % saylovchilar ovoz bergan. Saylovchilarning 48,1 % esa, bunga qarshi. Buyuk Britaniyaning alohida subyektlarida ovoz berish natijalari har xil tus olgan: Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyaning aksar aholisi Brexitga qarshi ovoz berishgan boʻlsa, Angliya (London bundan mustasno) va Uelsdagi koʻpchilik Britaniyaning YIdan chiqishini yoqlab ovoz berganlar. Referendumning kutilmagan natijasi jahon hamjamiyatini lol qoldirdi, ayrimlar hatto shok holatiga ham tushib qolishdi, chunki koʻplab siyosatshunoslar buning aksi boʻlishini taxmin qilishgandi.

Brexit masalasining tarixi

Yevropa Ittifoqi
Brexit: Brexit masalasining tarixi, 2016-yilgi referendum, Ittifoqdagi soʻnggi kunlar 

Bu maqola
Yevropa Ittifoqi tarixi seriyasining davomidir
Yevropa Ittifoqi tarixi solnomasi:

Yana qarang:
Yevropa tarixi
Kengayish — Kelishuvlar
Solnoma — Rayosat

1957-yilda Buyuk Britaniya Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga (YIH) asos solgan Rim shartnomasini imzolamagan. 1963 va 1967-yillardagi Britaniyaning hamjamiyatga qoʻshilish taklifi Fransiyaning oʻsha vaqtdagi prezidenti Charles de Gaulle tomonidan veto huquqi asosida rad etilgan. De Gaulle bu ishini "Britaniya iqtisodiyotidagi bir qator jabhalar, xususan, qishloq xoʻjaligida ishlash praktikasi Britaniyani Yevropa bilan nomutanosib deb topishga asosdir" deb izohlagan.

De Gaulle Fransiya prezidentligi lavozimidan ketganidan soʻng, Buyuk Britaniya hamjamiyatga qoʻshilish uchun uchinchi marotaba taklif kiritdi va 1973-yilning 1-yanvarida YIHga qabul qilindi. Bu qoʻshilish konservativ Edward Heath davrida yuz berdi. 1974-yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgan saylovlarda Britaniyaning YIHda qolish masalasida referendum oʻtkazishni vaʼda qilgan Harold Wilson boshchiligidagi oppozitsion Leyboristik partiya yutib chiqdi.

1975-yil Buyuk Britaniyaning YIHda qolish yoki qolmaslik masalasida referendum oʻtkazildi. Barcha asosiy siyosiy partiyalar va OAV Britaniyaning YIHda qolishini yoqlab chiqdilar. Bundan tashqari Leyboristik partiyaning oʻzida bu masala yuzasidan fikrlar ikkiga boʻlindi. 1975-yil 26-aprel kuni bir kunlik partiya konferensiyasida ovozlar Brexit foydasiga 2:1 ko'rinish oldi. Vazirlar mahkamasi oʻta yevropachilar va oʻta aksilyevropachilarga boʻlinib ketganligi yuzasidan, Harold Wilson mahkamaning jamoaviy masʼuliyati haqidagi konstitutsion udumni toʻxtatib qoʻyib, vazirlarga har ikki tomondan ommaviy kampaniyalar chaqirishni taklif qildi. Yigirma uch kishidan yettitasi YIHga aʼzolikdan chiqish taklifini quvvatladilar.

1975-yil 5-iyunda boʻlib oʻtgan referendumda saylovchilar oldiga: "Nima deb oʻylaysiz, Buyuk Britaniya Yevropa hamjamiyatida (umumiy bozorda) qolishi kerakmi?" degan savol tashlandi. Shetland orollari va Tashqi Hebrid orollaridan boshqa barcha okruglarda asosan "ha" deya javob qaytarishdi. Ovozlar soniga koʻra Britaniya Yevropa iqtisodiy hamjamiyatida qoldi.

"Ha" ovozlar "Ha" foizda "Yoʻq" ovozlar "Yoʻq" foizda Ovoz berganlar foizi
17 378 581 67,2 8 470 073 32,8 64,5

1993-yil 1-noyabrda Maastrixt shartnomasiga koʻra Yevropa iqtisodiy hamjamiyati Yevropa Ittifoqi deb yuritila boshlandi. Oʻz nomiga mos oʻlaroq sof iqtisodiy ittifoq sof siyosiy ittifoqqa aylandi.

1990-yillar boshlarida yevrotanqidchilarning siyosiy partiyasi — Birlashgan Qirollik ozodlik partiyasi (UKIP) tuzildi. Bu partiya 2004 yilgi Yevroparlament saylovlarida 3-oʻrinni, 2009-yilda 2-oʻrinni, 2014-yilda esa 1-oʻrinni egalladi (umumiy ovozlarning 27,5 foizi).

2016-yilgi referendum

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqida qolish masalasida oʻtkazilgan referendum
23-iyun 2016
Birlashgan Qirollik Yevropa Ittifoqida
qolishi kerakmi?

inglizcha: Should the United Kingdom remain a member of the European Union?
Natijalar
Ha yoki yo‘q Ovozlar Foiz
Brexit: Brexit masalasining tarixi, 2016-yilgi referendum, Ittifoqdagi soʻnggi kunlar  Yo‘q 17 410 742 51,89 %
Ha 16 141 241 48,11 %
Hisobga olingan ovozlar 33 551 983 100 %
Hisobga olinmagan ovozlar 0 0 %
Barcha ovozlar 33 551 983 100 %
Saylovda ishtirok etuvchilar 72,15 %
Elektorat 46 501 241
Ovoz berishda ishtirok etgan hududlarda koʻrinish
Brexit: Brexit masalasining tarixi, 2016-yilgi referendum, Ittifoqdagi soʻnggi kunlar 
  Yevropa Ittifoqi aʼzosi sifatida qolish (inglizcha: Remain)
  Yevropa Ittifoqidan chiqish (inglizcha: Leave)

Brexitning Fond birjalariga taʼsiri

Brexit natijasida jahon fond birjalaridagi koʻplab indekslarning keskin pasayib ketishi kuzatildi, xususan, NIKKEI (Yaponiya) aksiyalari 1.286 punktgacha pasayib ketdi, shundan soʻng, indekslar tushishi davom etishining oldini olish maqsadida birja savdolari yopildi.

23-iyun 2016-yil sanasidagi referendum natijalari eʼlon qilinishi bilanoq Britaniya funt-sterlingining AQSH dollariga nisbatan narxi pasayib ketdi.

Brexitga Buyuk Britaniya bosh vazirining munosabati

David Cameron, agar Birlashgan Qirollik YIdan chiqib, oʻz yoʻlidan yuradigan boʻlsa, unda mamlakatga yangi hukumat rahbari kerakligini, oʻzi esa isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi.

"Ularning qarorini hurmat qilish kerak. Mening mamlakatim tomonida turib ovoz berganlarning barchasiga oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman" - Devid Kemeronning Britaniya xalqiga murojaatidan soʻzboshi.

Devid Kemeron Britaniya bosh vaziri lavozimidan voz kechgach, bu lavozimni Theresa May qabul qildi va u 2017-yilning 16-aprelida Britaniya xalqini Pasxa bayrami bilan tabriklarkan, Yevroittifoqdan chiqish Birlashgan Qirollik aholisini gʻoyaviy jihatdan va yangi imkoniyatlar atrofida birlashtirishi haqida gapirgan. Mey xonimning fikricha, Brexit xalqni birlashtiribgina qolmay, u Britaniyaliklarning umummanfaatlarini ham ifoda etadi.

OAVning munosabati

BBC:

Birlashgan Qirollik uzoq 43 yillik aʼzolikdan soʻng Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish uchun ovoz berdi. UKIP raisi 23-iyunni "Mustaqillik kuni" deb atadi, funtning kursi dollarga nisbatan 1985-yil holatigacha pasayib ketdi.

CNN:

Ovoz berishda Birlashgan Qirollikning YIdan chiqishi tarafdorlari gʻolib kelishdi – bu Ittifoqdan chiqish uchun ovoz bergan birinchi mamlakat.

Russia Today:

Britaniyaliklar 52 % ga 48 % hisobida Yevroittifoqdan chiqish uchun ovoz berdilar. Funt kursining keskin pasayib ketganligi haqidagi xabar birjalarni vahimaga solmoqda.

Rossiyskaya gazeta:

Buyuk Britaniyadagi referendumda mamlakatning YIdan chiqishi tarafdorlari gʻolib boʻldilar. Natijalarga koʻra, ular opponentlaridan 1,26 million kishiga koʻproq. Tarafdorlar 52 foiz (17,41 million kishi) ovoz toʻplashga erishishdi. Qarshilar esa 48 foiz ovozga ega boʻldilar.

Brexitning amaliy oqibatlari

23-iyun kuni referendum natijalari eʼlon qilingach, Britaniya fuqarolari orasida Yevroittifoqdan yashash uchun fuqarolik soʻrash holatlari avjga chiqdi. Yoz oylarida YIning Londondagi 16 ta diplomatik korpus vakillari aholi oʻrtasida ittifoqning boshqa mamlakati pasportini olishga talab kuchayib ketganligini qayd etishdi. Talabning oshishiga sabab esa, britaniyaliklarning referendumdan avvalgi kabi YI mamlakatlari boʻylab erkin sayohat qilishni istashlari.

Referendumdan soʻng bir oy ichida Britaniyadagi turistlar soni 18 %ga oshdi. Turizm bozorining 500 vakili oʻrtasida olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, funt sterling qiymatining pasayib ketishi britaniyaliklar orasida ichki va tashqi turizmning rivojlanishiga olib kelgan.

Britaniyalik xaridorlar Brexitdan keyingi shok holatidan tez chiqib olishdi: 2016-yil iyul oyida chakana savdo koʻrsatkichi taxmin qilinganidan ham koʻproq oshdi. Iliq havo kiyim-kechak savdosi oshishiga xizmat qildi, funtning tushib ketishi esa, qimmat soatlar va zargarlik buyumlarini xarid qilish uchun kelgan xorijliklarning soni oshishini taʼminladi. Chakana savdolar hajmi avvalgiga nisbatan 1,4 %ga oshdi (aslida 0,2 % taxmin qilingandi). Soatlar va zargarlik buyumlari savdosi 16,6 %ga oshdi, bu oxrigi ikki yil ichidagi eng yuqori koʻrsatkich.

Birlashgan Qirollik Fiksal tadqiqotlar institutining hisob-kitoblariga koʻra, Britaniya YIdan chiqsa, har bir britaniyalik oila yiliga £1,250 (€1474 atrofida) yoʻqotadi.

Aholi daromadlarining pasayishi yiliga 3,7 % ni etishi taxmin qilinmoqda. Institut xodimining gaplariga qaraganda: "Oʻzgarishlar mamlakatning butun aholisi hayotiga taʼsir qiladi, ish joylarining qisqarishi sabab yoʻqotishlarni asosan ishchi sinf vakillari his qiladilar, nafaqaxoʻrlar esa bunday tashvishlardan holi".

Brexit Britaniya moliyaviy sektoriga ham uzoq muddatli zarar yetkazishi mumkin. Buning negizi oʻlaroq isteʼdodli kishilarning mamlakatdan chiqib ketishi mumkinligi aytilmoqda.

Ittifoqdagi soʻnggi kunlar

Brexit: Brexit masalasining tarixi, 2016-yilgi referendum, Ittifoqdagi soʻnggi kunlar 
2020-yil 31-yanvar kechasi Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini minglab odamlar Londondagi Parlament maydonida (Parliament Square) kutib olishyapti.

2020-yil 24-yanvarda Yevropa Ittifoqi rahbariyati va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Johnson Brexit boʻyicha kelishuvni imzoladilar.

2020-yil 29-yanvarda Yevroparlament Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi boʻyicha kelishuvni ratifikatsiya qildi. Brexit boʻyicha kelishuvni 631 nafar deputat qoʻllab-quvvatlagan, 49 nafari qarshilik bildirgan, 13 kishi betaraf qolgan. Ovoz berishdan oldin debatlar tashkil qilindi, debatga kelgan deputatlarning bir qismi Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi ramzlari tushirilgan va “Always United” (“Abadiy birga”) deb yozilgan sharflarda kelishgan..

2020-yil 30-yanvar kuni Yevropa Kengashi Brexit boʻyicha kelishuvni ma’qulladi.

31-yanvar kuni Qirollik zarbxonasi Brexitga atab 1,5 ming dona 50 pens qiymatidagi oltin tangalarni sotuvga chiqardi. Har bir tanganing narxi 945 funt sterlingni tashkil etadi. Bundan tashqari yana cheklangan miqdorda 50 penslik tangalardan iborat toʻplamlar ham sotuvga qoʻyilgan. Toʻplamdagi tangalardan biri 1973-yil Buyuk Britaniyaning Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kirishi sharafiga zarb etilgan boʻlsa, ikkinchisi 2020-yilgi Brezitga atalgandir. Bunday toʻplamlardan 5 ming donasi 30 funt sterlingdan sotuvga qoʻyilgan.

2020-yil 31-yanvar Grinvich vaqti bilan soat 23:00 da (Toshkent vaqti bilan 1-fevral tonggi soat 04:00 da) 47 yillik a’zolikdan soʻng Buyuk Britaniya rasman Yevropa Ittifoqini tark etdi. Shu kuni yuzlab Brexit tarafdorlari Londondagi Vestminster saroyi qarshisida Britaniyaning YIdan chiqishini nishonlash uchun toʻplandilar, vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiqlarni kuyladilar. Brexitni qoʻllab-quvvatlovchi siyosatchilar soʻzga chiqdilar. YIdan chiqishga qarshi boʻlganlar esa London koʻchalarida marsh uyushtirdilar, Shotlandiyada ham Brexitga qarshi mitinglar boʻlib oʻtgan. YIning Bryusseldagi qarorgohi qarshisidan Buyuk Britaniya bayrogʻi olinib, Yevropa Ittifoqi bayrogʻi oʻrnatildi, Britaniyadagi rasmiy binolardan ham Yevropa Ittifoqi bayroqlari olib qoʻyildi.

Manbalar

Havolalar

Relating to court cases

Tags:

Brexit masalasining tarixiBrexit 2016-yilgi referendumBrexit Ittifoqdagi soʻnggi kunlarBrexit ManbalarBrexit HavolalarBrexitBritaniyaIngliz tiliMillatchilikYevropa Ittifoqien:Help:IPA/English

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

YalligʻlanishRaqobatSoʻz birikmasiIssiqlikFiqhOʻpkaOna sutiQuyoshStatistikaJanubiy AmerikaFermentlarPulsAbdulla QodiriyXudoyberdi ToʻxtaboyevRadioaktiv parchalanishQonun (huquq)SirdaryoEmotsiyaIndoneziyaEkosistemaOntogenezEvolutsiyaSurxondaryo viloyatiMaktabYuriy GagarinFurqatHarakatBirinchi jahon urushiQoraqalpoqlarSteve JobsOʻqituvchiDoʻstlikAzotYurak-tomir sistemasi kasalliklariShialikXalqaro oʻquvchilarni baholash dasturiAmerika Qoʻshma ShtatlariGlobal muammolarDialektikaBirinchi yordamQon guruhlariOltinOvqat hazm qilish tizimiUfq (trilogiya)Fargʻona viloyatiMantiq falsafasiJahon bankiTIMSSRim imperiyasiQuvvatNafasOdil YoqubovSinkveyinOmmaviy axborot vositalariBoburChigʻatoy ulusiQadimgi YunonistonYevropaOʻzbekiston siyosiy partiyalariIkkinchi jahon urushiYaxlitlashGenetikaXalq pedagogikasiXulosa chiqarishDiplomatiyaAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiJaloliddin RumiyXufton namozi25-aprelDoriHissiyotEmailTrombotsitlarMaydoniga koʻra mamlakatlar roʻyxatiBuxoro xonligiFeʼlKirish soʻzlarIqbol MirzoDaryo🡆 More