Boʻgʻin — 1) (tilshunoslikda) soʻzning alohida talaffuz qilish mumkin boʻlgan kichik boʻlagi.
Fransuz tilshunosi M. Gammon 1929-yilda Boʻgʻin nutq artikulyatsiyasidagi muskullarning kuchlanishiga asoslangan, degan fikrni ilgari surgan. Bunda nutq oqimidagi tovush tizimining izchil holatda kuchlanishi va boʻshashishi nazarda tutiladi, yaʼni nutq qismlari kuchlanish bilan boshlanadi va yuqori nuqtasidan kuchlanish bilan tugaydi. Shu takrorlanish boʻgʻinga ajralishdir. Bu oʻzbek tilshunosi Ayub Gʻulomovning Boʻgʻin nutqning bir nafas toʻlqinidagi qismidir, degan qarashiga ham moye keladi. "Boshlangʻich" soʻzi 3 Boʻgʻin li boʻlib, har biri kuchlanish bilan boshlanadi. Unlisi baland nuqtasi hisoblanib, undoshda kuchsizlanib tugaydi. Boʻgʻin kuchli boshlanishi va kuchli tugashi ham mumkin;
2) (poeziyada) eng kichik oʻlchov birligi. Hijo deb ham ataladi. Sheʼr tpuzilishida muhim ahamiyatga ega. Bunda har bir soʻz alohida emas, balki ular nutq butunligi, soʻzlarning oʻzaro fonetik munosabatida qaraladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Boʻgʻin (tilshunoslik), which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.