Bayramlar
Yana qarang: Turkum:4-fevral bayramlari
Butunjahon saraton kasalligiga qarshi kurash kuni. Xalqaro insonlar birodarligi kuni. Neandertal odami kuni. Yaxshi kayfiyat bayrami. Milliy bayramlar Voqealar
Abul Hasan Banisadr Yana qarang: Turkum:4-fevral voqealari
634 — Birinchi Arab-Vizantiya urushi: Amr ibn al-Os boshchiligidagi musulmon qoʻshinlari Datin jangida vizantiyaliklarni magʻlub etishdi. 900 — Forxxaymdagi anjumanda Lyudovik IV Sharqiy Franklar qiroli taxtiga oʻtirdi. 960 — Tay Szu Xitoy imperatori bo‘ldi. Sun sulolasi boshlandi. 1169 — Sitsiliya sharqidagi zilzila natijasida 15 000 kishi halok boʻldi. 1194 — Genrix VI Gogenshtaufen Angliya qiroli Richard I Sheryurakni to‘lov evaziga ozod qildi. 1348 — Yaponiyada Shimoliy Saroy qoʻshinlari Shijonavata jangida Janubiy Saroy qoʻshinlarini magʻlub etishdi. 1508 — Trentoda Maksimilian Gabsburg Muqaddas Rim imperiyasi imperatori unvonini oldi. 1703 — Ako qasosi. 1719 — Pyotr I Rossiya imperiyasi aholisining birinchi roʻyxatini oʻtkazish toʻgʻrisida farmon chiqardi. 1755 — imperator Yelizaveta Petrovna Moskva universitetini tashkil etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. 1789 — AQSh Prezidenti etib George Washington saylandi. 1794 — Fransiya inqilobi: Milliy Konvent Fransiya va uning koloniyalarida qullikni bekor qildi. 1797 — Ekvadorning Riobamba shahri zilzila natijasida butunlay vayron bo‘ldi. Taxminan 40 ming kishi vafot etdi. 1824 — Amerikalik ixtirochi va tadbirkor Charles Goodrich Bostonda rezina kalishlarni ommaga taqdim etdi. 1857 — Neandertal kuni: neandertal birinchi marta ilmiy jamoatchilikka tanishtirildi. 1858 — German Goldshmidt Yevropa 52 asteroidini kashf etdi. 1861 — Amerika Konfederativ Shtatlari tashkil topdi. 1899 — Wake Atoll hech kimga tegishli boʻlmagan yer sifatida AQSh tomonidan anneksiya qilingan. 1899 — Filippin-Amerika urushi boshlandi. 1899 — Bremen (Germaniya) ning „Verder“ futbol klubiga asos solingan. 1911 — Rolls-Royce oʻz avtomobillari uchun emblemani oʻrnatdi. 1915 — Birinchi jahon urushi: Germaniya Britaniya orollariga dengiz blokadasini eʼlon qildi, bu cheklanmagan suv osti urushining boshlanishini bildirardi. 1921 — Baron Ungern hujum qilig Moʻgʻuliston poytaxti Urga shahrini Xitoy qoʻshinlaridan ozod qildi. 1944 — Amerika olimlari DNK ning tirik organizmlarda irsiy belgilarni saqlash va nasldan-naslga o‘tkazish vazifasini bajarishini isbot qilishdi. 1945 — Qrim konferensiyasi boshlandi. 1945 — Belgiya nemis bosqinidan butunlay ozod qilindi. 1948 — Shri Lanka mustaqilligi eʼlon qilindi. 1949 — Eronda Shahanshoh Muhammad Rizo Pahlaviyga suiqasd. 1961 — Angolada ozodlik urushi boshlandi. 1971 — Britaniya avtomobil va samolyot dvigatellari ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce Limited kompaniyasi bankrotlik natijasida milliylashtirildi. 1976 — Insbrukda (Avstriya ) XII Qishki Olimpiya oʻyinlari ochildi. 1977 — Keniya milliy aviakompaniyasi Kenya Airways tashkil etildi. 1980 — Abul Hasan Banis(tasvirda ) Eronning birinchi prezidenti boʻldi. 1992 — Hugo Chávez Venesuelada davlat toʻntarishi uyushtirdi. 1994 — Toshkentda kompyuter aloqasi tarmog‘i (1996-yildan UzPAK) tashkil etildi. 1994 — Oʻzbekiston Avtomobil transporti xalqaro uyushmasiga aʼzo boʻldi. 1997 — JAR ning yangi Konstitutsiyasi kuchga kirdi. 1998 — „Ustoz“ jamg‘armasi tashkil topdi. 2003 — Yugoslaviya Ittifok Respublikasi tugatilib, uning oʻrnida Serbiya va Chernogoriya davlati tashkil topdi. 2004 — Facebook ishga tushdi. 2005 — Ukraina Oliy Radasi (375 deputat) koʻpchilik ovoz bilan Yuliya Timoshenkoni Ukrainaning Bosh vaziri etib tasdiqladi. 2009 — Britaniya Harbiy-dengiz kuchlarining HMS Vanguard va Fransiyaning Le Triomphant yadroviy suv osti kemalari (ikkalasi ham bortida WMD bilan) Atlantika okeanida suv ostida toʻqnashib ketdi. 2022 — Pekinda (XXR) XXIV qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilishi. Tavalludlar
Yana qarang: Turkum:4-fevralda tugʻilganlar
1494 — Fransua Rable (1553) — fransuz yozuvchisi, eng mashhur satiriklardan biri. 1682 — Johann Friedrich Böttger (1719) — nemis kimyogari, oq farfor olgan birinchi yevropalik. 1746 — Tadeusz Kostyushko (1817) — Polsha milliy qahramoni, harbiy va siyosiy arbob. 1799 — Juan Batista de Almeida Garrett (1854) — portugaliyalik shoir, dramaturg va siyosatchi. 1808 — Josef Kaetán Thiel (1856) — chex dramaturgi va shoiri, Chexiya madhiyasi matnining muallifi. 1873 — Mixail Prishvin (1954) — rus sovet yozuvchisi, publisist. 1875 — Ludwig Prandthal — (1953) — nemis mexanigi va fizigi, aerodinamika asoschilaridan biri. 1881 — Kliment Voroshilov (1969) — sovet davlat, partiya va harbiy arbobi, Sovet Ittifoqi Marshali. 1900 — Jacques Préver (1977) — fransuz shoiri, kinodramaturg, ssenariynavis. 1902 — Manuel Alvarez Bravo (2002) — meksikalik atoqli fotograf. 1903 — Simo Bayich (1942) — partizan, Yugoslaviya milliy qahramoni. 1906 — Clyde William Tombo (1997) — amerikalik astronom, Plutonni kashf qilgan. 1913 — Rosa Parks (2005) — amerikalik ijtimoiy faol, Qoʻshma Shtatlardagi qora tanlilarning fuqarolik huquqlari harakatining kashshofi. 1945 — Po‘lat Bulbul o‘g‘li — sovet va ozarbayjon qo‘shiqchisi, bastakor, siyosatchi va diplomat. 1947 — Abirqul Boʻtayev (2002) — tarixchi olim va muzeyshunos, SSSR Xalq maorifi aʼlochisi. Samarqand viloyatida 1984 -yilda Tarix va oʻlkashunoslik muzeyiga asos solgan. 1948 — Alice Cooper (haqiqiy ismi — Vincent Fourne) — amerikalik rok musiqachi. 1973 — Oskar de La Hoya — amerikalik bokschi, olimpiya chempioni (1992), jahon chempioni. 1975 — Vincent Fourne) - avstraliyalik qoʻshiqchi va aktrisa. 1985 — Leslie (Leslie Burgoin) — fransuz R’nʼB qoʻshiqchisi. 1989 — Valentina Gunina — rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster. 1995 — Lisa Vittozzi — italiyalik biatlonchi. Vafot etganlar
Havolalar
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article 4-fevral , which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0") ; additional terms may apply (view authors ). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses. ®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.