Tulkilar (Vulpes) — boʻrisimonlar oilasiga mansub sut emizuvchilar urugʻi; tanasining uz.
40—90 sm, dumi 60 sm cha. Tanasi choʻziq, oyoklari nisbatan kalta. Uzun dumidagi moʻynasi baroq. Juni sariqdan to kumushqizgʻish (deyarli qoramtir) tusgacha. T.da mavsumiy va geografik dimorfizm kuchli namoyon boʻladi. 6— 11 turi maʼlum. Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerikada tarqalgan. Avstraliyaga ham olib kelingan. Oʻzbekistonda 2 turi (oddiy tulki, korsak) uchraydi. Ularning oziqlanish va yashash joyi xilmaxil: oʻrmontundradan boshlab sahro mintaqasigacha. In quradi. Asosan, kemiruvchilar, sut emizuvchilar va qushlar bilan oziqlanadi. Odatda, 4—6 ta, baʼzan 17 tagacha bola tugʻadi; eng yirik vakili oddiy tulki. Tanasining uz. 90 sm gacha, dumi 60 sm cha. Kechqurun qorongʻi tushishdan oldin faol boʻladi. Moʻynasi moʻyna sanoatining asosiy xom ashyosi hisoblanadi. T.ning qoramtir rangli moʻynasi ayniqsa yuqori baholanadi.T. ovchilik va parrandachilik xoʻjaliklariga birmuncha ziyon yetkazadi. Ular kemiruvchi zararkunandalar sonini kamaytirib, qishloq xoʻjaligi. va tibbiyotga katta foyda keltiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Tulkilar, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.