Malaka

Malaka — 1) psixologiyada — muayyan kasb, ishni yaxshi oʻzlashtirish natijasida orttirilgan mahorat.

Odatda, biron ish jarayonida harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshiriladi. Harakatni bajarishda ongning borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ish gʻayriixtiyoriy ravishda ijro etila boradi, ayrim mayda qismlarga eʼtibor kamayadi. Harakatning qisman gʻayriixtiyoriy ravishda bajarilishi tufayli uning tuzilishida ayrim sifat uzgarishlari yuz beradi. Harakatni hissiy nazorat qilish, uni markazdan turib boshqarish usullari oʻzgarib boradi. Harakat usullarini idrok etishdan diqqat xoli boʻladi va u harakat vaziyati hamda mahsuliga qaratiladi. Buning natijasida topshiriq ravon, ortiqcha kuch sarflamay, tez va sifatli bajarila boradi. Masalan, tajribali mashinkada yozuvchi klavishlarga karamasdan yozaveradi. Malaka hosil qilish tezligi uning murakkablik darajasi, kishining yoshi, individual xususiyati, bilimi va boshqa omillarga bogʻliq. Kishidagi malaka, koʻpincha, boshqa malaka hosil boʻlishida yordam beradi. Masalan, avtomobil haydashni yaxshi bilgan kishi traktor va boshqa mashinalarni haydashni ham osonlik bilan oʻrganadi. Bunday holat M.ning koʻchishi deyiladi. Baʼzi hollarda esa mavjud M. boshqa M.lar hosil boʻlishiga xalaqit beradi. Bu M.ning interferensiyasi deyiladi. Uzoq mashq qilmaslik va organizmning normal boʻlmagan holatlari (kasallik, qattiq charchash, hayajonlanish va boshqalar)da M. yoʻqolishi mumkin. Bu sabablar bartaraf etilishi bilan M. yana tiklanadi; 2) M. HUQUQDa — ishni bajarish uchun qanday kasb qay saviyada egallaganligini koʻrsatuvchi daraja. Mehnat qonunchiligida ish M.si va ayrim xodimlar M.si degan turlarga boʻlinadi. Odatda, xodimlarning M.siga qarab ularga biror tarif razryadi beriladi. Tarif razryadi xodimning muayyan ish turiga layoqatli ekanligini tasdiqlaydi. Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarida tarif stavkalari va mansab maoshlarini belgilashda M. razryadi muhim ahamiyatga ega. Masalan, ishbay ishlovchi xodimlarning mehnatiga ish M.si boʻyicha, yaʼni shu ish uchun uning murakkabligini hisobga olib belgilangan baholar boʻyicha haq toʻlanadi. Ishbay ishlovchi xodim vaqtincha ish beruvchi tashabbusi bilan pastroq razryadli ishni bajarsa, u ish haqining avvalgi razryadi bilan bajarilgan ish razryadi oʻrtasidagi farqni olishga haqlidir (Oʻzbekiston Respublikasi MK 95—modda).

Xodimlar M.si maxsus M. komissiyasi tomonidan belgilanadi. Bunda xodimlarning muayyan bir ish turini bajarayotgandagi shaxsiy bilimlari va mahorati asosida razryad, kategoriya yoki diplom beriladi.

Manbalar


Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Yuriy GagarinAtmosfera bosimiOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturiNikoh toʻyiDoriBemorni parvarish qilishTaʼlimBirlashgan Arab AmirliklariOtamdan qolgan dalalarBaqara surasiAbdulla QahhorAdobe Spark VideoEpistemologiyaYan Amos KomenskiyOʻsmalarDasturlashAdibOvqat hazm qilish tizimiTurkistonKompetensiyaAhmad YugnakiyAtrof-muhitni muhofaza qilishRobotOʻzbek tilining izohli lugʻati (2022)Media madaniyatiAdabiy tilIkki nuqtaBronxitTaxallusNutqHavoOdamUygʻonish davriModdalar almashinuviDorivor oʻsimliklarQizilchaOilaBuddizmRus tiliQadimgi MisrOʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiSoʻz turkumlariModal soʻzlarSuvni tozalashTogʻlarOʻzbekiston iqlimiGazlangan suvSharq falsafasiFosforOsiyo davlatlari roʻyxatiQushlarGermaniyaBirinchi jahon urushiIrsiy kasalliklarXotiraMovarounnahrXalq pedagogikasiHomiladorlikdan saqlanishGalaktikaMinetIjtimoiy himoyaDunyoqarashToshkent viloyatiFutbol tarixiTasavvurMasshtabBirlashgan QirollikDiniy marosimlarIslomning besh ustuniXufton namoziOʻzbekiston SSR Mustaqillik deklaratsiyasiPolimerlarGepatit AAdaptatsiyaBuxoro viloyatiRim imperiyasi🡆 More