Sxolastika

Sxolastika (yunoncha: scholastikos — maktabga, olimga oid) — diniy dunyoqarashni nazariy asoslashga intiluvchi diniy falsafa.

Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada taraqqiy etgan. U ilohiyotaqida asoslarini ratsionalistik metodika va formal mantiq masalalari ("masala talashish") bilan bogʻlaydi. S.ning asosiy maqsadi — dinni ximoya qilish. Sxolastlar Platon, Aristoteliing taʼlimotlarni oʻz maqsadlariga moslashtirib, xristianlik aqidalarini asoslash yoʻlida talqin etishgan. S. bir necha davrga boʻlinadi. Ilk S (11 —12-asrlar) Ioann Skot Eriugena, Anselm Kenterberilik taʼsirida boʻlgan. Xudoni tabiat bilan, yaratuvchini yaratilgan bilan aynanlashtirish Eriugena taʼlimotiga xos edi. Shu sababli cherkov hukmdorlari Eriugena kitoblarini "soʻnggi nusxasigacha yoqib tashlash"ga fatvo berishgan. Universaliyalar xususidagi bahsda sxolastik realizm (Gilom)ga nominalizm (Rosselin), shuningdek, konseptualizm (Abelyar) qaramaqarshi turadi. Yetuk S. (12— 13-asrlar) Buyuk Albert va Foma Akvinskiyning xristian aristotelizmi va averroizm (Siger Brabantskiy va boshqalar) boʻlib, u asosan Parij universitetida keng yoyilgan. Keyingi S. (13—14-asrlar) vakillari — Ioann Dune Skot, U. Okkam. S.ga Uygʻonish davri gumanistlari qarshi chiqqanlar. Ularning taʼsirida S. oʻzining mafkuradagi ustuvor mavqeini yoʻqota boshladi. S.ning yangidan jonlanishi, ayniqsa, Ispaniyada jonlanishi (16—17-asrlar, F. Suares, M. Molina) kontrreformatsiya bilan bogʻliqdir. Koʻchma maʼnoda S. — hayotdan ajralib qolgan, behuda, mavgʻum fikr yuritish.




Tags:

Uygʻonish davriYunon tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Andijon viloyatiRaqamli texnologiya asoslariFan-texnika taraqqiyotiMurakkab efirlarZilzilaBozor iqtisodiyoti modellariMetrologiyaIqtisodiyotMahmudxoʻja BehbudiyTelegramShaxsTermiziy Abu IsoMadaniyatHujayraAxborotGandbolYouTubeShialikXorazm Maʼmun akademiyasiNobel mukofotiNarkozApplikatsiyaNamangan viloyatiPeshob ajralishining buzilishiOʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiZardushtiylikXalqaro birliklar tizimiResurslarOʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiShokQizil suvoʻtlarUndosh tovushlarAsrga tatigulik kunGʻaznaviylar davlatiEtikaIshsizlikSuvZaxmDispers sistemalarGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqQon ketishiUndalmaOsiyo davlatlari roʻyxatiMustaqil davlatlar hamdoʻstligiGolovin–Sivtsev jadvaliQobusnomaMultimediaMazmun va shaklKoordinatsion birikmalarOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiNobel mukofoti sohiblari roʻyxatiOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariBozor iqtisodiyotiga oʻtishMutatsiyaDavlat byudjeti daromadlariBronxitIqtisodiy oʻsishKompyuter tarmogʻiOltinSharq falsafasiAmmiakQoʻshilgan qiymat soligʻiGʻafur GʻulomAfrikaStenokardiyaWilliam ShakespeareMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliMototsiklBuyuk ozodlik xartiyasiGlukozaKonusQurilish materiallariKonsumentlarEnergiyaHinduiylikQon bosimiPulTemuriylar tarixi davlat muzeyi🡆 More