Qaragʻandi

Qaragʻandi (qozoqcha: Қарағанды) — Qozogʻiston Respublikasi Qaragʻandi viloyatidagi shahar (1934-yildan), viloyat markazi.

Temir yoʻl bekati. Aholisi 475 267 kishi (2012). Shahar Qaragʻanda koʻmir havzasining markazida shaxtyorlar shaharchasi sifatida vujudga kelgan. 1936-yildan Qaragʻandi viloyati markazi. Sanoatining asosiy tarmogʻi — koʻmir qazib olish. Mashinasozlik zavodlari ishlab turibdi, konshaxta jihozlari va metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Yengil, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari, qurilish materiallari korxonalari, issiqlik elektr markazi faoliyat koʻrsatadi. Qaragʻandi bir necha massivlardan iborat, bular: Eskishahar (19-asrning 2-yarmi), Yangishahar, Moyquduq, Katta Mixaylovka, Fyodorovka va boshqalar). Hozirgi Qaragʻandining markazi — Yangishahar. Qozogʻiston Fanlar Akademiyasining boʻlimi, 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 3 teatr, tasviriy sanʼat va oʻlkashunoslik muzeylari, Botanika bogʻi bor.

Qarag'andi

Қарағанды
shahar
Qaragʻandi
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
49°48′0″N 73°7′0″E / 49.80000°N 73.11667°E / 49.80000; 73.11667 G O 73°7′0″E / 49.80000°N 73.11667°E / 49.80000; 73.11667 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Qarag'andi viloyati
Hukumat
 • Akim Abdishev Baurjan Tuyteevich
Asos solingan 1931
Ilk eslatilishi 1934
Maydon 550 km2 (210 mi²)
Markazi balandligi 553 m
Aholisi
 (2013)
479 211
Zichligi 846 kishi/km2
Milliy tarkib ruslar 50,57 %
qozoqlar 36,25 %
ukrainlar 4,80 %
olmonlar 3,31 %
tatarlar 3,05 %
koreyslar 1,57 %
beloruslar 1,16 %
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 7212
Pochta indeks(lar)i 100000-100030
Avtomobil kodi M
Qarag'andi xaritada
Qarag'andi
Qarag'andi

Aholisi

Aholisi boʻyicha qaragʻandi viloyatida birinchi oʻrinni egallaydi — 475 267 kishi. (2012) Qozogʻiston boʻyicha 4 oʻrinni egallaydi (Olmota, Ostona va Chimkentdan shaharlaridan keyin). Shahar aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):

Demografiya

2006-yilgi hisobot boʻyicha aholining 1000 kishiga umumiy koeffisientlari:

  • tugʻulish — 16,85
  • oʻlim — 13,89
  • tabiiy oʻsish — 2,96

Korxonalari

Shaharda 01.01.07 yilgi 10371 tadbirkorlik sub’ekti roʻyxatdan oʻtgan, shulardan 92 katta, 397 oʻrta, 9882 kichik sub’ektlardir.

  • Asosiy iqtisodi:
  • energetika;
  • oziq ovqat korxonasi.

Shaharning asosiy korxonalari: „Qaragʻandi-Jariq“ MChB, „Qaragʻandi Margarin zavodi“ AJ, „EFES Qaragʻandi pivo zavodi“ AJ HT, „Qaragʻandi konfeti“ AJ, Qaragʻandi metallokonstruktsiya zavodi „Imstal’kon“ AJ filiali, „Qaragʻandi Jilu“ MCHB. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosiy turlari:

  • Elektr energiyasi;
  • issiqlik energiyasi;
  • margarin mahsuloti;
  • pivo;
  • konfetlar.

Qishloq xoʻjaligi

Qaragʻandi hududida qishloq xoʻjaligi hosil olish uchun 10,3 ming gektar qishloq xoʻjalik yerlari foydaniladi, shu jumladan 3,0 ming gektari — ekinzorlar. 2006-yilgi bugʻdoyga 2,9-ming gektar qishloq xoʻjalik yerlari foydalandi, uning 0,1-ming getarini sholi oʻsimliklari, 1,3-minh gektarini kartochka, 0,5-ming gektarini koʻkatlar oladi. 2006-yili 0,1-ming tonna sholi oʻsimliklar, 23,5-ming tonna kartochka, 12,5-ming tonna koʻkatlar, 0,7-ming ttonna goʻsht (tiriklay hisobda), 3,5-ming tonna sut; 1991,0-ming ta tuxum olindi. 2007-yilgi 1-yanvarda Buqa va sigirlar soni 3,0-ming ta; qoʻy va echki — 1,1-ming ta; choʻchqa — 2,4-ming ta; yilqi — 0,1-ming ta; qush — 22,8-ming tani tashkil qildi.*

Ijtimoiy soha

Shaharda 2006/2007 oʻquv yili boʻyicha

  • 103 kunduzgi umumiy bilim dargohi faoliyat yuritadi, unda 62917-oʻquvchi oʻqiydi,
  • 18 kolledjda — 23427-oʻquvchi,
  • 11 kasb-hunar oʻquv joyida — 4567 oʻquvchi,
  • 12 oliy oʻquv yurtlarda — 56222 student oʻqiydi.
  • 26 kutubxona,
  • 9 klubga oʻxshash mahkama,
  • 4 madaniyat va hordiq chiqarish parki,

• 3 teatr,

  • 2 muzey,
  • 1 kontsert zali,
  • 1 xayvonotlar bogʻi ish yuritadi.

Manbalar



Tags:

Qaragʻandi AholisiQaragʻandi DemografiyaQaragʻandi KorxonalariQaragʻandi Qishloq xoʻjaligiQaragʻandi Ijtimoiy sohaQaragʻandi ManbalarQaragʻandi1936-yilQaragʻandi viloyatiQozogʻistonQozoq tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Tinch okeaniAlbert EinsteinMultimediaToshkentOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiKlaster metodiSon (tilshunoslik)GidrostatikaBuddizmInternet tarixiSanoatLotin amerikasiEski oʻzbek yozuviIshsizlikPunktuatsiyaGandbolMatnOʻsmalarAntonimlarMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliMilliy dinlarDifferensial tenglamaSistitHamid OlimjonIjtimoiy psixologiyaOʻzbekcha VikipediyaHavoZamburugʻlarDavlatlar roʻyxatiKubik metrZaharlanishGektarOʻsimliklarFoydaElektr tokiAQSHda taʼlimSomoniylar davlatiTemir yoʻl transportiOzoda NursaidovaTalab va taklifAntiseptikaChingiz AytmatovBolalar va oʻsmirlar gigiyenasiPeshob ajralishining buzilishiMushukTurkiy tillarQurʼonTemuriylar shajarasiTahajjud namoziVitr namoziMagnit induksiyaOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiUrbanizatsiyaTishAfrosiyobAxborot jamiyatiTexnologiyaMaʼnaviyatTermodinamikaning birinchi qonuniEritmalarHarakatNatriyPirimqul QodirovBuyuk Britaniyaning taʼlim tizimiEksperimental psixologiyaOgahiyBirlashgan Millatlar TashkilotiPIRLSNuklein kislotalarYusuf Xos HojibAllohning 99 nomiGrafika (tilshunoslik)Operatsion tizimlar tarixiTurkmanistonOʻquv dasturiNeftFransiyada ta'limAfgʻoniston27-mart🡆 More