Chimkent

Chimkent yoki Shimkent (qozoqcha: Шымкент, Şymkent,شىمكەنت) — Qozogʻistondagi respublika ahamiyatidagi shahar.

Viloyat markazi boʻlgan (1932—62 yillarda Janubiy Qozogʻiston viloyati, 1962—64 yillarda Janubiy Qozogʻiston oʻlkasi, 1964—92 yillarda Chimkent viloyati, 1992—2018-yillarda Janubiy Qozogʻiston viloyati markazi). Togʻ oldi tekisliklarida, Bodom va Sayram (Sirdaryo havzasi) daryolari oraligʻida. Jambul, Aris, Langar temir yoʻl yoʻnalishlarining chorrahasida joylashgan. Aholisi 1 200 000 kishi (2020-yil 1-mart). Qozogʻiston Respublikasidagi Olmaota va Ostonadan keyingi uchinchi shahar. Viloyat va shahar rasmiylariga koʻra, Chimkentning millioninchi fuqarosi 2018-yil 17-may kuni tugʻilgan. Shuningdek, Chimkent asosiy korxonalar, savdo va marifat markazi deb ham hisoblanadi. Shahar Olmaotadan 690 kilometr (430 mi) gʻarbda, Ostonadan 1,483 kilometr (920 mi) janubda va Toshkentdan 120 kilometr (75 mi) shimolda joylashgan.

Chimkent, Shimkent

qozoqcha: Шымкент
shahar
Chimkent
Chimkent
Chimkent
Chimkent
Chimkent
Chimkent
Chimkent, Shimkent
Gerb
42°18′0″N 69°36′0″E / 42.30000°N 69.60000°E / 42.30000; 69.60000 G O 69°36′0″E / 42.30000°N 69.60000°E / 42.30000; 69.60000 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Janubiy Qozogʻiston viloyati
Hukumat
 • Akim Murat Aytenov
Ilk eslatilishi XII
Avvalgi nomlari Chimkent, Cherniyaev
Maydon 347 km2 (134 mi²)
Markazi balandligi 506 m
Rasmiy til(lar)i qozoqcha
Aholisi
 (2020-yil 1-mart)
1 200 000
Milliy tarkib qozoqlar 67.47%
oʻzbeklar 17.69%
ruslar 8.91%
ozarbayjonlar 1.74%
tatarlar 1.01%
boshqalar 3.18%
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 7252
Pochta indeks(lar)i 160000
Avtomobil kodi X, 13
Chimkent, Shimkent xaritada
Chimkent, Shimkent
Chimkent, Shimkent

Tarixi

Chimkent 11-asrda Xitoydan Oʻrta Osiyo va Gʻarbiy Osiyoga oʻtgan savdo yoʻli („Ipak yoʻli“) ustida vujudga kelgan. 16-asrdan 18- asr oxirigacha Qozoq xonligining tarkibiga kirgan. 19-asr boshidan Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan, 1864-yil Rossiya bosib olgan va Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi maʼmuriy va harbiy tayanch punktiga aylantirilgan. Shaharning sust rivojlanishiga temir yoʻldan uzoqligi ham taʼsir etgan. Faqat 1915-yil Aris — Chimkent liniyasi shaharni Orenburg — Toshkent magistrali bilan bogʻladi. 1924-yilgacha Chimkent Turkiston Respublikasi tarkibida. Oʻrta Osiyoda milliy chegaralanish oʻtkazilgandan keyin Sirdaryo guberniyasining maʼmuriy markazi, soʻng okrug markazi boʻlib Qozogʻiston Muxtor SSR tarkibiga kirdi.

Aholisi

Chimkent shahrining aholisi 2013-yilgi statistikaga koʻra 672 416 kishini tashkil qildi. Aholisi boʻyicha Respublikada uchinchi oʻrinda (Almati va Astanadan keyin). Aholining milliy tarkibi quyidagicha: qozoqlar 55,7 %, ruslar 15,7 %, oʻzbeklar 15 % , ozarbayjonlar 1,86 % , tatarlar 1,54 % , koreyslar 1,00 %, ukrainlar 0,54 % , turklar 0,51 % va boshqalar.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
189711,194—    
190817+51.9%
191319+11.8%
193974+289.5%
1959153+106.8%
1970247+61.4%
1977303+22.7%
1979321,535+6.1%
1989392,977+22.2%
1992405,5+3.2%
1993409,7+1.0%
1994411,4+0.4%
1995414,4+0.7%
YilAholi±%
1996417,9+0.8%
1997417,4−0.1%
1998419,7+0.6%
1999435,3+3.7%
2000482,9+10.9%
2001502,7+4.1%
2002506,7+0.8%
2003513,1+1.3%
2004521,2+1.6%
2005526,1+0.9%
2006535,1+1.7%
2007554,6+3.6%
2008602,3+8.6%
YilAholi±%
2009615+2.1%
2010629,1+2.3%
2011642,6+2.1%
2012662,3+3.1%
2013683,3+3.2%
2015858,147+25.6%
2016885,799+3.2%
2017932,234+5.2%
20181,002,291—    
20191,023,618—    
20201,056,309—    

Iqlimi

Chimkent iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 22,2 24,5 30,7 33,0 37,8 43,0 44,6 42,2 39,2 34,4 30,5 25,4 42,6
Oʻrtacha maksimal, °C 4,1 6,6 12,9 19,2 25,1 30,0 32,7 32,1 27,2 18,8 12,1 6,0 18,9
Oʻrtacha harorat, °C 0,7 1,6 7,6 13,6 19,1 23,7 26,3 25,3 19,9 12,3 6,4 0,9 13,0
Oʻrtacha minimal, °C −4,8 −2,7 3,0 8,3 12,9 16,7 19,1 17,9 12,8 6,6 1,7 −3,1 7,4
Mutlaq minimal, °C −31,1 −28,9 −23,9 −5 −2,8 5,5 7,8 7,0 −1,1 −12 −30 −26,1 −31,1
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 73 70 83 69 56 16 12 4 10 41 67 75 576
Manba: Погода и климат

Sanoati

Shahar sanoati mahalliy qishloq xoʻjaligi xom ashyolari va foydali qazilmalarni qayta ishlash negizida rivojlanmoqda. Yirik korxonalari Qoratov va Jungʻariya Olatovidagi konlar asosida ishlaydigan qoʻrgʻoshin zavodi, temirchilikpress uskunalari ishlab chiqaradigan, „Fosfor“ (mineral oʻgʻitlar va boshqa ishlab chiqariladi), „Chimkentshina“ ishlab chiqarish birlashmalari, „Elektroapparat“, neftni qayta ishlash, kimyofarmatsevtika, sement, gʻisht zavodlari va boshqalar ishlab turibdi. Yengil (paxta tozalash, qorakoʻl zdlari), oziq-ovqat (goʻsht kombinati, yogʻ ekstraksiya, sutkonserva, mevakonserva, pivo zavodlari) sanoati korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 3 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Sport

Shahardagi 100-ga yaqin sport zallar, 7 stadion, 5 suzish bosseyni, 3 sport kompleksi, engil atletik manej koʻpchilikning koʻnglidan chiqib, faoliyat yuritmoqda.

Galeriya

Manbalar



Tags:

Chimkent TarixiChimkent AholisiChimkent IqlimiChimkent SanoatiChimkent SportChimkent GaleriyaChimkent ManbalarChimkentOlmaotaOstonaQozogʻistonQozoq tiliSayramToshkent

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

OyDavlatlar roʻyxatiMutatsiyaBakraXurshid DavronDavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiQadimgi YunonistonTexnologiyaAxborot tizimiMineral oʻgʻitlarOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariTemir yoʻl transportiTojikistonOʻzbekistondagi muzeylarMorfemaItaliyaMinorai KalonYosin surasiHikoyaAbdulla QodiriyFutbol boʻyicha 2024-yilgi Oʻzbekiston KubogiIssiqlikdan kengayishOʻzbek adabiyotiZilzilaIjtimoiy psixologiyaStatistikaKompyuter grafikasiIssiqlik oʻtkazuvchanlikGormonlarAleksandrDavlat byudjeti daromadlariImom al-BuxoriyAleksandr PushkinDiniy ekstremizmMovarounnahrMazmun va shaklVirtual dunyoSilRegiston maydoniYusuf Xos HojibYurak-tomir sistemasi kasalliklariFavvoraOʻzbek qiziForobiyYurakSuvchechakKecha va kunduzJadidchilikIqtisodiyot nazariyasiEkzemaGimnastikaFuqarolik jamiyatiRim imperiyasiBozor iqtisodiyoti modellariIshlab chiqarish samaradorligiHamletNurlanishQoʻshma gapQitʼaFonetik oʻzgarishlarPsixikaVaqtSirdaryo (viloyat)Bipolyar tranzistorInflatsiyaImmunitetSohibqiron (sheʼriy drama)Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasiChorvachilikZardushtiylikMusiqa cholgʻu asboblariGektarDaryoSamarqandBoburBuyuk Ipak yoʻliAbdulla Oripov🡆 More