Oʻzbekcha Vikipediya: Vikipediyaning oʻzbek tilidagi boʻlimi

Oʻzbekcha Vikipediya — Vikipediya ochiq ensiklopediyasining oʻzbek tilidagi boʻlimi.

Oʻzbekcha Vikipediya 2003-yil dekabrda oʻz faoliyatini boshlagan. Ayni damda oʻzbekcha Vikipediyaning 259 575 ta maqolasi mavjud.

Favicon of Wiki Oʻzbekcha Vikipediya Oʻzbekcha Vikipediya
Oʻzbekcha Vikipediya logosi
Web-manzil uz.wikipedia.org
Interwiki uz:
Asosiy boʻlim oʻzbekcha
Asos solingan sana 21-dekabr, 2003
Maqolalar soni 259 575
Egasi Wiki Foundation
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Dunyo boʻylab 37 millionga yaqin odam oʻzbek tilida soʻzlashishi hamda Oʻzbekistonda 17 milliondan ortiq Internet foydalanuvchi borligiga qaramasdan, oʻzbekcha Vikipediyada faol tahrirchilar soni oz va mavjud maqolalarning aksarida yetarlicha manba koʻrsatilmagan. Ammo 2012-yilning boshidan faol foydalanuvchilar soni ham, yaxshi yozilgan maqolalar soni ham sezilarli darajada oʻsa boshladi. 2013-yil boshida Vikipediyaning oʻzbek tilidagi versiyasi boshqa tillardagi Vikipediyalar ichida yillik koʻrishlar soni oʻsishi boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi. 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan „WikiStipendiya“ loyihasi taʼsirida oʻzbekcha Vikipediyaga umumiy tashriflar hamda loyihadagi maqolalar va tahrirlar soni keskin oshdi.

Oʻzbek tilidagi Vikipediyada maqolalar lotin yozuvida yoziladi. 2012-yil avgust oyida foydalanuvchilar qomus sahifalarini ham kirill, ham lotin yozuvida oʻqiy olishlari uchun oʻzbekcha Vikipediyaga maxsus yozuv konverteri ishga tushgan.

Oʻzbekcha Vikipediya: Tarixi, Qoidalari, Qamrovi
Oʻzbekcha Vikipediya bosh sahifasi (2021-yil sentabr).

Tarixi

Oʻzbekcha Vikipediya oʻz faoliyatini 2003-yilda boshlagan. Ilk tahrir 2003-yil 21-dekabrda qomusning bosh sahifasida qilingan. 2004-yil davomida oʻzbekcha Vikipediyada katta oʻzgarishlar roʻy bermadi. 2005-yilga kelib esa qomus ancha faollashdi.

2011-yil sentabr oyi oxiri, oktabr oyi boshlarida Oʻzbekiston hududida oʻzbekcha Vikipediya toʻsildi. Oʻzbekistonda toʻsilgan boʻlishiga qaramasdan, ensiklopediya 2012-yil jadallik bilan rivojlana boshladi. Oʻsha yili may oyidan loyihada bot orqali koʻp sonli maqolalar yaratish boshlandi. 2013-yil esa Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasidagi barcha maqola oʻzbekcha Vikipediyaga bot yordamida qoʻshildi.

2008-yil wiki.zn.uz adresida oʻzbekcha Vikipediya koʻzgusi ochildi. Koʻzgu Oʻzbekistondagi foydalanuvchilar uchun xalqaro trafikni ozaytirish uchun yaratilgandi. Ammo 2012-yildan beri mazkur koʻzgu ishlamaydi.

Vikimajlislar

2007-yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetida oʻzbekcha Vikipediya tahrirchilarining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda Vikipediyada avval tahrir qilmagan talabalar ham qatnashdi.

VikiYoz

2008-yil Oʻzbekiston Respublikasi hukumatiga qarashli Uzinfocom axborot texnologiyalari markazi homiyligida VikiYoz tanlovi uyushtirildi. Tanlovning asosiy maqsadi oʻzbekcha Vikipediyani kengaytirish va rivojlantirish edi. Ammo tanlov muvaffaqiyatli kechmadi va natijasiz yakunlandi.

OzodWiki

Oʻzbekcha Vikipediya: Tarixi, Qoidalari, Qamrovi 
OzodWiki rukni banneri

2014-yilning fevralida Ozodlik radiosi oʻzbekcha Vikipediyaning rivojlanishiga hissa qoʻshish maqsadida OzodWiki ruknini taʼsis qildi Bu rukn ostida turli materiallar, jumladan faol Vikipediya tahrirchilaridan olingan intervyular, mavjud maqolalarga taqrizlar hamda Vikipediyada tahrir qilish boʻyicha darslar berib borildi. Bundan tashqari, oʻzbekcha Vikipediyani ommalashtirish uchun Ozodlik radiosi xabarlarida ishlatilgan ayrim soʻzlar ensiklopediyadagi mos maqolalarga ulandi. OzodWiki loyihasi har ikki taraf uchun ham foydali boʻldi: „Ozodlik radiosi oʻquvchilari kengroq maʼlumotga yoʻnaltirildi va Vikipediya yangi oʻquvchilar va mavzular hisobiga ommalashdi. Bundan tashqari, Ozodlik radiosi Vikipediyaga turli mavzularni yoritishni taklif qildi, Vikipediyada esa oʻz navbatida Ozodlikka havolalar qoʻshildi.“.

Qisqa vaqt ichida OzodWiki rukni ostida berilgan materiallarning oʻzbekcha Vikipediyaga ijobiy taʼsir qilayotgani kuzatildi. OzodWiki eshittirishi boshlanganidan keyin roʻy bergan oʻzgarishlarning barchasi faqat OzodWiki eshittirishi taʼsirida boʻlgani ehtimoldan xoli boʻlsa-da, oʻzgarishlarning aksari aynan shu loyiha doirasidagi eshittirishlar berilayotgan paytda yuz berdi. 2014-yil yanvar oyida oʻzbekcha Vikipediyaning bosh sahifasiga 20 368 marta tashrif qilingan boʻlsa, shu yilning mart oyiga kelib bu koʻrsatkich 56 274 ga yetdi. 2013-yil martida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 20 403 ni tashkil qilgan edi. 2014-yil aprel oyida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni esa 136 592 ni tashkil qildi. 2013-yil aprelida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 12 134 ni tashkil qilgan edi.

Yanvar oyiga qaraganda fevral oyida oʻzbekcha Vikipediyada faollik sezilarli darajada oshdi. Yanvarda taxminan 1 400 marta tahrir tugmasi bosilgan boʻlsa, fevralda qomus 2 200 atrofida tahrir qilindi. Boshqacha qilib aytganda, fevralda avvalgi oyga qaraganda tahrirlar soni 59 foizga oshdi. Yanvar oyida dekabrga qaraganda tahrirlar soni 32 foizga ozaygani eʼtiborga olinsa, bu sezilarli oʻsishdir.

2014-yil yanvarda kuniga oʻrtacha bir dona maqola yaratilgan boʻlsa, fevralda bu koʻrsatkich uch baravarga oshdi. Yaʼni, OzodWiki eshittirishi berila boshlangan oyda oʻzbekcha Vikipediyada kuniga oʻrta hisobda uchta maqola yaratildi. 2013-yilning oktabr, noyabr, dekabr oylarida kuniga oʻrtacha ikkita maqola yaratilgan edi.

Shunday boʻlsa-da, 2014-yilning fevral oyida yangi foydalanuvchilar sonida sezilarli oʻzgarishlar kuzatilmadi. Mazkur oyda ham yanvar oyidagidek kamida oʻn dona tahrir qilgan yangi foydalanuvchilar soni avvalgi oyga solishtirganda uch kishiga oʻsdi: oʻzbekcha Vikipediyada dekabrda 184, yanvarda 187, fevralda esa 190 ta yangi foydalanuvchi paydo boʻldi. Shunday boʻlsa-da, mart va aprelda yangi foydalanuchilar soni bir oz oʻsdi. Kamida oʻn dona tahrir qilgan yangi foydalanuvchilar soni martda toʻrt, aprelda olti kishiga oʻsdi.

Loyiha davomida 33 dona maqola chop etildi. Oxirgi maqola 2016-yilning yanvar oyida eʼlon qilindi.

Qoidalari

Yozuv

Oʻzbekcha Vikipediya: Tarixi, Qoidalari, Qamrovi 
Oʻzbekcha Vikipediyada lotin yozuvidan kirill yozuviga oʻgiruvchi konverter

oʻzbekcha Vikipediyada maqolalar lotin yozuvida yoziladi. Tarixda oʻzbek tili turli alifbolardan foydalanib yozilgan. 1928-yilgacha savodli kishilar oʻzbek tilida yozayotganda arab yozuviga asoslangan alifboni ishlatishgan. 1928-yildan 1940-yilgacha hozirgi lotin yozuvidan farq qiladigan lotin yozuvidan qoʻllanilgan. 1940-yildan boshlab oʻzbek tilida yozish uchun kirill yozuvidan qoʻllanila boshlangan. Kirill yozuvi 1993-yilgacha oʻzbek tilining asosiy yozuvi boʻlib qoldi.

Oʻzbekcha Vikipediya: Tarixi, Qoidalari, Qamrovi 
Oʻzbekcha Vikipediya tahrir oynalarida chiqadigan vikifikator tugmasi

Oʻzbekiston SSRIdan ajrab chiqib mustaqillikka erishganidan keyin mamlakatda oʻzbek tiliga yangi lotin yozuvi kiritildi. Hozirgi kunda maktab va oliygoh qoʻllanmalari, baʼzi gazeta va jurnallar hamda ayrim rasmiy qogʻozlar lotin alifbosida yoziladi. 2004-yildan boshlab baʼzi rasmiy saytlarda ham lotin yozuvidan qoʻllanila boshlandi. Shunday boʻlsa-da, kirill yozuvi hali ham keng qoʻllaniladi, ayniqsa yoshi katta va boshqa mamlakatlarda yashaydigan oʻzbeklar orasida.

Hozir oʻzbekcha Vikipediyada kirill yozuvida yozilgan matnni osonlikcha lotin yozuviga oʻgiruvchi funksiya bor. Vikifikator deb ataluvchi bu dastur tahrir oynasiga kiritilgan vikimatnni viki-belgi va oʻzbek tili tipografiyasining baʼzi bir qoidalariga asoslanib avtomatik tahrir ham qiladi. 2012-yil avgust oyida foydalanuvchilar qomus sahifalarini ham kirill, ham lotin yozuvda koʻra olishlari uchun oʻzbekcha Vikipediyaga maxsus yozuv konverteri qoʻshildi.

Boshqa qoidalar

Inglizcha Vikipediyada sahifalarni qayta nomlash, yarim himoya qilingan sahifalarni tahrirlash va fayl yuklash uchun avtotasdiqlangan (inglizcha: autconfirmed) statusi kerak. Oʻzbekcha Vikipediyada bu harakatlar cheklanmagan. Hozirda oʻzbekcha Vikipediyada oʻn yettita administrator bor. Bularning bittasi nafaol.

Qamrovi

Oʻzbekcha Vikipediyada Oʻzbekiston siyosati haqida maqola juda oz. 2012-yil oʻzbekcha Vikipediya Oʻzbekistonda toʻsilgan boʻlishiga qaramasdan jadallik bilan rivojlanib, ensiklopediyada muhim mavzular boʻyicha yaxshi yozilgan maqolalar soni oʻsa boshladi. 2013-yil Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasidagi maqolalar bot yordamida oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshilganidan keyin onlayn qomusning qamrovi ancha kengaydi. Hozirda qomusda eng koʻp aholi punktlari, astronomik jismlar, shaxsiyatlar, musiqa va futbol haqida maqola mavjud.

Oʻzbekcha Vikipediyada koʻpgina boshqa Vikipediyalarda boʻlganidek, sifatiga qarab tanlangan va yaxshi maqolalar foydalanuvchilar kelishuvi bilan ajratiladi. Hozirda oʻzbekcha Vikipediyada 27 ta tanlangan va 64 ta yaxshi maqola bor. Tanlangan maqola statusiga ega maqolalar Yulduz, Falsafa, Koreya Respublikasi, Tehron, Halab, Qorabuloq, Encyclopædia Britannica, Alisher Navoiy, Cristiano Ronaldo, Britaniya imperiyasi, Texas, Palov va Ispaniya imperiyasi maqolalaridir.

Statistikasi

2012-yil 5-iyunda oʻzbekcha Vikipediya maqolalari soni 10 000 ga yetdi. 10 000-maqola kompas haqida boʻldi. Bir oydan keyin 5-iyulda maqolalar soni 20 000 ga koʻtarildi. 20 000-maqola meteorologiya haqida boʻldi. 2012-yil 8-noyabrda oʻzbekcha Vikipediya maqolalari soni 50 000 ga yetdi. 50 000-maqola kvadrat tenglama haqida boʻldi. 2013-yil 20-martda boʻlsa maqolalar soni 100 000 ga yetdi. 100 000-maqola ishchi kuchi maqolasi boʻldi. Oʻzbekcha Vikipediya maqolalari sonidagi bu oʻsishlarga asosan botlar yordamida erishildi.

Oʻzbekcha Vikipediya: Tarixi, Qoidalari, Qamrovi 
Oʻzbekistonda oʻzbekcha va ruscha Vikipediya sahifalarini koʻrishlar sonining oʻsish sur’ati.

Oʻzbek tilidagi Vikipediyada hozir 259 575 ta maqola bor. Foydalanuvchilar soni — 130 632, ulardan 834 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan. Jami sahifalar soni (munozara, turkum va hokazolarni qoʻshib hisoblaganda) — 983 168. Jami tahrirlar soni — 4 264 107. Teranligi — 33.7. Maqola soni boʻyicha oʻrni — 42. Har bir Vikipediya boʻlimida boʻlishi kerak boʻlgan maqolalar soni boʻyicha oʻzbekcha boʻlim 72-oʻrinni egallaydi.

Oʻzbekcha Vikipediyaga tashriflar (Sentabr, 2022) Manba
Oʻzbekiston
  
85.92%
AQSh
  
4.29%
Rossiya
  
1.6%
Germaniya
  
0.97%
Niderlandiya
  
0.71%
Kanada
  
0.63%
Qirgʻiziston
  
0.6%
Boshqa
  
5.3%


Oʻzbekcha Vikipediya: Tarixi, Qoidalari, Qamrovi
Sana Maqola soni Maqola
15.01.2006 100
24.05.2006 500
28.05.2006 1 000
05.06.2012 10 000 Kompas
05.07.2012 20 000 Meteorologiya
31.07.2012 30 000 Giroskop
27.08.2012 40 000 Shamol
08.11.2012 50 000 Kvadrat tenglama
29.11.2012 60 000 Blue Mountain, Mississippi
04.01.2013 70 000 Tinchlik
13.02.2013 80 000 Armatura
10.03.2013 90 000 Aleksandr burji
20.03.2013 100 000 Ishchi kuchi
20.04.2013 110 000
09.05.2013 120 000
17.05.2022 140 000
04.07.2022 150 000 Giorgetto Giugiaro
04.08.2022 160 000
25.09.2022 170 000
22.10.2022 180 000
26.11.2022 190 000
26.11.2022 200 000 Küdürlü
25.07.2023 240 000
05.03.2024 250 000 Xkachoyang
Bugun 259 575

Toʻsilishi

Oʻzbekistonda Vikipediya toʻlaligicha ikki marta qisqa muddatga toʻsilgan. Dastlabki blok 2007—2008-yillarda sodir boʻlgan. 2011-yil sentabr oyi oxiri, oktyabr oyi boshlarida Oʻzbekiston hududida Vikipediyaning faqat oʻzbekcha boʻlimiga toʻsiq qoʻyilgan. Shunday boʻlsa-da, Ozodlik radiosi toʻsiq haqida 2012-yil 16-fevralda maqola yozganidan keyingina xalqaro ommaviy axborot vositalari bu mavzuni yoritdi. Boshida Oʻzbekistonda oʻzbekcha Vikipediya sahifalarini ochishga uringan foydalanuvchilar Microsoftning msn.com saytiga yoʻnaltirildi. Keyinchalik ensiklopediya sahifalari shunchaki ochilmay qoʻydi. Boshqa tillardagi Vikipediyalar ochildi, faqat oʻzbekcha Vikipediya sahifalari toʻsildi, xolos.

Oʻzbekcha Vikipediyaning toʻsilishi sababi maʼlum emas. Ayrimlar Oʻzbekiston hukumati ensiklopediyada oʻz faoliyatini tanqid qiladigan maqolalar yozilishidan xavotirda boʻlgani uchun toʻsib qoʻygan, deb taxmin qilishdi. Amerikalik antropolog Sarah Kendzior oʻzbekcha Vikipediyani hukumat shunchaki „oʻzini koʻrsatishi“ uchun toʻsgan, sababi Oʻzbekiston hukumati barcha oʻzbek tilidagi kontentni oʻz yurisdiksiyasiga kiradi, deb oʻylaydi, degan fikrni bildirdi.

Toʻsiq uncha kuchli emas edi: oʻzbekcha Vikipediya sahifalarini HTTPS ulanish bilan ochish mumkin edi. Shu sabab 2013-yil Google oʻzbekcha Vikipediya sahifalarini HTTPS bilan indeksatsiya qila boshladi va foydalanuvchilar avtomatik tarzda HTTPSga yoʻnaltirila boshlandi. Umuman olganda, 2013—2019-yillarda Oʻzbekistonda oʻzbekcha Vikipediya sahifalarini muammosiz ochildi. 2019-yilning mayida Oʻzbekiston hukumati bir necha matbuot va inson huquqlari tashkilotlari, jumladan, Amerika ovozi, BBC, Amnesty International hamda Human Rights Watch saytlariga qoʻyilgan toʻsiqni olib tashladi. Oʻshandan beri Oʻzbekistonda foydalanuvchilar oʻzbekcha Vikipediya sahifalarini hech bir muammosiz ocha oladilar.

Manbalar

Tags:

Oʻzbekcha Vikipediya TarixiOʻzbekcha Vikipediya QoidalariOʻzbekcha Vikipediya QamroviOʻzbekcha Vikipediya StatistikasiOʻzbekcha Vikipediya ToʻsilishiOʻzbekcha Vikipediya ManbalarOʻzbekcha Vikipediya HavolalarOʻzbekcha VikipediyaOʻzbek tiliVikipediya

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

UrgʻuAzot oksidlariOʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiUglevodlarOPECDoʻstlikUyushiq boʻlaklarMarkaziy nerv sistemasiOʻzbekiston tarixi davlat muzeyiEkologiyaIslom mazhabchiligi69 (jinsiy poza)Microsoft ExcelBosh miya nervlariDaʼvatKasrSiyosiy partiyalarBirinchi jahon urushi143Kino sanʼatiOvqatdan zaharlanishMustaqil davlatlar hamdoʻstligiBuxoro viloyatiImmunitetParallelepipedAntonimlarMorfemaBolalar adabiyotiAtomOʻtkir HoshimovSenatAminlarQon ketishiAngliyaMantiqiy amallarTovush (tilshunoslik)Mehrobdan chayonShishaErkin VohidovKoʻchirma gapBiznes rejaQirgʻizistonAbdulla AvloniyOʻlatMaʼnaviyatSportDeputatSayyoraImloKirish soʻzlarDispers sistemalarAseptikaAxborot texnologiyalariRivojlanishOʻzbekiston iqlimiMushukGʻulomjon YoqubovJarohatDunyoning ishlariOksidlanish-qaytarilish reaksiyalariQoraxoniylar davlatiAfgʻonistonDunyoning yetti moʻjizasiKommunikatsiyaOʻzbekiston tarixiMuhammad Sodiq Muhammad YusufShanxay Hamkorlik TashkilotiGlobal isishLondonOilaAxborot xavfsizligiServisShaxmatRimFacebookHasharotlarTafakkur🡆 More