Oʻlik Dengiz

Oʻlik dengiz (arab.

Bahr-Lut) -Gʻarbiy Osiyodagi oqmas shoʻr koʻl, Iordaniya va Isroil hududlarida. AlHor tektonik botigʻida, dengiz sathidan -408 m pastda (sohili Yer quruqlik qismining eng past joyi) joylashgan. Maydoni 1050 km², uz. 76 km, eng chuqur joyi 356 m (baʼzi maʼlumotlarga koʻra 335 m). Qirgʻoklari tik va qoyali. Oʻlik dengizga Iordan daryosi quyiladi. Dunyodagi eng shoʻr koʻllardan (tuz zaxirasi 43 mlrd. t chamasida), shoʻrligi 260—270°/00, ayrim yillarda 310°/00ga yetadi. Koʻldan kaliy va boshqalar tuzlar olinadi. Koʻl suvi yuqori darajada minerallashganligidan hayvon va oʻsimliklar (ayrim bakteriyalardan tashqari) yoʻq. Sohillari choʻl, ondasonda vohalar uchraydi. Gʻarbiy sohilidagi gʻorlardan 1947-yilda qadimiy ivrit, arab, yunon, lotin va boshqalar tillardagi qoʻlyozmalar (katta qismi miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asrga taalluqli) topilgan. Oʻlik dengizning gʻarbiy sohilida, unga Iordan daryosi quyilish qismida Bibliya afsonalarida yozilgan Sodom va Gomorra shahrilari mavjud boʻlgan deb taxmin qilinadi.




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Siyosiy huquq va erkinliklarChatqol biosfera qoʻriqxonasiGektarAQSHda taʼlimErkin VohidovJahon bankiOʻzbekiston viloyatlariMineral ozuqalarGulxaniyMahalliy davlat hokimiyati organlariGoogleSuvni tozalashQon bosimini tushiruvchi moddalarTerrorizmAfgʻonistonOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiIshlab chiqarish samaradorligiMoliyaDialektikaFotonIrsiy kasalliklarOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiHasharotlarOʻsmalarSoʻz birikmasiUndosh tovushlarInternet tarixiOʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiBronxitDasturiy taʼminotQon guruhlariTinish belgilariIslom mazhabchiligiInfeksion kasalliklarBakteriyalarSimfoniyaKimyoviy elementlar davriy sistemasiFalsafiy antropologiyaOscarDasturlashMineralOila tarbiyasiBotir ZokirovTemuriylar tarixi davlat muzeyiIzotermik jarayonIchan qalʼaKuchIchki yonuv dvigateliAnafilaktik shokDavlatlar pul birliklari roʻyxatiBoburnomaPunktuatsiyaMaqolKasallikImom al-BuxoriyToshkent tarixiZardushtiylikDidaktikaXalqaro terrorizmInsoniylikBuxoro viloyatiParonimlarIslomMustaqillikAhmad YassaviyMusiqa cholgʻu asboblariHomiladorlikChorrahaKoordinatsion birikmalarJarohatBirinchi yordamElektromagnit toʻlqinlarMateriyaMalayziyaUrgʻuLorents kuchiAbdulla OripovManbalarXotira🡆 More