Kommunizm

Kommunizm (lotincha: communis — „umumiy“) — xususiy mulkchilikni inkor qilishga asoslangan turli karashlarning umumiy nomi (ibtidoiy kommunizm, xayoliy kommunizm, „kazarma“ kommunizmi va boshqalar).

Unga koʻra, yagona umumiy (ijtimoiy) mulk jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining asosini tashqil qiladi. Bu gʻoya „ideal jamiyat“ nomi bilan Platon, keyinroq Thomas More, Tommaso Campanella, Charles Fourier va boshqalarning asarlarida ilgari surildi, Kommunizm yoki kommunistik jamiyat nomi bilan 19—20-asrlarda Karl Marx, Friedrich Engels va Vladimir Lenin asarlarida nazariy ifodasini topdi. Markscha tarixiy jarayon haqidagi qarashga binoan, Kommunizm — kapitalizm oʻrnini egallaydigan va oʻz taraqqiyotida 2 bosqich (faza) — sotsializm deb ataladigan quyi bosqich hamda toʻla Kommunizm deb ataladigan yuqori bosqichni bosib oʻtadigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadir. Kommunizm nazariyotchilari bu ikki bosqichning oʻziga xos jihatlari hamda umumiy tomonlari mavjudligini koʻrsatishga urinishgan. Umumiy tomoni iqtisodiy jihatdan yagona ijtimoiy mulkka asoslanganligi, oʻziga xos tomoni esa — mehnat taqsimoti tamoyili bilan belgilanadi, deb uqtirishgan. Chunonchi, ular Kommunizmda „har kimdan qobiliyatiga yarasha, har kimga ehtiyojiga yarasha“ tamoyili amal qiladi, „Kommunizmda muhim ijtimoiy tafovutlar boʻlmaydi, hamma teng boʻladi“, „davlat oʻz vazifasini bajarib boʻladi va barham topadi“, deb hisoblashgan.

Kommunizm
Kommunizm ramzi: Qizil yulduzcha ichidagi bolgʻa va oʻroq.

Kommunizm gʻoyasining asosida tarixni faqat materialistik tushunish, formatsiyaviy qarash, sinfiylik va partiyaviylik tamoyillariga asoslanish, proletariat manfaatlarinigina himoya qilish kabilar yotadi. Jamiyat taraqqiyoti qonunlariga, inson erkinligi, mustaqillik va demokratiya tamoyillariga zid boʻlgan bu gʻoyalar sobiq SSSR hududida, „sotsialistik lager“ deb atalgan jahon sotsialistik sistemasi davlatlarida tatbiq qilindi. 20-asrning 20-yillaridan zoʻrlik yoʻli bilan proletariat (amalda partiya)ning maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan diktaturasi oʻrnatildi. Rivojlanish va taraqqiyotning xilma-xilligi, turli xalqlar va mamlakatlarga xos milliymaʼnaviy xususiyatlarning mavjudligi inkor etildi. Dunyo mamlakatlari va xalqlarining yagona kommunistik jamiyatga borishini asoslashga harakat qilindi. Birok, Kommunizmning „erkinlik“, „tenglik“ toʻgʻrisidagi shiorlari soxta va asossiz ekanligi maʼlum boʻldi.

Manbalar



Tags:

Charles FourierFriedrich EngelsKarl MarxLotin tiliPlatonThomas MoreTommaso CampanellaVladimir Lenin

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

EmotsiyaBotir QodirovYosin surasiQonun (huquq)TeriBuyrakKuzatishXufton namoziQon bosimiInformatikaAnatomiyaLotin tiliAntonimlarIspaniyaFarhod va ShirinTillar tasnifiPsixologiyaMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliMototsiklReklamaViruslarErkak jinsiy aʼzosiIslom mazhabchiligiOqsaroy (Shahrisabz)MonetarizmOʻzMEAsrga tatigulik kunElektromagnit induksiyaTemuriylar tarixi davlat muzeyiAbdulla QahhorOkeanChala tugʻilgan bolaMaʼlumotlar bazasiIbroyim YusupovDunyoning yetti moʻjizasiGʻarb falsafasiMuhammad XorazmshohFosforKasallikDorivor oʻsimliklarEkologik omillarLinzaSaljuqiylar imperiyasiKonfessiyaKecha va kunduzKariyesDasturiy taʼminotSodda gapSiyosiy huquq va erkinliklarJadidchilikNATOTemuriylar shajarasiQoraqalpogʻistonAlpomishQon aylanishiOrtopediyaKuntugʻmishMazhabKitobForobiyInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunKuchOsiyoOʻzbekiston tarixiHanafiylikMatnKino sanʼatiAFC Futzal Osiyo Kubogi 2024Venera (sayyora)Jismoniy tarbiyaTovarXronologiyaDunyoning ishlariModal soʻzlarYugurishAksiyaGalaktikaSuvchechakXrom (kimyoviy element)🡆 More