José Echegaray

José Echegaray (19-aprel 1832 — Madrid — 14-sentyabr 1916) — ispan dramaturgi.

Matematika va fizika professor (1854—68). Ispaniya qirollik akademiyasi aʼzosi (1884). Dastlab siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan. 1868-yil ijtimoiy ishlar vaziri, bir yildan soʻng savdo vaziri boʻlgan. Ispaniya parlamentiga sailangan. Adabiy faoliyat bilan shugʻullana boshlagach yaratgan ilk pyesalari: "Qilich dastasida" (1875), "Oʻlim quchogʻida" (1879) — romantizmning ispan dramaturgiyasidagi oʻziga xos qayta tiklanishidir. E. hozirgi hayotni tasvirlovchi realistik pyesalari ("Telbalik va avliyolik", 1877; "Buyuk Galeoto", 1881)da oʻsha davr aristokratiyasi axloqini fosh qiladi, naturalistik dramaning asosiy qoidalarini asoslab beradi. Uning "Don Juanning oʻgʻli" (1892), "Aqldan ozgan xudo" (1900) kabi psixologik dramalarida norveg dramaturgi G. Ibsenning taʼsiri sezilib turadi. Jami 60 ta pyesa yozgan, ularning yarmi nazmda bitilgan. Nobel mukofoti laureati (1904).

José Echegaray
Tavalludi 19-aprel 1832
Vafoti 14-sentyabr 1916
Ijod qilgan tillari Ispan tili
Fuqaroligi Ispaniya

Manbalar




Tags:

Madrid

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

InformatikaDavlatXorazmInternet tarixiReferendumFalsafaOvqatlanishJordan NworaMisrKallaAbdulla QahhorOt (hayvon)EhtiyojPopulyatsiyaOngOlmoshAppenditsitXamsachilikMatematikaDemokratiyaOʻrxun-Enasoy obidalariNavroʻzYurak-tomir sistemasi kasalliklariOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariAuditZamburugʻlarArastuOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006-2008)Grafika (tilshunoslik)Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiFaoliyatCristiano RonaldoOybekYengil atletikaIxlos surasiAntropologiyaFargʻona viloyatiDifteriyaSiyosiy partiyalarXrom (kimyoviy element)OʻsmalarSoʻz birikmasiAminokislotalarNuklein kislotalarNonTemuriylar shajarasiJizzax viloyatiMicrosoft WordZaharlanishStressYaponiyada taʼlimIchki sekretsiyaXromosomalarDarajaSifatHijriy yil hisobiTojiklarOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiDezoksiribonuklein kislotaAl-XorazmiyPayvandlashXattotlikMarketingDiversifikatsiyaFinikiy yozuviRadiatsiyaNafas organlariIsroilRahmat FayziyOʻzbek adabiyotiGidrostatikaEtikaJanubiy AmerikaYurak-qon tomir kasalliklariVoleybolShizofreniyaJismoniy mashqlarOksidlanish-qaytarilish reaksiyalari🡆 More