Joau Lourenço

João Manuel Gonsalves Lourenço (1954-yil 5-martda tugʻilgan) – Angolalik siyosatchi, 2017-yil 26-sentyabrdan buyon Angolaning prezidenti.

Avvalroq u 2014—2017-yillarda mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2018-yil sentabrida u hukmron partiya boʻlmish Angola ozodligi uchun xalq harakati (MPLA) raisi boʻlgan. 1998—2003-yillarda partiyaning bosh kotibi sifatida ishlagan.

Joau Lourenço
João Lourenço
Joau Lourenço
Lourenço 2023-yilda
3-Angola Prezidenti
Mansab davri
26-sentabr 2017-yil
Vitse-prezident Bornito de Sousa
Esperança da Costa
Milliy mudofaa vaziri
Mansab davri
22-aprel 2014-yil – 24-iyul 2017-yil
Prezident José Eduardo dos Santos
Oʻtmishdoshi Cândido Pereira dos Santos Van-Dúnem
Vorisi Salviano de Jesus Sequeira
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-mart 1954-yil
Luanda, Angola
Siyosiy partiyasi MPLA
Turmush oʻrtogʻi Ana Afonso Dias
Bolalari 6
Taʼlim Luanda sanoat instituti
Lenin nomidagi oliy akademiyasi
Taxallus(lar)i Ti Mimoso, JLo

2010-yilgi Konstitutsiyaga koʻra, „umumiy saylovlarda eng koʻp ovoz olgan siyosiy partiya yoki siyosiy partiyalar koalitsiyasining milliy roʻyxatini boshqargan shaxs Respublika prezidenti va Ijroiya rahbari etib saylanadi“ (109-modda). MPLA 150 oʻrinning koʻpini qoʻlga kiritgach, Lourenço avtomatik ravishda 38 yil davomida hokimiyatda boʻlgan José Eduardo dos Santosning oʻrniga Angola prezidenti boʻldi. Lourenço 2017-yil 26-sentyabrda rasman qasamyod qildi.

Yoshligi

Lourenço 1954-yilda oʻn farzandli siyosatchi oilasida tugʻilgan. Uning otasi Sequeira João Lourenço (1923–1999) millatchi boʻlib, noqonuniy siyosiy faoliyati uchun Portugaliya Angolasida uch yil qamoq jazosini oʻtagan. Uning onasi Josefa Gonçalves Cipriano Lourenço (1928–1997) namibelik tikuvchi boʻlgan. U Bie provinsiyasi hamda Luandada boshlangʻich va oʻrta taʼlimni portugal tilida olgan.

Taʼlimi va harbiy faoliyati

Lourenço Luanda sanoat institutida tahsil oldi va keyinchalik 1974-yil avgust oyida Ponta Negrada ozodlik kurashida qatnashdi.

U harbiy faoliyatini Angola mustaqillik urushida portugallarga qarshi kurashdan boshlagan va Angola fuqarolar urushida MPLA aʼzosi sifatida jang qilgan. Lourenço artilleriya boʻyicha mashgʻulotlarni olib borgan va keyin MPLAda siyosiy ofitser boʻlgan. 1978-yilda Lourenço Sovet Ittifoqiga borib, Lenin nomidagi Harbiy-siyosiy akademiyada tahsil oldi, u yerda harbiy tayyorgarligini oshirdi va tarix fanlari boʻyicha magistrlik darajasini tamomladi. Keyinchalik u 1982-yilda Angolaga qaytib keldi. 1984-yilda Moxiko provinsiyasi gubernatori etib tayinlandi.

Siyosiy faoliyati

Joau Lourenço 
Lourenço 2018-yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan
Joau Lourenço 
Lourenço 2018-yilda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan

Lourenço 2003-yildan 2014-yilgacha Milliy Assambleyaning birinchi vitse-prezidenti boʻlgan. 2014-yil aprel oyida Mudofaa vaziri lavozimini egallagan va 2016-yil avgust oyida MPLA vitse-prezidenti etib tayinlangan. 2018-yil sentyabr oyida u Jose Eduardo dos Santos oʻrniga MPLA raisi boʻldi.

2016-yil dekabr oyida MPLA Lourençoni 2017-yilgi qonunchilik saylovlarida partiyaning eng yaxshi nomzodi sifatida belgiladi. U 2017-yilning 23-avgustida Angola Prezidenti etib saylandi va 26-sentabrda oʻz lavozimiga kirishdi. Lourenço mamlakat tarixidagi uchinchi prezident boʻlgan. 2018-yil 8-sentyabrda u 1975-yildan beri Angolaning hukmron partiyasi boʻlgan MPLA prezidenti etib saylandi va 5-partiya yetakchisiga aylandi.

Shaxsiy hayoti

Lourenço MPLA parlamenti aʼzosi va sobiq rejalashtirish vaziri (Minister of Planning) Ana Afonso Dias Lourenço bilan oila qurgan. U Vashingtondagi Jahon bankida 2016-yil oktyabrigacha ishlagan. Ularning olti farzandi bor va ularning barchasi hozirda MPLAda faol. Mahalliy Umbundu va portugal tilidan tashqari, u rus, ispan va ingliz tillarini biladi. U xalq orasida „Ti Mimoso“ va „JLo“ laqablari bilan ham tanilgan.

Manbalar

Siyosiy idoralar
Oldingisi
Celestino Figueiredo Tchinhama Faísca
Moxiko viloyati komissari
1983–1986
Keyingisi
Jaime Baptista Ndonge
Oldingisi
Kundi Paihama
Benguela viloyati komissari
1986–1989
Keyingisi
Paulo Teixeira Jorge
Oldingisi
Cândido P. dos Santos Van-Dúnem
Mudofaa vaziri
2014–2017
Keyingisi
Salviano de Jesus Sequeira Kianda
Oldingisi Angola prezidenti
2017–present
Amaldagi

Tags:

Joau Lourenço YoshligiJoau Lourenço Taʼlimi va harbiy faoliyatiJoau Lourenço Siyosiy faoliyatiJoau Lourenço Shaxsiy hayotiJoau Lourenço ManbalarJoau LourençoAngolaSiyosatchi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Sovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiEkzemaQoraqalpogʻistonAbbosbek FayzullayevDavlatlar pul birliklari roʻyxatiEukariotlarIsitmaMahallaMuharrirDinSifatIrodaTarixiy obidalarXattotlikFizioterapiyaMehnat muhofazasiUbisoftIsh haqiMustaqil davlatlar hamdoʻstligiMagnit maydonTeatrToshkentLionel MessiFuqarolik jamiyatiYalpi milliy mahsulotDavlatlar roʻyxatiYogʻFermentlarYevropaGoogle PlayShveysariyaZaharlanishRentabellikDaromadOvqat hazm qilishOʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar (2022)InternetMasha va ayiqXalq ijodiDorivor oʻsimliklarSterilizatsiya (mikrobiologiya)BaxtTemir yoʻlEksperimental psixologiyaBoburSulfat kislotaKoinotBronxitSiyosiy partiyalarHayrat ul-abrorGormonlarYalligʻlanishIjro etuvchi hokimiyatOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiYurakKalsiyOʻzbekiston tarixiMasʼuliyati cheklangan jamiyatSardor UmrzoqovToj MahalTishBachadonGipertoniya kasalligiOʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiMalayziyaXalqaro tashkilotArracourtAK-74Finikiy yozuviDavlatKurashOltinSuyuqlikDavlat poytaxtlari roʻyxatiGap boʻlaklariOʻzgaruvchanlikFrank SinatraMeʼdaItaliya🡆 More