Ispan Grippi

Ispan grippi (Ispanka) 1918-yilgi gripp pandemiyasi.

Ispan grippi H1N1ning A virusi keltirib chiqargan va katta talofatlarga olib kelgan, global gripp pandemiyasi. Qayd etilgan eng birinchi holat 1918-yil mart oyida Qo'shma Shtatlarning Kanzas shtatida sodir bo'lgan. AQSHdan keyingi yangi holatlar aprel oyida Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniyada qayd etilgan. Ikki yil o'tgach, dunyo aholisining deyarli uchdan bir qismi yoki taxminan 500 million kishi ushbu kasallikni oʻziga yuqtirib olishgan. O'lim darajasi 17 milliondan 50 milliongacha oradan biroz vaqt oʻtib 100 millionga yetgan, bu koʻrsatkichlar ispan grippini tarixdagi eng halokatli pandemiyalardan biriga aylantirgan. Pandemiya Birinchi Jahon Urushining soʻngiga yaqin boshlangan, urushda qatnashayotgan mamlakatlar rahbarlari gʻalayonlar boshlanib ketmasligi uchun pandemiya haqidagi xabarni oshkor qilishmagan, ammo neytral ommaviy axborot vositalari Ispaniyada avj olgani pandemiya haqida xabarlar tarqatishgan. Ispaniyani kasallik markazi sifatida noto'g'ri maʻlumotlar tarqatishgan va xalqlar orasida bu pandemiya "Ispan grippi" nomini olgan. Tarixiy epidemiologik ma'lumotlarda bu pandemiyaning geografik kelib chiqishi haqida aniq maʻlumotlar yoʻq. Ispan grippi boshqa epidemiyalar singari keksa va yoshlarga bir xil taʻsir qilgan ammo kasallanganlar orasida oʻlim holati yoshlarda koʻp kuzatilgan. Olimlar oʻlim sonining koʻp boʻlishiga suv orqali yuqadigan kasalliklarning anomaliyalari ispan grippi bilan bir vaqtda odamlarga taʻsir qilgan degan taxminni olgʻa surishgan. Virusdan zararlanganlar orasida oʻlim soninning koʻp boʻlishiga, kasallikning sitokin bo'ronini qo'zg'atishi va buning oqibatida yoshlardagi immunitet kekslar immunitetiga nisbatan tezroq halok boʻlishi kuzatilgan, ammo virusli infeksiya avvalgi gripp shtammlariga qaraganda tajovuzkor hisoblanmgan. Noto'g'ri ovqatlanish, urush tufayli antisanitariya holati bilan toʻlib toshgan tibbiy lagerlar va kasalxonalar, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik kasallik infeksiyasini kuchaytirgan natijada virus bilan zararlanganlarning koʻpchiligi vafot etishgan. 1918-yilda sodir boʻlgan ispan grippi H1N1 grippi A virusi keltirib chiqargan uchta gripp pandemiyasining birinchisi boʻlgan. Bundan tashqari 1977-yilgi rus grippi va 2009-yilgi cho'chqa grippi ham H1N1 virusidan kelib chiqqan

Ispan grippi
Ispan Grippi
Kasalxonadagi ispan grippi bilan kasallangan askalar boʻlimi, Kanzas.
Kasallik Influenza
Virus shtammlari Influenza A virusining H1N1 shtammi
Joylashuv Butun dunyoda
Birinchi holati AQSH, Kanzas
Aniqlangan sanasi 1918-yil
Sana 1918-yil fevral - 1920-yil aprel
Shubhali holatlar 500 million (taxminan)
Oʻlimlar
25–50 million (umumiy qabul qilingan), boshqa taxminlar 17 dan 100 milliongacha

Etimiologiya

Ispan Grippi 
El Sol (Madrid), 28-May 1918-yil: "3 kunlik isitma oqibatida Ispaniyada 80 000 kishi zararlandi"

Bu pandemiya vaqtiga va joyiga qarab yangi va eski turlariga boʻlingan. Pandemiya oqibatida odamlarning halok boʻlishi turli fikrlarni paydo qilgan, faqatgina pandemiya paydo boʻlib boshlaganidan bir yil oʻtibgina odamlar bu pandemiyani koʻrinmaydigan influenza viruslari paydo qilishini bilishgan. Bu kasallik uchun ilmiy javoblarning yoʻqligi tufayli Sierra Leone Weekly News (Freetown) gazetasi Bibliya yordamida pandemiyani yengishga chaqirgan.

Nomlari

Grippga o'xshash epidemiyalar 1916—1917-yillarda Fransiyaning Etbles shahrida joylashgan Britaniya harbiy kasalxonalarida va Angliyaning Aldershot shahridagi La-Mansh hududida kuzatilgan. 1918-yilgi pandemiya bilan kasallangan bemorlarda "qora" geliotropik yuz sianozi tez rivojlangan. O'lim toʻshagida yotgan bemorlarda esa ko'k-binafsha sianoz kuzatilib "qirmizi o'lim" nomini olgan. Keyinchalik Aldershot shifokorlari "Lancet"da shunday deb yozganlar: "Biz va boshqa shifokorlar 1916 va 1917-yillarda duch kelgan gripp, pnevmokokk, yiringli bronxit, asosan hozirgi pandemiya davridagi gripp bilan deyarli bir xil, yiringli bronxitlarni o'sha A/H1N1 virusi bilan bog'liqligini bilmas edik, lekin u hozirgi pandemiyaning ilk alomatlari boʻlishi mumkin". 1918-yilda “epidemik infulenza” (italyancha: influenza, influence), (fransuzcha: la grippe), nomlarini olgan. AQSHning Kanzas shtatida bahor oxirida paydo boʻlgan. Ispaniyadan pandemoya haqidagi dastlabki xabarlar 21-mayda paydo bo'la boshlagan. Ikkala davlatdan olingan xabarlarda uni "uch kunlik isitma" (fiebre de los tres días) deb atashgan.

Assotsiativ nomlar

Ispan Grippi 
Front page of The Times (London), 25-iyul 1918-yil: "Ispan Influenzasi"

Pandemiyaga berilgan ko'pgina muqobil nomlar yangi yuqumli kasalliklar qaysi davlat hududida paydo boʻlsa, shunga moslangan ekzonimlardur. Bu holat 1889—1890 yillargacha ham kuzatilgan. Masalan: Yevropada "rus grippi" deb nom olgan pandemiyani ruslar grippni "Xitoycha yoki Qatarcha turi" deb hiosblashgan, nemislar "rus infeksiyasi" deb atashgan, italiyaliklar esa, o'z navbatida uni "nemis grippi" deb nomlashgan. Bu epitetlardan 1918-yilgi pandemiya paytida qayta foydalanilgan.

Ispan grippi

Ispan Grippi 
Advertisement in The Times, 1918-yil 28-iyunda "Ispan grippi"ning oldini olish uchun Formamint tabletkalari."

Ispaniyadan boshqa davlatlarda kasallik "ispan grippi" nomini olgan. Londonning The Times gazetasi 1918-yil 2-iyundagi "Ispaniya epidemiyasi" deb nomlangan xabarida Madriddagi muxbir "ispan grippi" haqida ochiqdan ochiq aytmasdan uni aniq gripp xarakteriga ega noma'lum kasallik deb nomlagan va bu kasallik oqibatida 100 000 dan ortiq insonlar qurbon boʻlganligi haqida aytgan. Uch hafta o'tgach, The Times gazetasi "bugun hamma buni "ispan" grippi deb o'ylaydi", nomli maqola chop etgan. Uch kundan so'ng "The Times" da "Ispan grippi" ning oldini olish uchun Formamint tabletkalaridan foydalanish haqida e'lon paydo bo'lgan. Kasalliik Moskvaga yetib borgach, Pravda gazetasi: "Shaharda ispanka yuribdi" deb e'lon bergan, bu esa "ispankani" yana bir umumiy nomga aylantirgan. Kasallik Ispaniyada paydo boʻlmagan, lekin urushayotgan mamlakatlardagi urush davridagi senzura tufayli u davlatlar oʻzlarida boʻlayotgan epidemik holatlar haqida maʻlumot berishmagan. Ispaniya betaraf davlat bo'lgan, jangovar harakatlarda qatnashmagan va urush davrida biror davlat bilan birga urushga kirish uchun tashviqot ishlari ham olib borilmagan. Shu sababli Ispaniya gazetasi epidemiya qoibatlari xatto qirol Alfonso XIII kasalligi haqida bemalol xabarlar chop etishgan. Bu xabarlar Ispaniyani epidemiyaning markaziga aylantirgan. Senzura shunchalik samarali bo'lganki, Ispaniya sog'liqni saqlash rasmiylari qo'shni davlatlarda ham bu kasallik borligidan bexabar boʻlishgan 1918-yil oktyabr oyida Amerika Tibbiyot Assotsiatsiyasi jurnalida chop etilgan "Madrid maktubi" maqolasida ispan rasmiysi: "Kasallik boshqa mamlakatlarda vayronagarchiliklar keltirib chiqarayotganini va u yerdagi odamlar buni "Ispan grippi" deb ataganini bilib hayron bo'ldik. ... Nega ispan grippi? ... " "The Serbian Newspaper" "Bu epidemiya Ispaniyada paydo bo'lmagan va bu tarixiy asos sifatida qayd etilishi kerak. Kasallikning kelib chiqishi uzoq vaqt davomida bir-biriga bog'liq patalogiyalar oqibati sifatida koʻriladi va urushayotgan davlatlar Ispaniya neytral qolganligi uchun Ispaniyani aybdor qilishga kelishib olganlar" mazmunidagi maqolani chop etgan.

Ispan Grippi 
"Spanish influenza," "three-day fever," "the flu." Muallif:Rupert Blue, Jarrohlik Markazi, 28-Sentyabr 1918-yil

Boshqa ekzonimlar

Fransuz matbuoti dastlab "Amerika grippi" terminidan foydalangan, ammo keyinchalik "ispan grippi" terminini qabul qilgan. 1918-yil bahorida ingliz askarlari epidemiyani "Flandriya grippi" deb atashgan, nemis askarlari Belgiyadagi mashhur jangdan keyin "Flandern-tola" (Flamand isitmasi) terminidan foydalanganlar. Senegalda „Braziliya grippi“ Braziliyada esa „German grippi“ deb atalgan. Ispaniyada kasallik zarzuelaning mashhur qo'shig'idan keyin "fransuz grippi" (gripe francesa), yoki "Neapolitan askari"(Soldado de Nápoles) nomi bilan ham tanilgan. Ispan grippi termini keyinchalik Ispaniyada ham ken tarqalgan, ammo bu nom hali hamon bahsli bo'lib qolmoqda. Boshqa nomlar geosiyosiy va ijtimoiy chegaralardan olingan. Polshada bu "bolshevik kasalligi" deb atalgan bo'lsa bolsheviklar uni "qirg'iz kasalligi" deb atashgan. Ba'zi afrikaliklar buni "oq odamning kasalligi" deb ham atashgan, ammo Janubiy Afrikada oq tanlilar 'kaffersiekte' (so'zma-so'z "Negro kasalligi") etnofaulizmidan ham foydalanganlar. Yaponiyaliklar sumo kurashchilarini Tayvandagi o'yindan kasallik olib kelganlikda ayblab, uni "sumo grippi" (Sumo Kaze) deb atshgan, Tayvanda yaponlarning uchta eng yaxshi kurashchisi vafot etgan. Ko'pgina mualliflar kasallikni ispan grippi deb atashdan bosh tortishgan, buning o'rniga ular "1918-yilgi gripp pandemiyasi" variantlarini ishlatishgan.

Lokal nomlar

Pandemiyaning ayrim til endonimlari muayyan mintaqalar yoki odamlar guruhlariga qarab nomlangan. Ushbu pandemiyaga xos misollar: Shimoliy Ndebeleda: "malibuzwe", suahilida: "ugonjo huo kichwa na kukohoa na kiuno", yaoda: "chipindupindu", Otjihereroda: 'kaapitohanga' va forschada: 'nakhushi-yi bad' kabi nomlarni olgan.

Boshqa nomlar

Ushbu epidemiya, shuningdek, "Buyuk urush" dan keyingi "Buyuk gripp" nomi bilan ham tanilgan. Fransuz harbiy shifokorlari dastlab kasallikni "kasallik 11" (maladie onze) deb atashgan. Nemis shifokorlari kasallikning og'irligini kamaytirib, uni "pseudoflu" (lotincha pseudo, yolg'on) deb atashgan bo'lsa, Afrikada shifokorlar bemorlarni jiddiyroq qabul qilishga urinib, uni "haqiqiy gripp" (lotincha vera, rost) deb atashgan.

Kasallik tarixi

1918-yilgi ilk toʻlqin

Ispan Grippi 
Ispan grippi pandemiyasi vaqtida Seattle politsiyachilari Qizil Xoch tashkiloti tomonidan tarqatilgan niqoblarda. 1918-yil dekabr

Pandemiya ommaviy 1918-yil 4-martda boshlangan, AQShning Kanzas shtatidagi Camp Funstonda ilk holatlar harbiy oshpaz Albert Gitchellning kundaliklarida qayd etilgan. Kasallik 1918-yil yanvar oyidayoq Haskell okrugidan 200 milya (320 km) uzoqlikda kuzatilgan, bu haqida mahalliy shifokor Loring Minerni AQSh sog'liqni saqlash xizmatining Public Health Reports akademik jurnali muharrirlarini ogohlantirishga uringan. 4-mart kuni Camp Funstonda birinchi holatdan bir necha kun o'tgach, lagerda 522 kishi kasal bo'lganligi haqida xabar berishgan. 1918-yil 11-martga kelib virus New-Yorkning Queens shahriga yetib borgan. Mart/aprel oylarida profilaktika choralari ko‘rilmaganiligi keyinchalik tanqid qilingan. AQSH Birinchi jahon urushiga kirgach, kasallik Amerika ekspeditsion kuchlarining asosiy qoʻshinlari uchun poligon boʻlgan Camp Funstondan AQSh armiyasining boshqa lagerlari va Yevropaga tez tarqalgan, Oʻrta Gʻarb, Sharqiy qirgʻoq va Fransiya portlarida ham epidemiya tarqalgan. 1918-yil apreli oʻrtalarigacha kasallik Gʻarbiy frontga yetib kelgan. Keyin kasallik tezda Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Ispaniyaga toʻliq tarqalgan va may oyida Vrotslav va Odessaga ham yetib kelgan. Brest-Litovsk shartnomasi imzolangandan so'ng (1918-yil mart) Germaniya rossiyalik harbiy asirlarni ozod qila boshlagan, ularkasallikni Rossiyadan o'z mamlakatlariga olib kelishgan. May oyida kasallik Shimoliy Afrika, Hindiston va Yaponiyaga yetib borgan, aprel oyida Janubi-Sharqiy Osiyoda kasallik qayd etilgan va ko'p o'tmay butun dunyo bo'ylab tarqalgan. Iyun oyida Xitoyda epidemiya haqida xabar berilgan. Iyul oyida kasallik Avstraliyaga yetib borganidan keyin epidemiya toʻlqini pasayishni boshlagan. Grippning birinchi to'lqini 1918-yilning birinchi choragidan boshlab yana davom etgan va nisbatan yengil kechgan. O'lim darajasi koʻp boʻlmagan. Qo'shma Shtatlarda 1918-yilning birinchi olti oyida gripp bilan bog'liq ~75,000 ta o'lim qayd etilgan, 1915-yilning shu davrida esa ~63,000 ta o'lim qayd etilgan. Madridda (Ispaniya) 1918-yil may va iyun oylari orasida 1000 nafardan kam odam grippdan vafot etgan. 1918-yilning birinchi choragida karantinlar haqida xabar berilmagan. Biroq, ilk toʻlqin Birinchi jahon urushidagi harbiy harakatlarda jiddiy kasallanishlar kuzatilgan. Xususan: fransuz qoʻshinlarining toʻrtdan uch qismi, Britaniya qoʻshinlarining yarmi va 900 000 dan ortiq nemis askari gripp bilan kasallangan.

Manbalar

Tags:

Ispan Grippi EtimiologiyaIspan Grippi Kasallik tarixiIspan Grippi ManbalarIspan GrippiAmerika Qoʻshma ShtatlariBirinchi jahon urushiBirlashgan QirollikEpidemiyaFransiyaGeografik koordinatalarGermaniyaKanzasOmmaviy axborot vositalariPandemiya

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

TurkiyaEksperimental psixologiyaRavishSingapurQon bosimiShavkat MirziyoyevKuyishToʻgʻri toʻrtburchakTemuriylar imperiyasiQarilikYalligʻlanishAdabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari roʻyxatiInvestitsiyaYurak-qon tomir kasalliklariAleksandr PushkinYengil atletikaTurkiston general-gubernatorligiIkki eshik orasiFotonBilimBolalar adabiyotiUrgʻuSport inshootlariLinzaArastuFuqarolarning huquq va burchlariGimnastikaJadidchilikMangʻitlar sulolasiKalsiyBuxoro amirligiBuddizmShishaSterilizatsiya (mikrobiologiya)Ahmad al-FargʻoniyTushunchaMonosaxaridlarFundamentalizmShokReabilitatsiyaFoydali qazilmalarMercedes-BenzQon aylanishiBuyuk ozodlik xartiyasiZotiljamKombinatorikaPaygʻambarKamoliddin BehzodMazhabMurakkab efirlarHayvonlarQon bosimini tushiruvchi moddalarBiotsenozYoʻl belgilariInternetLotin tiliBuddizm tarixiEmlashChekishSoliqOʻzbek lotin alifbosiRaqobatAbdulla OripovQon ketishiGap boʻlaklariEkologiyaVeb-saytHTMLXudoyberdi ToʻxtaboyevQuvvatBiologiyaIssiqlikInson tanasiDavlat byudjetiKubBadiiy asar pafosiKecha va kunduzKalla suyagi🡆 More