Gomoseksuallik (yunoncha ὁμός — „ayni“, lotincha sexus — „jins“) oʻzi bilan ayni jinsga oid individlarga qaratilgan jinsiy moyillikdir.
Bunda aynan jinsiy aloqa nazarda tutilmaydi, balki oʻzining jinsdoshiga nisbatan tortilishi ham bildiriladi. Erkaklar orasidagi gomoseksuallik besoqolbozlik (yoki gay) deb atalsa, ayollar oʻrtasidagi shunday munosabatlar lezbianlik, deyiladi. Gomoseksuallik faqatgina odamlarda emas, balki hayvonlarda ham uchraydi.
LGBT |
---|
Gomoseksuallik · Jins · Gomofobiya · Biseksuallik · Transseksuallik |
LGBT tarixi |
LGBT madaniyati |
Teng jinsli nikohlar |
Gomoseksual atamasi ilk bora avstriyalik yozuvchi Karl-Maria Kertbeny 1869-yilda yashirin chop etgan pamfletlarida uchraydi. Bu mavzudagi ilmiy ishlar esa psixiatr Richard Freiherr von Krafft-Ebing yozgan Psychopathia Sexualis kitobida (1886) koʻriladi.
Biroq gomoseksuallik hodisa sifatida antik davrlardan beri yoritib kelingan (jumladan Suqrot, Iskandar Zulqarnayn tarjimai hollarida bu kuzatiladi).
Jinsiy moyillik bilan bogʻliq demografik soʻrovlar turlicha koʻrsatkichlarni berishadi. Zero:
Mavjud maʼlumotlar gomoseksuallar dunyo aholisining 1-10 %'ini tashkil etishi mumkinligini koʻrsatmoqda, bunda besoqollar lezbianlardan koʻproqdir.
Alfred Kinsi bilan bir qatorda gomoseksualizmning eng mashhur tadqiqotchilaridan biri Evelin Xukerdir. Uning tadqiqot natijalari “Ochiq gomoseksual erkaklarning moslashuvi” (1957) jurnalida chop etilgan[6].Ushbu ishda Rorschach va TAT klinik diagnostik testlari yordamida hetero va gomoseksuallarning psixologik xususiyatlari taqqoslandi. Mustaqil ekspertlar eksperiment ishtirokchilarining psixologik moslashuv darajasida farq topmadilar va qaysi test natijalari gomoseksuallarga tegishli ekanligini aniqlay olmadilar. Evelin Xuker gomoseksualizm tushunchasidan ruhiy kasallik sifatida voz kechish kerak degan xulosaga keldi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Gomoseksuallik, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.