Diktatura (lotincha: dictatura — cheklanmagan hokimiyat) — davlat hokimiyatini nodemokratik usullar bilan amalga oshirish tizimini ifodalovchi tushuncha, avtoritar yoki totalitar rejim.
Diktaturaga asoslangan siyosiy rejimdagi hokimiyatda, bir shaxs — diktator yoki bir necha shaxslarning qoʻlida markazlashadi, siyosatda zoʻravonlik va terror kuchayadi. Diktatura oʻrnatilganligi diktatorlik hokimiyatining cheklanmaganligi va nazoratsizligi, konstitutsiya eʼlon qilgan demokratik huquqlar va erkinliklar toptalishi, vakillik organlarining huquqlari cheklanishi bilan ajralib turadi. Hokimiyat toʻgʻridan-toʻgʻri zoʻravonlikka tayanadi. Odatda, yirik ijtimoiy guruhlar Diktaturani ifoda etuvchi kuch sifatida namoyon boʻlsa ham, u bir shaxs yoki bir guruh shaxslarda mujassamlashadi (Qadimgi Rimda harbiy boshliqlar Diktaturasi va triumviratlar, mutlaq monarxlar, hozirgi avtoritar tuzumlar, xuntalar va h. k.). Tarixga koʻra, biron-bir davlatda Diktatur oʻrnatilishi, odatda, ichki oʻzaro kurash gʻoyat keskin tus olgan davrlar bilan bogʻliq boʻlgan (Masalan, Ispaniyada Franko Diktaturasi, natsistlar Germaniyasida fashistlar Diktaturasi, sobiq shoʻrolar davrida Stalin Diktaturasi va b.).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Diktatura, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.