Bern

Bern — Shveysariya poytaxti, Bern kantonining maʼmuriy markazi.

Mamlakatning markaziy qismida, Aare daryosining har ikki sohilida joylashgan. Aholisi 140 ming kishi, shahar atrofi bilan birgalikda 300 ming (1995), kupchiligi nemis tilida soʻzlashadi.

B.ga 1191-yil asos solingan. 1218-yildan imperiyaning erkin shahri. 1353-yil Shveysariya konfederatsiyasiga qoʻshildi. 1848-yildan Shveysariya poytaxti.

B. asosan maʼmuriy shahar. Sanoattaraqqiyoti jihatidan Syurix. Bazel shaharlaridan keyinda turadi. B.da elektrotexnika va aniq mashinasozlik (telefon, priborlar, elektr apparaturalari, poligrafiya mashinalari va boshqalar), toʻqimachilik, trikotaj, oziq-ovqat sanoati: yogochsozlik, poligrafiya korxonalari mavjud. Muhim transport yoʻllari tuguni. Mamlakatni Gʻarbiy Yevropa shaharlari bilan bogʻlaydigan bir necha temir yoʻl va avtomobil yoʻllarn B.dan boshlanadi. Xalqaro aeroport bor. Shaharda bir qancha xalqaro tashkilotlarning markaziy organlari — Jahon pochta ittifoqi byurosi (1874-yildan), Xalqaro telealoqa ittifoqi, Mualliflik huquqini muhofaza qilish xalqaro ittifoqi, Xalqaro transport ittifoqi byurosi va boshqa joylashgan. Unt (1834-yildan), Shveysariya milliy kutubxonasi, konservatoriya, teatr (1903-yildan), ilmiy tadqiqot muassasalari, musiqa maktablari, kutubxonalar, muzeylar (Shveysariya, Alp togʻlari, Tarix, Badiiy va boshqalar) bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan gotika uslubida qurilgan shahar boshqarmasining binosi (ratusha, 1406—17), SanktVinsens sobori (1424—1588) va boshqa saqlangan. Turizm rivojlangan. B.ning mamlakatning boshqa shaharlari kabi moliyabaik faoliyati dunyo ahamiyatiga ega.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Daun sindromiNerv sistemasiKasrZardushtiylikShum bolaTuzlarShaharTermiziy Abu IsoInterpolQattiq jismYahudiylikBotir ZokirovFotosintezIntegratsiyaErich Maria RemarqueQirgʻizistonOtamdan qolgan dalalarFutbolAlgoritmGenetikaUltratovush tekshirish usuliQadriyatNanotexnologiyaJanubiy Koreyada taʼlimAfgʻonistonAbulfayzxon (drama)Yengil atletikaWolfgang Amadeus MozartInnovatsiyaFizikaAvestoTurkiyaDunyo aholisiGeometriyaLudwig van BeethovenBuyrakAl-XorazmiyMuqimiyOt (soʻz turkumi)Ommaviy axborot vositalariRentgen nurlariXalqaro tashkilotBozor iqtisodiyoti modellariFoydaAleksandr PushkinEiffel minorasiRavishChingizxonOgʻirlik oʻlchov birliklariQuyoshNatural sonAbulfayzxonMetrologiyaNobel mukofotiBaqara surasiAlzheimer kasalligiKimyoviy muvozanatInson va fuqaroning huquq va erkinliklariGidrosferaQalqonsimon bezQon aylanishiKubik metrOrttirilgan immun tanqisligi sindromiTabiat resurslariShanxay hamkorlik tashkilotiSamarqandIjtimoiy psixologiyaDifferensial tenglamaAvtomobilMoliyaDiqqatTexnologiyaXarakter (obraz)KonsepsiyaMantiqiy amallarUndalmaTemuriylar imperiyasiYoʻl belgilari🡆 More