Arab Bahori

Arab bahori (arabcha: الثورات العربية, al-Thawrāt al-ʻArabiyyah) 2010-yil oxirida arab dunyosida boshlangan qator norozilik namoyishlariga berilgan nomdir.

Ular Tunis, Misr, Yaman, Jazoir, Iordaniya, Mavritaniya, Saudiya Arabistoni, Ummon, Sudan, Siriya, Liviya hamda Marokash kabi mamlakatlarni qamrab oldi. Eʼtirozlar inqilob deya baholanmoqda.

Arab bahori
Joy Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq
Sana 18-dekabr, 1945 1970-yil dekabrgacha
Maqsad Tuzum oʻzgarishi, inson huquqlari, demokratiya
Belgilari Namoyishlar, tartibsizliklar, fuqarolar itoatsizligi, oʻzini yoqish, ish tashlashlar
Oʻlim(lar) 500 dan ziyod
Jarohat(lar) 4,000 dan ziyod
Hibs(lar) 1,000 dan ziyod
Arab Bahori
  Hukumat toʻntarildi
  Fuqarolar urushi
  Hukumat baʼzi aʼzolari almashtirildi
  Davomiy tartibsizlik (Bahrayn)
  Yirik eʼtirozlar
  Kichik eʼtirozlar
  Arab dunyosidan tashqaridagi aloqador eʼtirozlar

Eʼtirozlar 2010-yil 18-dekabrida Tunisda, Muhammad Buazizining politsiya poraxoʻrligi va qattiqqoʻlligiga achchiq qilib oʻzini yoqib yuborishidan boshlanib ketdi. Tunis toʻntarilishi muvaffaqiyati va mintaqadagi oʻxshash vaziyatlar tufayli, namoyishlar toʻlqini qoʻshni mamlakatlarga oʻtdi, jumladan eʼtirozlar Jazoir, Iordaniya, Misr va Yamanda davom etdi, nisbatan kichik miqyosda boshqa arab mamlakatlari ham voqealar silsilasiga tushdi. Koʻpgina vaziyatlarda eʼtirozli kunlar "jahl kunlari", deb ataldi.

Eʼtirozlar natijasida birinchi boʻlib oʻzgargan hukumat Tunisniki boʻldi: sobiq Prezident Zayn al-Abidin ibn Ali Saudiya Arabistoniga qochdi. Keyingi katta eʼtirozlar Misrda 2011-yil 25-yanvarida boshlandi. Toʻrt kunlik namoyishlardan soʻng Prezident Husni Muborak islohotlar oʻtkazishga vaʼda berdi, biroq lavozimidan kechish niyatini bildirmadi. Bundan keyin davom etgan namoyishlardan soʻng Muborak 30 yillik mansabini boshqa egallamasligini, sentabrda boʻlib oʻtadigan saylovlardan soʻng isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Bu paytda Iordaniya qiroli Abdulla II bosh vazirni almashtirdi, Yaman Prezident Ali Abdulloh Solih esa keyingi saylovlarda nomzodini qoʻymaslikka vaʼda berdi.

Eʼtirozlar butun jahon eʼtiborini oʻziga qaratdi. Namoyishchilarni 2011-yilgi tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlash takliflari oʻrtaga tashlandi.

Bugungi natijalar

Qachon boshlandi Mamlakat Qachon tugadi Eʼtiroz tur(lar)i Natija Oʻlim(lar)
18-dekabr, 2010 Tunis Oʻzini yoqish
Namoyishlar
Hukumat toʻntarildi
Prezident va oilasi mamlakatdan ketdi (14-yanvar, 2011)
219
28-dekabr, 2010 Jazoir Namoyishlar Prezident favqulodda vaziyatni bekor qildi (3-fevral, 2011) 5
13-yanvar, 2011 Liviya 16-yanvar, 2011 Turar-joy muammosi va korrupsiyaga qarshi namoyishlar Hukumat fuqarolarni turar-joy bilan taʼminlashga vaʼda berdi 0
14-yanvar, 2011 Iordaniya Kichik eʼtirozlar Vazirlar Mahkamasi shaxsiy tarkibi almashtirildi (1-fevral, 2011) 0
17-yanvar, 2011 Mavritaniya 17-yanvar, 2011 Oʻzini yoqish 1
17-yanvar, 2011 Sudan Kichik eʼtirozlar 1
17-yanvar, 2011 Ummon 17-yanvar, 2011 Kichik eʼtirozlar 0
18-yanvar, 2011 Yaman Hukumat aʼzolari Prezidentga qarshi
Katta namoyishlar
Prezident keyingi saylovlarda nomzodini qoʻymaslikka vaʼda berdi (2-fevral, 2011) 0
21-yanvar, 2011 Saudiya Arabistoni 29-yanvar, 2011 Oʻzini yoqish
Namoyishlar
4
25-yanvar, 2011 Misr Butun mamlakat miqyosidagi namoyishlar Vazirlar Mahkamasi shaxsiy tarkibi almashtirildi (29-yanvar, 2011)
Prezident mansabdan ketdi
300 gacha
26-yanvar, 2011 Suriya Oʻzini yoqish 1
30-yanvar, 2011 Marokash Oʻzini yoqish 0
1-fevral, 2011 Jibuti 1-fevral, 2011 Kichik namoyishlar 0
Jami oʻlimlar soni: 607

Manbalar

Tags:

Arab dunyosiArab tiliInqilobIordaniyaJazoirLiviyaMarokashMavritaniyaMisrSaudiya ArabistoniSiriyaSudanTunisUmmonYaman

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Bayerische Motoren Werke AGVaqt oʻlchov birliklariPopulyatsiyaImom al-BuxoriyRauf ParfiKommunikatsiyaSaid AhmadInternetQuyosh tizimiSuvni tozalashGazlarOʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2020-2025)AmudaryoHindistonDaryoYurak-qon tomir kasalliklariBoburnomaYalligʻlanishMantiq falsafasiRentaKasrXitoyXalq ijodiMaʼnaviyatTabiiy gazlarLotin tiliQadimgi YunonistonDavlat byudjeti daromadlariRevmatizmMuhammadSanoatSon (tilshunoslik)PolisaxaridlarSaida ZunnunovaSuyakAndijon viloyatiIqtisodiyotLoyihaBirlashgan QirollikBozor iqtisodiyotiga oʻtishQon guruhlariKubSezgiAmper qonuniElektromagnit toʻlqinlarTurkiyaFarmoyishDisaharidlarSuyuqlikIrsiy kasalliklarChoʻyanDunyoqarashEfirlarParlamentPeshob ajralishining buzilishiSharq falsafasiTishHomilaTopishmoqFrazeologiyaAngliyaFutbolQitʼaFizioterapiyaFalsafiy antropologiyaFotosintezInternet tarixiQalqonsimon bezSaudiya ArabistoniMisr piramidalariIbroyim YusupovKutubxonaOʻzbek lotin alifbosiJinsiy aʼzolarLeykotsitlarTransformatorLeksikologiyaTibbiyot deontologiyasi🡆 More