Bern — Shveysariya poytaxti, Bern kantonining maʼmuriy markazi.
Mamlakatning markaziy qismida, Aare daryosining har ikki sohilida joylashgan. Aholisi 140 ming kishi, shahar atrofi bilan birgalikda 300 ming (1995), kupchiligi nemis tilida soʻzlashadi.
B.ga 1191-yil asos solingan. 1218-yildan imperiyaning erkin shahri. 1353-yil Shveysariya konfederatsiyasiga qoʻshildi. 1848-yildan Shveysariya poytaxti.
B. asosan maʼmuriy shahar. Sanoattaraqqiyoti jihatidan Syurix. Bazel shaharlaridan keyinda turadi. B.da elektrotexnika va aniq mashinasozlik (telefon, priborlar, elektr apparaturalari, poligrafiya mashinalari va boshqalar), toʻqimachilik, trikotaj, oziq-ovqat sanoati: yogochsozlik, poligrafiya korxonalari mavjud. Muhim transport yoʻllari tuguni. Mamlakatni Gʻarbiy Yevropa shaharlari bilan bogʻlaydigan bir necha temir yoʻl va avtomobil yoʻllarn B.dan boshlanadi. Xalqaro aeroport bor. Shaharda bir qancha xalqaro tashkilotlarning markaziy organlari — Jahon pochta ittifoqi byurosi (1874-yildan), Xalqaro telealoqa ittifoqi, Mualliflik huquqini muhofaza qilish xalqaro ittifoqi, Xalqaro transport ittifoqi byurosi va boshqa joylashgan. Unt (1834-yildan), Shveysariya milliy kutubxonasi, konservatoriya, teatr (1903-yildan), ilmiy tadqiqot muassasalari, musiqa maktablari, kutubxonalar, muzeylar (Shveysariya, Alp togʻlari, Tarix, Badiiy va boshqalar) bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan gotika uslubida qurilgan shahar boshqarmasining binosi (ratusha, 1406—17), SanktVinsens sobori (1424—1588) va boshqa saqlangan. Turizm rivojlangan. B.ning mamlakatning boshqa shaharlari kabi moliyabaik faoliyati dunyo ahamiyatiga ega.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Bern, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.