Yirtqichlar

Yirtqichlar, etxoʻr hayvonlar (Carnivora) — sut emizuvchilarning bir turkumi.

Kattaligi har xil. Tanasining uz. 20 sm dan (latcha) 3 m gacha (oq ayiq). Ogʻirligi 0,1—700 kg . Bu turkumga, asosan, yirtqich hayvonlar kiradi. Qoziq tishi katta, oziq tishlari oʻtkir. Kurak tishlari kichik va yaxshi rivojlanmagan. Yuqori jagʻidagi oxirgi soxta va birinchi chin oziq tishlarining koʻrinishi oʻzgarib, yirtqich tishga aylangan. Y. ning tirnoqlari yaxshi taraqqiy etgan va oʻtkir. Baʼzilarining tirnoqlari ichkariga botib kirgan. Koʻrish, eshitish va hidlash organlari yaxshi rivojlangan. Oshqozoni oddiy, koʻrichagi qisqa yoki mutlaqo yoʻq. 7 ta; mushuksimonlar, viverrasimonlar, susarsimonlar, sirtlonsimonlar, itsimonlar, ayiqsimonlar va yenotsimonlar oilalariga boʻlinadi. Y. Avstraliya va Polineziyadan tashqari qamma yerda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda 6 oilaga mansub 25 tacha turi uchraydi. Y. zararkunanda kemiruvchilar sonini cheklovchi hamda tabiatda kasal va nimjon xayvonlar sonini kamaytiruvchi tabiiy sanitarlar sifatida ahamiyatga ega.

Manbalar

Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqUlugʻbek rasadxonasiYaponiyada taʼlimDin falsafasiInflatsiyaInson tanasiAluminiyQitʼaTeatrMehnat tarbiyasiPsixologiyaDaryoValyuta intervensiyasiTurkiston muxtoriyatiKimyoviy reaksiyaToshkent zilzilasi (1966)OyQozogʻistonIsroilJismoniy tarbiyaKarmakdoshlarBuddizmOlmoshDiniy tashkilotShaxsDunyoning ishlariOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiOʻzbekiston siyosiy partiyalariSinkveyinAholi daromadlariErkin AʼzamChingiz AytmatovBoshqaruv uslubiMehnatIchki sekretsiyaBuxoro viloyatiGʻoʻzaGuinness rekordlar kitobiShanxay hamkorlik tashkilotiXitoyAvstraliyaBosh SahifaMakroiqtisodiyotZaharlanishOyat al-KursiQutadgʻu biligKorrupsiyaMuskullarRaʼnodoshlarOlimpiada oʻyinlariLugʻatDramaEkzemaVijdon erkinligiOsiyoUsmon AzimEstetikaIspaniyaTuproqIqtisodiy xavfsizlikShaharQadriyatIqtisodiyot nazariyasiSpirtlarYupiterYalligʻlanishDialektikaQulupnayEksperimental psixologiyaTibbiyotInfeksion kasalliklarMisr piramidalariOziq-ovqatNatural sonYevropa davlatlari roʻyxatiXromosomalarJinsiy hayotYulduz🡆 More