Valyuta intervensiyasi -mamlakat markaziy bankining valyuta bozoriga va valyuta kursita chet el valyutasining katta summasini sotib olish yoʻli bilan aralashuvi.
Mamlakat oʻz valyutasi kursini oshirishdan manfaatdor boʻlsa, bank va xazina oʻz ixtiyoridagi chet el valyutasini sotib, milliy valyutani xarid qiladi; oʻz valyutasi kursini pasaytirmoqchi bulsa, chet el valyutasini koʻp miqdorda sotib oladi, milliy valyutani esa sotadi.
V.i. davlat manfaatlari yoʻlida chet el valyutasi kursini tartibga solish maqsadlarini koʻzlaydi. V.i. BrettonVuds tizimi (1944—78) amal qilgan davrda valyutalarning qatʼiy belgilangan kurslarini ushlab turishga xizmat qilgan (intervensiyani oʻtkazishda AQSH tomoni boshqa davlatlarga dollar kursini ushlab turish yuzasidan majburiyat qoʻygan). Yamayka bitimi (1978)ga koʻra, sirgʻaluchan valyuta kurslariga oʻtilgach, AQSH dollarining rezerv valyuta sifatidagi roli pasayib, V.i.da dollar bilan bir qatorda Germaniya markasi, Yaponiya iyenasi, Gʻarbiy Yevropa davlatlari valyutalari ham qoʻllanila boshladi. V.i. asosan valyuta kurslarining qisqa vaqt oraligʻida kutilmaganda yuzaga keladigan keskin tebranishlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oʻtkaziladigan boʻldi (qarang Yamayka tizimi).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Valyuta intervensiyasi, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.