Wrocław

Vrotslav — Polshaning janubigʻarbidagi shahar.

Vrotslav voyevodaligining maʼmuriy markazi. Odra daryosi boʻyidagi port. Aholisi 640 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Vrotslav yilnomalarda dastlab 980 yilda Breslavl nomi bilan tilga olingan. Bir necha asr nemislar qoʻl ostida (1945-yilgacha) Sileziyaning bosh shahri (Breslau) boʻlgan. Vrotslav yirik sanoat shahri va muhim temir yoʻl tuguni. Transport mashinasozligi, stanoksozlik, priborsozlik, elektrotexnika, oʻlchov asboblari, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Vrotslavda universitet, ilmiy tadqiqot va politexnika institutlari, yirik ilmiy kutubxona, opera teatri, muzeylar, botanika va hayvonot bogʻlari bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklar koʻp: bir necha cherkov, ratusha binosi (14—16-asrlar) va boshqa saqlangan.

Wrocław
Vrotslav - Ostrow Tumski
Wrocław
Vrotslav

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Tags:

OdraPolsha

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

IdrokMaʼnaviyatKasbAseptikaGoʻdakJahon savdo tashkilotiQon bosimiErtakInnovatsiyaAzotHisobotTurkiyaFurqatXorazmshohlar davlatiTemuriylarBiznes rejaOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiInson va fuqaroning huquq va erkinliklariAminokislotalarSoʻz turkumlariMovarounnahrOshqozon-ichak kasalligiIvan PavlovMenejmentAnemiyaMahalliy davlat hokimiyati organlariLotin tiliFransiyaJanubiy Afrika RespublikasiQonMissionerlikEtikaSuv resurslariFalsafaAbdulhamid ChoʻlponSut emizuvchilarInterpolOIVPsixikaAnqara jangiXulosa chiqarishOʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiAbu Ali ibn SinoOscarAllohning 99 nomiMetrologiyaBachadonMaʼlumotlar bazasiUfq (trilogiya)PopulyatsiyaYunon-Baqtriya podsholigiFutbol maydoniDifferensial tenglamaJismoniy mashqlarYusuf Xos HojibTIMSSGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqMagnit maydonXalq pedagogikasiToʻlepbergen QayipbergenovMassaRim imperiyasiMercedes-BenzJahongir OtajonovHadisKoʻp nuqtaSoʻz birikmasiKino sanʼatiSteve JobsOʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiJanubiy AmerikaOʻzbek tiliUyushiq boʻlaklarAmper qonuniLionel MessiKuyishTojikistonYaponiyada taʼlim🡆 More