Smith Sinishi

Smith sinishi – bu bilak suyagi distal qismining sinishi.

Smith sinishi
Smith Sinishi
Smith sinishi
Mutaxassislik Travmatologiya
Sabablari Travma
Tashxis usullari 2 proyeksiyadagi rentgenogramma

Bu sinish bilak suyagi orqa yuzasiga toʻgʻridan-toʻgʻri zarba kelishi yoki odam bilagi bukilgan holda yerga yiqilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Lekin Smith sinishi uchun eng keng tarqalgan shikastlanish mexanizmi bilak boʻgʻimi biroz orqaga burilgan holda kaftga yiqilishi natijasida kelib chiqadi. Smith sinishi Kolles sinishiga qaraganda kamroq uchraydi.

Sinish boʻlaklari dorsal tomonga siljigan Kolles sinishidan farqli ravishda, Smith sinishida suyak boʻlaklari ventral (old) tomonga qarab joylashadi. Mexanik taʼsirning ogʻirligiga qarab, bir yoki bir nechta suyak boʻlaklari boʻlishi mumkin va bu sinish bilak boʻgʻimining boʻgʻim yuzasini oʻz ichiga olgan yoki olmagan hollarda boʻlishi mumkin.

Tasnifi

Bilak suyagi distal qismi sinishlarining keng tarqalgan tasnifi Frykman tasnifidir:

  • I tur: boʻgʻimdan tashqari sinish
  • II toifa: I toifaning tirsak suyagi distal qismi sinishi bilan birga
  • III toifa: bilak-kaftusti boʻgʻimlarining shikastlanishi
  • IV toifa: III toifa sinish bilan tirsak suyagi distal qismi sinishi birga kelishi
  • V toifa: distal bilak-tirsak boʻgʻimi sinishi.
  • VI toifa: V toifaning tirsak suyagi distal qismi sinishi bilan birga kelishi
  • VII tip: sinishda bilak-kaftusti va distal bilak-tirsak boʻgʻimlarining ikkalasi ham ishtirok etadi.
  • VIII-toifa: VII-toifaning tirsak suyagi distal qismi sinishi bilan birga kelishi.

Asoratlari

Eng katta asorati – bilak suyagi distal qismining qisqarishi tufayli bilakning notoʻgʻri bitishi. Bu doimiy qoluvchi „belkurak deformatsiyasi“ga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, avval Smith sinishini boshidan kechirgan bemorlarda karpal tunnel sindromi va osteoartrit rivojlanishi xavfi yuqori. 

Siniqlar bitmaslik hollarida bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul (musculus extensor pollicis longus)ning suyak boʻlaklari orasida siqilib qolishiga va keyinchaliki ushbu mushak payining yorilishiga olib kelishi mumkin.

Smith jarohatini olganlarning taxminan 40%ida Zudek sindromi uchrashi mumkin.

Tashxislash

Koʻzdan kechirganda:

Smith sinishining klassik vizual tekshirish natijalari bilakning kaft tomonga siljishi boʻlib, bu „belkurak deformatsiyasi“ ga olib keladi.

Rentgen tekshiruvi

Ikki proyeksiyada olinishi kerak: anterior-posterior (old-orqa) va lateral.

Anterior-posterior rentgenografiyada Smith sinishi Kolles sinishiga juda oʻxshaydi. Ammo lateral proyeksiyadagi rentgenografiya sinishning ventral angulyatsiyasini yaʼni singan boʻlaklarning oldinga burchak hosil qilishini koʻrsatadi.

Davolash

Ushbu sinishni davolash sinishning ogʻirligiga bogʻliq. Suyak boʻlaklari siljimagan sinish faqat gips bilan davolanishi mumkin. Oʻrta burchak va suyak boʻlaklari siljishi boʻlgan sinish yopiq repozitsiyani talab qilishi mumkin (jarrohlik qilmasdan singan suyak boʻlaklarini joyiga tushirish). Katta burchak va deformatsiya ochiq repozitsiyani va ichki fiksatsiya bilan toʻgʻirlanadi. Ochiq sinishlar har doim jarrohlik aralashuvini talab qiladi. 

Operativ davolash uchun koʻrsatmalar orasida dorsal yoki ventral maydalanish, boʻgʻim ichidagi shikastlanish, repozitsiyadan keyingi beqarorlik, 20 darajadan yuqori burchak yoki bilak suyagi uzunligining 5 mm dan ortiq qisqarishi kiradi.

Yopiq repozitsiya uchun yondashuv Kolle sinishi uchun qilinadigan repozitsiyaga qarama-qarshidir. Smith sinishi holatida bilak boʻgʻimini yozilgan holida boylam qoʻyilishi kerak.

Nomlanishi

Bu sinish ortoped-jarroh Robert William Smithning (1807-1873) sharafiga nomlangan.

Manbalar

Havolalar

Tags:

Smith Sinishi TasnifiSmith Sinishi AsoratlariSmith Sinishi TashxislashSmith Sinishi DavolashSmith Sinishi NomlanishiSmith Sinishi ManbalarSmith Sinishi HavolalarSmith Sinishi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Xorazm Maʼmun akademiyasiBirlashgan QirollikNATOEtikaInstagramElektrolizTemuriylarAlpomishOila tarbiyasiBahorOʻzgaruvchanlikAvtomobil yoʻliValyuta intervensiyasiHayzPoʻlatJanubiy Koreyada taʼlimSkeletQutb yogʻdusiZulfiyaBakteriyalarIvan PavlovTabiatOʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiFargʻona viloyatiUslubTibbiyotGektarAntiseptikaBezgakCristiano RonaldoKonsepsiyaJamiyatSurxondaryo viloyatiQurʼonRossiyaArablarning O‘rta Osiyo istilosiMagnit induksiyaJarrohlikHomiladorlikOmonimlarBoburnomaBuxoroTurkiston general-gubernatorligiAqliy tarbiyaAtomRossiyadagi ta'limOʻlmas UmarbekovYugurishGoʻdakAleksandr PushkinQizilchaOyat al-KursiSinonimlarMazhabFizikaKoʻz kasalliklariFarmoyishToʻgʻri toʻrtburchakMantiqiy amallarOvqat hazm qilishMerkuriyShum bola (film)Qizil suvoʻtlarBurchAnton ChexovNurlanishYorugʻlikTahajjud namoziChingizxonRuhlar isyoniInson yuragiIbroyim YusupovXiva xonligiAmir TemurAsrga tatigulik kunJanubiy AmerikaSifatAxloq🡆 More